Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2022-12-12 15:27:30 Ona tili va adabiyot fanidan test varianti tafsiloti va test namunalari

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy test tizimi uchun test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.

Talabgorlar test varianti tafsiloti va namunaviy test topshiriqlari bilan Davlat test markazining rasmiy veb-saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bo‘limida tanishishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 8-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Mazkur fanlar bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 18-dekabrga qadar davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
18.7K viewsedited  12:27
Ochish/sharhlash
2022-12-12 14:20:58 Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 19-22-dekabr kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 16-dekabr kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.7K views11:20
Ochish/sharhlash
2022-12-10 10:28:44
1992-yil 10-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilingan kun.

Qonunga ko‘ra, Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

O‘zbek xalqi uchun qadrli bo‘lgan madhiya millatning asl qadriyatlarini aks ettiradi va eng asosiysi – Vatanimiz ozodligi, mustaqilligi va buyukligini tarannum etadi.

Shu munosabat bilan Davlat test markazi jamoasi barcha vatandoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun bilan tabriklaydi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.3K views07:28
Ochish/sharhlash
2022-12-09 13:53:19
Inson huquqlari himoyasi – taraqqiyot garovi

2022-yil 9-dekabr kuni Davlat test markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi va Xalqaro inson huquqlari kuniga bag‘ishlangan “Inson huquqlari himoyasi – taraqqiyot garovi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://dtm.uz/post/view/inson-huquqlari-himoyasi-taraqqiyot-garovi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
17.4K views10:53
Ochish/sharhlash
2022-12-09 09:29:51 Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash test sinovi uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 425-son qarorida Xalq ta’limi tizimidagi malakali pedagog kadrlarni har oylik ustama to‘lash orqali rag‘batlantirish belgilangan.

Unga ko‘ra, ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olish uchun nomzodlarning dars beradigan fani bo‘yicha bilim darajasini baholash test sinovlari o‘tkaziladi.

Xalq ta’limi vazirligining murojaatiga asosan mazkur test sinovi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va Xalq ta’limi vazirligidan kelishuvdan o‘tkazilib, tasdiqlandi.

Tasdiqlangan spetsifikatsiyalar Davlat test markazining rasmiy veb saytiga joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/xalq_spets

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
12.3K views06:29
Ochish/sharhlash
2022-12-08 09:12:30
8-dekabr O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Davlat test markazi
barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi  bilan muborakbod etadi!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
13.8K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-12-08 05:56:33
O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
8.5K views02:56
Ochish/sharhlash
2022-12-07 17:29:14 Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha dekabr oyining birinchi yarmida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 11-12-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 14-16- va 19-20-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning geolokatsiyalari: https://telegra.ph/Chet-tili-12-07

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
14.3K views14:29
Ochish/sharhlash
2022-12-07 16:37:50
Gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 26-27-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 29-30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda test sinovlarining yozma qismida qatnashgan 8 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Test natijalari 15-dekabr kuni my.gov.uz saytida e’lon qilinadi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limi orqali o‘z natijalarini bilishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
19.2K views13:37
Ochish/sharhlash
2022-12-06 16:11:59
Davlat test markazining bir guruh xodimlari taqdirlandi

https://dtm.uz/post/view/davlat-test-markazining-bir-guruh-xodimlari-taqdirlandi

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
15.8K views13:11
Ochish/sharhlash