Get Mystery Box with random crypto!

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari | Milliy sertifikat

DXX akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi

2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkazilgan Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test sinovida ishtirok etgan nomzodlar o‘z natijalarini my.dtm.uz saytining “Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq eng yuqori ballning kamida 30 % ini to‘plagan nomzodlar saralab olish tadbirlarining keyingi bosqichlarida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Ya’ni, test sinovi natijalariga ko‘ra 74.7 va undan yuqori ball to‘plagan nomzodlar saralashning keyingi bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube