Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2022-11-14 15:31:51
#MUHIM

Magistraturaga kirolmaganlar uchun qoʻshimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq joriy oʻquv yilida faqatgina davlat oliy taʼlim muassasalarining magistraturasiga С1, В2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega boʻlib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba boʻlolmaganlarga belgilangan bazaviy toʻlov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi toʻlov asosida magistraturada oʻqish imkoniyati yaratildi.

Oʻqish istagini bildirganlar oliy taʼlim muassasalari qabul komissiyalariga murojaat qilishlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
22.1K views12:31
Ochish/sharhlash
2022-11-14 14:25:43 Noyabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 26-28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Noyabr
oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini 2022-yil 22-23-noyabr kunlari tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini 26-28-noyabr kunlari o‘tkazish belgilandi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini 23-noyabr kuni my.gov.uz sayti orqali bilishlari va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.7K views11:25
Ochish/sharhlash
2022-11-13 17:25:35 OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

So‘rovnomada ishtirok etish uchun

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.4K viewsedited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-11-13 10:47:36
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 13-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 2 101 nafar talabgordan 2 033 nafari ishtirok etdi. 3 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 15-17-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihoni qachon, qayerda bo‘lishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.1K views07:47
Ochish/sharhlash
2022-11-12 10:33:43 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari yanvar oyida o‘tkaziladi

Ma’lumki, 2022-yil 24-oktabr kuni matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 12-noyabrga qadar davom etadi va test sinovlari 4- va 18-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Hozirda talabgorlar tomonidan ona tili va adabiyot fanidan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladimi degan mazmunda ko‘plab savollar kelib tushmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, Davlat test markazi tomonidan umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini yanvar oyida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Bunda milliy sertifikat imtihonlari fizika, kimyo hamda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
22.2K views07:33
Ochish/sharhlash
2022-11-12 09:59:06 Oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun talabgorlar chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.

Hozirda Davlat test markazi tomonidan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari har oyda 2 marotaba tashkil etilmoqda.

Ayni vaqtda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan imtihonlar uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yakunlangan bo‘lib, dekabr oyi uchun ro‘yxatga olish davom etmoqda.

OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish istagini bildirgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda dekabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish 29-noyabrga qadar, ikkinchi yarmi uchun 5-dekabrga qadar davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.3K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-11-11 16:16:48 Qrim va Sevastopol hududlaridagi talabalar ham istisno tariqasida o‘qishini ko‘chirishi mumkin

Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

Qrim va Sevastopol hududlaridan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz saytining “Qrim va Sevastopol hududlaridan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.7K views13:16
Ochish/sharhlash
2022-11-10 14:37:37 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyining birinchi yarmida o‘tkaziladigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 13-noyabr kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 15-17-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-10

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.5K views11:37
Ochish/sharhlash
2022-11-09 12:21:11 10-noyabr — Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2022-yil 10-oktabr kuni Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 10-noyabr talabgorlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Shu sababli Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida o‘qish istagini bildirgan va saralash test sinovlarida ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabgorlar 10-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Izoh: Nomzodlarni saralash test sinovlari esa 2022-yil 20-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.5K views09:21
Ochish/sharhlash
2022-11-08 16:28:28
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 29-30-oktabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 1-4-, 7-8-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 5,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.0K views13:28
Ochish/sharhlash