Get Mystery Box with random crypto!

Ertadan chet tili imtihonlari boshlanadi Ertaga, 26-noyabr | Milliy sertifikat

Ertadan chet tili imtihonlari boshlanadi

Ertaga, 26-noyabr kuni barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari boshlanadi. Bunda:

test sinovining yozma qismi 26-27-noyabr kunlari;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar qachon, qayerda imtihonda ishtirok etishini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-11-22

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube