Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2022-11-23 14:26:16
#Sayyor_qabul
Jizzaxda sayyor qabul o‘tkazildi

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan sayyor qabullar tashkil etish davom etmoqda.

Batafsil: dtm.uz/post/view/jizzaxda-sayyor-qabul-o-tkazildi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.8K views11:26
Ochish/sharhlash
2022-11-22 11:26:35 #Sayyor_qabul
Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida sayyor qabul

Davlat test markazi rahbariyati tomonidan Markaz faoliyatiga oid masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabullar:

23-noyabr kuni Jizzax viloyatida Davlat test markazi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan;
24-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatida Davlat test markazi direktori o‘rinbosarlari Batirov Sherzod Negmuratovich va Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan o‘tkaziladi.

Sayyor qabullar quyidagi vaqtlarda bo‘lib o‘tadi:

23-noyabr kuni 11:30 da— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasida;
24-noyabr kuni 12:00 da — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.8K viewsedited  08:26
Ochish/sharhlash
2022-11-21 15:20:58 O‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha diagnostik test sinovlari tashkil etilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va 2022-yil 1-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Unda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 24-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507 70 72, (95) 515 68 68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz
12.1K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-11-19 15:13:42 Davlat test markazi pinned « Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi. Test sinovlari…»
12:13
Ochish/sharhlash
2022-11-19 15:13:30 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari

Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2022-yil 20-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Test sinovlari 2 smenada tashkil etilib:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ballni tashkil etadi.

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
3.3K views12:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 17:49:21 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga saralash test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!

Ertaga, 19-noyabr kuni soat 11:00 dan 12:00 ga qadar barcha talabgorlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binolarga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.3K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-11-18 16:27:14 Milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va test namunalari e’lon qilindi

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kimyo, biologiya, fizika va matematika fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

Talabgorlar test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan Davlat test markazining veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishlari mumkin.

Bunda har bir fan bo‘yicha test namunalari 2 ta tilda (o‘zbek va rus tillarida) e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, milliy sertifikat imtihonlari matematika va biologiya fanlaridan — 4-dekabr kuni, kimyo va fizika fanlaridan — 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
25.7K views13:27
Ochish/sharhlash
2022-11-18 14:02:17
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 13-noyabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 15-17-noyabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha 2 ming nafarga yaqin talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
11.2K views11:02
Ochish/sharhlash
2022-11-18 11:56:38
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 31 yil to‘ldi.

1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan millatlar tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!

Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!
13.8K views08:56
Ochish/sharhlash
2022-11-17 16:02:57 Kun.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan

2022-yil 17-noyabr kuni kun.uz internet nashrida “Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)” nomli maqola e’lon qilindi.

Mazkur maqola so‘nggida quyidagicha fikrlar keltirilgan:

Magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlariga qatnashish uchun darajasidan qat’i nazar til sertifikati olish mantiqsizlikdek ko‘rinadi. Ammo DTM tomonidan o‘tkaziladigan til darajasini aniqlash imtihoni to‘lov (har bir talabgor uchun 405 ming so‘m) asosida amalga oshirilishini inobatga olsak, bu mantiqsizlik ortida moddiy manfaat turganga o‘xshaydi.

Qayd etish kerakki, magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlariga qatnashish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi talab Davlat test markazi tomonidan qo‘yilmagan va DTM bunday vakolatga ega tashkilot emas.

Shuningdek, biror hujjatda magistratura va doktoranturaga kirish uchun aynan DTMning chet tili sertifikatini olish kerak degan talab belgilanmagan. Ya’ni talabgorlar chet tilidan boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi ham mumkin.

Mazkur holatda jurnalist tomonidan qisqa vaqt ichida talabgorlarga chet tili imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratib bergan DTMga nisbatan moddiy manfaatdor degan ayblov qo‘yilayotgani juda g‘alati.

Jurnalistlarda va keng jamoatchilikda chet tili sertifikati bo‘yicha qo‘yilgan talab borasida qandaydir savollar bo‘lsa, DTMga emas, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
16.5K viewsedited  13:02
Ochish/sharhlash