Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari | Milliy sertifikat

O‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha diagnostik test sinovlari tashkil etilmoqda.

Unga ko‘ra, o‘zbek tili va adabiyoti fanidan diagnostik test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va 2022-yil 1-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Unda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 24-noyabr kuni soat 14:00 ga qadar my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507 70 72, (95) 515 68 68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz