Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 68

2021-07-31 07:25:41 #Qabul2021
Maxsus botlar orqali abituriyent ruxsatnomasini olish

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan tashqari Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olishlari mumkin.

Bunda ular my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami (to‘liq formatda) bilan birga shaxsiy identifikatsiya raqamini ham yuborishlari lozim.

my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan telefon raqami o‘rniga boshqa telefon raqami yuborilganda abituriyent ruxsatnomasi berilmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

@mandat2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
65.2K views04:25
Ochish/sharhlash
2021-07-30 21:18:53 Лайфхак
Биринчи бот секинроқ ишлаётган бўлса бошқаларига ўтиб кўринг. Одатда ҳамма биринчи ботдан фойдаланади.

Барчага омад тилайман!

@radjabovs
63.1K views18:18
Ochish/sharhlash
2021-07-30 20:32:23 Davlat test markazi pinned «​​#Qabul2021 Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi 2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish…»
17:32
Ochish/sharhlash
2021-07-30 20:31:51 ​​#Qabul2021
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2021-2022-o‘quv yili
da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqaminiki kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud.

Abituriyent ruxsatnomasini yuklab olish mumkin bo‘lgan botlar:

@mandat2021bot
@mandat2021_1_bot
@mandat2021_2_bot
@mandat2021_3_bot
@mandat2021_4_bot

Test sinovlari 5-avgust sanasidan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 4-avgust sanasiga qadar yuklab olishlarini so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

Pasport (ID-karta) bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
151.4K views17:31
Ochish/sharhlash
2021-07-30 17:54:19 #Qabul2021
Abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim bilan kelishlari mumkin

Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada:

-smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;
-smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
77.3K views14:54
Ochish/sharhlash
2021-07-30 08:55:19 #Qabul2021
Test topshiriladigan fanlar majmuasi

Davlat komissiyasining 2021-yil 7-martdagi 10-son bayoni bilan 370 ta ta’lim yo‘nalishi uchun, 2-iyuldagi 1-son bayon bilan esa yangi tashkil etilgan 101 ta ta’lim yo‘nalishi uchun fanlar majmuasi tasdiqlangan bo‘lib, Davlat komissiyasining 27-iyuldagi 2-son bayoni bilan ushbu fanlar majmuasi birlashtirilib tasdiqlangan.

Bunda ta’lim yo‘nalishlarining fanlar majmuasiga o‘zgartirish kiritilmaganligini ma’lum qilamiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan fanlar majmuasi Davlat test markazi mas’ul xodimlarining texnik xatoligi tufayli noto‘g‘ri joylashtirilgan edi va ushbu xatolik to‘g‘rilandi.

2021-2022-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan yuqoridagi pdf faylda tanishishingiz mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
85.2K views05:55
Ochish/sharhlash
2021-07-29 16:24:19 #Qabul2021
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish 1-avgustdan boshlanadi

2021-2022-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 2021-yil 1-avgust sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
130.9K viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2021-07-28 18:59:29
#Qabul2021
Test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti

2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlarining bo‘limlar bo‘yicha o‘rtacha taqsimoti (foiz hisobida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
147.1K views15:59
Ochish/sharhlash
2021-07-28 18:53:46 #Qabul2021
Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolardan test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

Bunda undirilgan to‘lovning 50 foizi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markaziga, 50 foizi esa Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
78.2K views15:53
Ochish/sharhlash
2021-07-28 18:51:58 Эртадан бошлаб хорижий олий таълим муассасаларидан ўқишни кўчириш учун transfer.dtm.uz орқали ариза берган талабгорлар аризалари Олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги томонидан ўрганиш ишлари бошланади.

@radjabovs
62.6K views15:51
Ochish/sharhlash