Get Mystery Box with random crypto!

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga o | Milliy sertifikat

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat
test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP va TOEIC imtihonlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshirilmoqda va 9-dekabrga qadar davom etadi.

Imtihonlar esa 12-dekabr kuni Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida kompyuterda elektron tarzda o‘tkaziladi.

TOEFL ITP va TOEIC imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etiladi.

TOEFL ITP va TOEIC sertifikatlari xalqaro tan olingan sertifikatlar bo‘lib, mazkur sertifikatlarga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Imtihonlar bo‘yicha to‘liq ma’lumot va qo‘llanmalar:

TOEFL ITP — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Listening and Reading Test — ma’lumot | qo‘llanma;
TOEIC Speaking and Writing Tests — ma’lumot | qo‘llanma.

Murojaat uchun: (95) 515 68 68, (95) 507 70 72, @dtm_ilmiy_markaz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube