Get Mystery Box with random crypto!

Milliy sertifikat

Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat M
Telegram kanalining logotibi dtmuzb — Milliy sertifikat
Kanal manzili: @dtmuzb
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.32K
Kanalning ta’rifi

Umumta’lim fanlari va chet tillaridan milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha eng so‘nggi yangiliklar

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 69

2021-07-27 20:47:34 #Qabul2021
5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar qabuli

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2021-2022-o‘quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Bunda:

vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021-2022-o‘quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

suhbat natijalariga ko‘ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan talabgorning o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-kontrakt mablag‘lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo‘jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lab beriladi.

talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021-yil 5-avgustdan 25-avgustga qadar amalga oshiriladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
87.7K viewsedited  17:47
Ochish/sharhlash
2021-07-27 19:48:46 #Qabul2021
Abituriyentlarga qo‘shimcha imkoniyat

Davlat komissiyasining 2-son bayonida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bilan birga majburiy uchta – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq), metamatika va O‘zbekiston tarixi fanlaridan test sinovi orqali bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, biroq belgilangan to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga bir ish kuni ichida tegishli to‘lovni amalga oshirishga ruxsat berildi.

Bunda mazkur toifadagi abituriyentlar 28-iyul kuni 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
103.7K views16:48
Ochish/sharhlash
2021-07-27 18:44:25 #Qabul2021
Sport musobaqalari g‘oliblariga istisno tariqasida imtiyoz belgilandi

Davlat komissiyasining 2-son bayoni bilan sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchi-o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olgan holda, sport turlari hamda paralimpia sport turlari bo‘yicha Osiyo va Respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchi-o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, 2021-2022-o‘quv yili qabulida faqat “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra:

ikkinchi mutaxassislik fani (umumiy jismoniy tayyorgarlikni nazarda tutgan holda) hamda majburiy uchta fanga – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O‘zbekiston tarixi bo‘yicha test sinovlaridan ozod etgan holda maksimal ball beriladi;

kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarning to‘plagan ballariga muvofiq, ular umumiy tanlovdan tashqari davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilinadi. Bunda, kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra, ushbu toifadagi abituriyentlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish uchun minimal o‘tish bali Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq belgilanadi;

“Sport faoliyati” va “Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shaklini tanlagan ushbu toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) natijalariga ko‘ra faqat to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin;

“Jismoniy madaniyat” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan ushbu toifadagi abituriyentlarga sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining sport turlari bo‘yicha tuzilgan fan dasturlari asosida birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) o‘tkaziladi;

sovrinli o‘rinlar qo‘lga kiritilgan sport turlarining xususiyatidan kelib chiqib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, tegishli sport federatsiyalari, Turizm va sport vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi vakillaridan iborat bo‘lgan tarkibda tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan onlayn videotranslyatsiya qilingan holda belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
75.0K views15:44
Ochish/sharhlash
2021-07-27 14:54:14 #Qabul2021
Test topshiriqlari soni qisqartirildi

Davlat komissiyasining 2-son bayoni test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratilishi belgilandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan
Maksimal ball – 21 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 20 ta savol
.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

2-fan - 20 ta savol.
Har biri uchun 3.15 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021-2022-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
214.6K views11:54
Ochish/sharhlash
2021-07-27 14:52:15 Davlat test markazi pinned «#Qabul2021 Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi. Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib…»
11:52
Ochish/sharhlash
2021-07-27 14:52:08 #Qabul2021
Test sinovlari 5-avgustdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni tasdiqlandi.

Unga ko‘ra pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021-2022-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada o‘tkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
134.8K views11:52
Ochish/sharhlash
2021-07-25 15:36:37 Prezident maktablariga qabul imtihonlari

Ertaga, 26-iyul kuni barcha hududlarda Prezident maktablariga qabul imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etiladi hamda 28-iyulga qadar davom etadi.

Imtihonlar 1-smenada 8:00 dan 09:00 ga qadar, 2-smenada 19:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalardan farzandlarini imtihon bo‘lib o‘tadigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin (1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 17:30 ga qadar) olib kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan hududga faqat “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma” bilan kiritiladi.

Kech kelgan yoki “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma”si mavjud bo‘lmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Imtihonlar ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda talabgorlarga bosh kiyim (kepka, panama) kiyib kelishlari tavsiya qilinadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
91.4K viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2021-07-24 14:59:43 “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga qabul

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Hujjatlarni qabul qilish universitetning https://admissions.univ-silkroad.uz/ sayti orqali amalga oshirilmoqda va quyidagi yo‘nalishlarga hujjatlar qabul qilinmoqda (taʻlim tili - ingliz tili):

Amaliy tillar (Applied languages);
Smart turizm (Smart Tourism);
Turizmda media va kommunikatsiya (Media and Communication in Tourism);
Menejment (Management);
Turizm (Tourism);
Gid – hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (Guidance of gid and translation).

Abiturientlarga bir vaqtning o‘zida 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati yaratilgan.

“Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetida ta’lim ingliz tilida olib borilib, oʻqishga kirish uchun IELTS (5,5 dan yuqori), TOEFL (72 balldan yuqori), CEFR (B2 darajasidan yuqori) sertifikati talab qilinadi. Hozirda muayyan sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlarga talabalar safiga qabul qilinishi uchun sertifikatni 10-sentabrgacha taqdim etish imkoniyati beriladi.

Agar abituriyent 2021-yil 20-iyuldan 10-sentabrgacha bo‘lgan muddatda ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat bo‘yicha imtihonlarni topshirib, tegishli ball toʻplagan boʻlsa, mazkur abituriyentlarning til boʻyicha imtihon topshirish xarajatlari universitet tomonidan qoplab beriladi.

Boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar parallel ravishda “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga 1-avgustga qadar hujjat topshirishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
89.1K views11:59
Ochish/sharhlash