Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | Milliy sertifikat

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 26-27-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz, nemis va arab tillaridan ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 9 282 nafar talabgordan 8 774 nafari ishtirok etdi. 26 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube