Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-12-20 09:42:52
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasi davom etmoqda. Davlatimiz rahbari 2023-yildagi eng ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Birinchi yo‘nalish sifatida ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o‘tishni taklif qildi.

Xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi “qo‘l boshqaruvi”dan aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o‘tish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko‘p, keraksiz shtatlar bor. Markazlashuv yuqori. Oqibatda, bugungi murakkab masalalarga to‘g‘ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.

Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta’bir joiz bo‘lsa, “ovozi yo‘q”. Ya’ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy qilishdagi ishtiroki va mas’uliyati yetarli emas.

Prezident shuning uchun yangi ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.7K views06:42
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:21:34 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
24.8K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-12-20 07:58:24
Bugun (20-dekabr) soat 11:00 da, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi MTRK teleradiokanallari, nodavlat telekanallar va Prezidentning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda namoyish etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
20.1K views04:58
Ochish/sharhlash
2022-12-18 11:25:56
Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazildi

2022-yil 18-dekabr kuni fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari respublikaning barcha hududlarida tashkil etilib, o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

Unda 3 423 nafar talabgor ishtirok etdi va 10 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

60-85 foiz — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.2K views08:25
Ochish/sharhlash
2022-12-17 10:43:50 Dekabr oyining ikkinchi yarmidagi chet tili imtihonlari 22-30-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi

Dekabr
oyining ikkinchi yarmida o‘tkaziladigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini 2022-yil 20-21-dekabr kunlari tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovlarini sifatli tashkil etish maqsadida chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlarini 22-dekabr kunidan boshlanishi belgilandi.

Bunda gapirish koʻnikmasini baholash imtihonlar 22-23-24-, 26-, 29-30-dekabr kunlari, test sinovlarining yozma qismi esa 27-28-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini 20-dekabr kuni my.gov.uz sayti orqali bilishlari va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views07:43
Ochish/sharhlash
2022-12-15 20:52:45 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 26-27- va 29-30-noyabr hamda 1-7-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (16-18-dekabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
35.4K views17:52
Ochish/sharhlash
2022-12-15 13:30:22
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari

Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan.

Shu maqsadda 2022-yil 15-dekabr kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi.

Test sinovida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 235 nafar talabgor ishtirok etdi.

Unda quyidagi fanlar bo‘yicha talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tkazildi:

axborot texnologiyalari (35 ta test topshirig‘i);
O‘zbekiston tarixi (35 ta test topshirig‘i);
xorijiy tillar (30 ta test topshirig‘i).

Natijalar hisoblangandan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-12-14 09:34:55 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha tegishli qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi

Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7- va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan:

7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;

8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.

Bunda:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;

talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshirilishi;

o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan.

Shu sababli Davlat test markazi tomonidan 1-30-noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.8K views06:34
Ochish/sharhlash
2022-12-13 19:26:55 Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va test sinovlari 10:00 da boshlanadi.

Test sinovida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 09:00 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.9K views16:26
Ochish/sharhlash
2022-12-12 15:58:18
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 11-12-dekabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 5 476 nafar talabgordan 5 028 nafari ishtirok etdi. 15 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 14-16- va 19-20-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.0K views12:58
Ochish/sharhlash