Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-12-06 15:20:41
Bitiruvchilar uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

2022-yil 6-dekabr kuni Davlat test markazida International house akademik litseyi bitiruvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/bitiruvchilar-uchun-ochiq-eshiklar-kuni-o-tkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.2K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-12-06 14:02:04 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2022-yil 5-dekabr kunidan ona tili va adabiyot fanini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

Test sinovlari esa 2023-yil 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi hamda o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

Bunda biror hudud to‘lgan taqdirda talabgorlar test topshirish hududini o‘zgartirib, boshqa hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
41.6K viewsedited  11:02
Ochish/sharhlash
2022-12-05 19:18:18 Yunusobod tumanining Davlat test markazi joylashgan hududida elektr energiyasi yo‘qligi sababli dtm.uz va my.dtm.uz saytlarida uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!
14.0K views16:18
Ochish/sharhlash
2022-12-05 10:46:13
Бугун тест саволлари ва дарсликлар мавзусида овозли чат!

Тест саволлари қайси манбалардан тузилади?
Абитуриентлар қайси дарсликларни ўқиши керак?
Саволларда ўзгаришлар бўладими?
ва бошқа шу каби мавзуларда.

Суҳбатдошимиз:

Сардор Ражабов — Давлат тест маркази директори ўринбосари

Бошланиш вақти: бугун, 5 декабрь соат 18:30

Уланиш учун:
https://t.me/xushnudbek?livestream

Саволлар қолдириш учун:
https://t.me/xushnudbekuz/631

Футболгача тугатамиз, Худо хоҳласа :)


@xushnudbek
16.7K views07:46
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:48:25 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 4-dekabr kuni matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari 1-smenada matematika fanidan, 2-smenada biologiya fanidan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 7 907 nafar talabgordan 7 759 nafari ishtirok etdi. 24 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:

eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;

tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.6K views06:48
Ochish/sharhlash
2022-12-05 09:47:57
3.6K views06:47
Ochish/sharhlash
2022-12-01 15:59:38 #Sayyor_qabul
Farg‘ona viloyatida sayyor qabul

Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan Farg‘ona viloyatida o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 2-dekabr kuni 11:00 da – Farg‘ona shahridagi Prezident xalq qabulxonasi (Farg‘ona shahri Yuksalish ko‘chasi 75-uy) da bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.9K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-12-01 10:18:24 Nima uchun yangi darsliklar test sinovlariga tayyorlanish uchun tavsiya etilmagan?

2022-yil 28-oktabr kuni Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati joylashtirildi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim tizimiga 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari asosida yaratilgan darsliklar keltirilmagan.

Ma’lumki, har bir test topshirig‘i davlat ta’lim standartlariga va o‘quv rejadagi fan dasturlariga mos bo‘lishi lozim.

Testologiya asoslariga ko‘ra saralash imtihonlarida qo‘llanadigan test topshiriqlari sinaluvchilar tomonidan o‘zlashtirilmagan o‘quv dasturlari asosida shakllantirilishi mumkin emas.

Qayd etish kerakki, umumta’lim maktablarini joriy o‘quv yilida bitiradigan o‘quvchilar 6-, 7- va 10-sinflar uchun yangi joriy etilgan o‘quv dasturlari va ular asosida yaratilgan yangi darsliklar asosida ta’lim olmagan.

Shu sababli 2023-yilda o‘tkaziladigan OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlari ro‘yxatida yangi darsliklar keltirilmagan.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
34.2K views07:18
Ochish/sharhlash
2022-11-29 18:17:42 Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari

Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari barcha hududlarda 2022-yil 4-dekabr kuni 2 smenada o‘tkaziladi. Bunda:

-smena imtihonlari 09:00 da matematika fanidan;
-smena imtihonlari 14:30 da biologiya fanidan bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlarida talabgorlarga 45 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2,5 soat vaqt beriladi.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga 1-smenada 08:00 ga qadar, 2-smenada 13:30 ga qadar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: kimyo va fizika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.4K views15:17
Ochish/sharhlash
2022-11-29 15:25:12
Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi

2022-yil 29-noyabr kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda talabgorlarning o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.

Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.3K views12:25
Ochish/sharhlash