Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2022-11-17 16:02:53 Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Хозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.

Telegram | Facebook | Instagram | Медиабанк
13.8K views13:02
Ochish/sharhlash
2022-11-17 13:11:08 Chet tili imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga!

Magistratura va doktoranturaga o‘qishga kirish uchun chet tilidan sertifikat olish istagidagi talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida talabgorlarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi.

Unga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 17-19-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlar barcha hududlarda tashkil etiladi va ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, dariy, urdu, hindiy va pushtu tillaridan bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.8K views10:11
Ochish/sharhlash
2022-11-16 16:27:59 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilib:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.1K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-11-16 13:00:58 Chet tili imtihonlari uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish kursi 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 22-noyabrdan 9-dekabrga qadar Zoom platformasi orqali onlayn shaklda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 21-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (540 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
28.4K views10:00
Ochish/sharhlash
2022-11-15 20:22:25 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 29-30-oktabr va 1-4-, 7-8-noyabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida (16-18-noyabr) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
33.5K views17:22
Ochish/sharhlash
2022-11-15 15:43:57 Nemis tilidan ko‘p darajali test tizimi aprobatsiyadan o‘tkazildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagigi 73-son qaroriga muvofiq 2022-yil mart oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari ingliz tilidan ko‘p darajali tizimda o‘tkazila boshlandi.

Mazkur qarorda bosqichma-bosqich boshqa tillardan ham ko‘p darajali tizimni joriy etish belgilangan bo‘lib, Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan nemis tilini bilish darajasini aniqlashning ko‘p darajali tizimi ishlab chiqildi.

Ushbu tizim 2022-yil 15-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida aprobatsiyadan o‘tkazildi. Bunda aprobatsiyadan oldin unda ishtirok etuvchilarga aprobatsiya test sinovlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntirildi va ko‘p darajali test tizimi formati bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi.

Aprobatsiyada ishtirok etgan o‘quvchilarning natijalari hisoblanib, tegishli tahlillar amalga oshiriladi va ular asosida test topshiriqlarining yakuniy variantlari tayyorlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
31.4K views12:43
Ochish/sharhlash
2022-11-15 09:06:31 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 30-noyabrga qadar qabul qilinadi

Davlat komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan edi.

Keyinchalik Davlat komissiyasining 8-son bayoni bilan Qrim va Sevastopol hududlaridagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ham o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

Shuningdek, mazkur bayon bilan yuqorida qayd etilgan hududlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatlari 10 kunga uzaytirildi.

Mazkur hududlardagi OTMlardan O‘zbekistondagi davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan O‘zbekiston fuqarolari 30-noyabrga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ariza berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
37.1K views06:06
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:59:00 Davlat test markazi pinned «OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi? YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining…»
12:59
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:58:56 OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

YUNISEFning “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Davlat test markazi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

So‘rovnoma 2022-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

So‘rovnomada ishtirok etish uchun

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
9.4K views12:58
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:31:51
#MUHIM

Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin

2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
23.3K views12:31
Ochish/sharhlash