Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek tili va adabiyoti fanidan test topshiriqlarini shakllan | Milliy sertifikat

O‘zbek tili va adabiyoti fanidan test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan o‘zbek tili va adabiyoti fanidan milliy sertifikat imtihonlari uchun test topshiriqlarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.

Malaka oshirish kursi 36 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 5-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga o‘zbek tili va adabiyoti fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va yozma ishlarni baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 2-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (405 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz