Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-26 13:29:55
Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi

2023-yil 26-yanvar kuni barcha hududlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari muddatli harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik dasturlarining o‘zlashtirganligini yakuniy baholash maqsadida tashkil etilmoqda.

Buning uchun talabgorlarga 40 ta jangovar tayyorgarlik, 20 ta ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 ta matematika, 10 ta fizika fani bo‘yicha va 20 ta mantiqiy test topshiriqlari berilmoqda.

Test sinovlar 26-yanvardan 11-fevralga qadar har bir harbiy qismda o‘tkaziladi va unda 24 mingdan ziyod harbiy xizmatchining bilimi sinovdan o‘tkaziladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.0K views10:29
Ochish/sharhlash
2023-01-25 09:43:56 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ma’lumki, 2023-yil 29-yanvar (yakshanba) kuni barcha hududlarda ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkaziladi.

Shu sababli 23-yanvar kuni my.dtm.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga 08:30 dan boshlab shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) asosida kiritiladi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta topshiriq va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
52.8K views06:43
Ochish/sharhlash
2023-01-23 15:34:41 Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun ochiq tanlov

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

-bosqichda hududlarda nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va kurs yakunida yakuniy nazorat o‘tkazilib, uning natijalari asosida talabgorlarga sertifikat beriladi.

-bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligining hududiy bo‘limlarida sertifikatga ega nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-yanvardan 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
69.0K views12:34
Ochish/sharhlash
2023-01-23 09:14:41
2023-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 2023-yilning 1-yarmi davomida har oyda bir marotaba tashkil etiladi.

Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
86.0K views06:14
Ochish/sharhlash
2023-01-14 12:28:27 Profilaktika ishlari olib borilmoqda

my.dtm.uz saytida profilaktika ishlari olib borilayotgani sababli maʼlum vaqt my.dtm.uz saytidan foydalanish imkoni boʻlmaydi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.3K views09:28
Ochish/sharhlash
2023-01-14 06:00:02
Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Osmonimiz hamisha musaffo, sarhadlarimiz mustahkam, hayotimiz farovon bo‘lsin!


Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
23.5K views03:00
Ochish/sharhlash
2023-01-13 14:18:34 Davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-dekabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini dt.dtm.uz sayti orqali bilishlari va o‘z sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun “Natijani ko‘rish” bo‘limiga talabgorning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.1K views11:18
Ochish/sharhlash
2023-01-10 15:59:53 Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

2022-yil 18-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

  60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
21.2K viewsedited  12:59
Ochish/sharhlash
2023-01-09 17:45:11 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.7K views14:45
Ochish/sharhlash
2023-01-09 08:01:40 Chet tili imtihoni natijalari bugun e’lon qilinadi

2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari bugun e’lon qilinadi.

Natijalar my.gov.uz saytiga kun yakuniga qadar joylashtiriladi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalarini bilishlari mumkin boʻladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
39.6K views05:01
Ochish/sharhlash