Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2022-11-29 13:01:39 TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat
test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 9-dekabrga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 12-dekabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.

Murojaat uchun: (95) 515 68 68, (95) 507 70 72, @dtm_ilmiy_markaz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.9K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-11-27 15:37:25
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va arab tillaridan ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 9 282 nafar talabgordan 8 774 nafari ishtirok etdi. 26 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.8K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:14:59 Davlat test markazi pinned « Ertadan chet tili imtihonlari boshlanadi Ertaga, 26-noyabr kuni barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlanadi. Bunda: test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari; gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari…»
15:14
Ochish/sharhlash
2022-11-25 18:14:38 Ertadan chet tili imtihonlari boshlanadi

Ertaga, 26-noyabr kuni barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlanadi. Bunda:

test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-22

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.1K views15:14
Ochish/sharhlash
2022-11-25 13:54:43 O‘zbek tili va adabiyoti fanidan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 5-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga o‘zbek tili va adabiyoti fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 2-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
17.1K views10:54
Ochish/sharhlash
2022-11-24 19:08:48 Davlat test markazi pinned « Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini…»
16:08
Ochish/sharhlash
2022-11-24 19:00:50 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 13- va 15-17-noyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (25-27-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.4K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-11-24 18:59:46 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining ikkinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-22

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.6K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-11-24 11:39:15 O‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha diagnostik test sinovlari tashkil etilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va 2022-yil 1-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Unda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 24-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507 70 72, (95) 515 68 68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
1.8K views08:39
Ochish/sharhlash
2022-11-23 14:54:57 DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74.7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.3K views11:54
Ochish/sharhlash