Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519.43K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-04-20 16:32:39
O‘zbek va tojik tilidagi nutqlar

Ha, aytgancha, avvalgi postning mantiqiy davomi sifatida yana bir gap.

Diplomatiyada doim ham pozitsiyalar ochiq-oshkor aytilmaydi. Odatda o‘ta nozik ishoralardan foydalaniladi.

Masalan, Tojikistonga qilingan davlat tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev ham, Emomali Rahmon ham barcha rasmiy tadbirlarda, jumladan, kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama muzokaralarda ham, OAV uchun brifingda ham o‘z ona tillarida nutq qilishdi.

Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, avvalgi safarlarda ikkala Prezident ham rus tilida nutq qilgan edi.


@xushnudbek
154.7K views13:32
Ochish/sharhlash
2024-04-20 15:57:29
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi bo‘yicha Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati tayyorlagan rolik.

Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda aytishim mumkin, darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi qardosh tojiklar tomonidan juda muhim ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi.

Sababi tushunarli, Moskva shahridagi teraktda tojik fuqarolari ayblangandan so‘ng xalqaro maydonda Tojikiston va uning fuqarolariga nisbatan yovqarash paydo bo‘ldi.

Bunday og‘ir pallada O‘zbekiston o‘z pozitsiyani hammaga ochiq bildirdi: "Sizlar qanday o‘yinlar o‘ylab topsangiz ham, biz qardosh qo‘shnilarimiz bilan birgamiz" deyildi.

Va bu pozitsiya shunchaki og‘zaki emas, balki rasmiy hujjat shaklida muhrlandi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Ya’ni O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat fonida Tojikiston bilan munosabatlarini yana bitta pog‘onaga ko‘tarib, eng yuqori shaklga olib chiqishini ma’lum qildi. Bungacha O‘zbekiston faqat 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edi xolos.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning yuzma-yuz muzokarasi 3 yarim soat davom etdi. Kamdan kam vaziyatlarda Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatlari bunchalik uzoq bo‘ladi. Demak, ikki davlat yetakchilari juda ko‘p nozik masalalarni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan. Muzokaralarda xalqaro maydondagi holatlar fonida qanday yo‘l tutish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, voqealar rivojiga qarab "A", "B", "C" rejalar haqida gap ketgan bo‘lishi tabiiy. Bundan tashqari suv, energetika, chegara, savdo masalalari bo‘yicha ham o‘ta muhim masalalar muhokama qilingan.

Yuzma-yuz muzokaradan keyin Prezidentlarning kayfiyati juda yaxshi edi, demak, kelishuvlar ijobiy bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlarining do’stligi bardavom bo’lsin. Qudratli kuchlar oldida faqat birlashuvgina bizni halokatdan qutqarib qoladi.


@xushnudbek
149.0K views12:57
Ochish/sharhlash
2024-04-20 15:09:17
Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida
iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot havolasi orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

2024-yil 21-aprel talabgorlar ro'yxatdan o'tishi uchun oxirgi kun.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun maqbul hamkor

+998555068888, +998555208888
@umft_support
umft.uz
Litsenziya (№056206, 29.12.2022-y.)

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn

Lokatsiya | Reklama
129.3K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2024-04-20 13:30:13
DXX tomonidan 19.7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Qibray tumanida yashovchi fuqaroning xonadonidan sotish uchun tayyorlangan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari topildi. Ular Qozog‘istondan olib kelingan.

Rossiyadan yuk avtomashinasida 3 dona avtomobil ehtiyot qismi ichiga yashirilib, yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Zangiota tumanida qabul qilib olgan 3 kishi ushlandi.

Sirdaryolik fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi topilgan. Ular Rossiyadan keltirilgan.

Barcha hollarda jinoyatchilar narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet tarmog‘ida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek
133.0K views10:30
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:50:06
Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga O’zbekiston xalqi nomidan insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.


@xushnudbek
152.5K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-04-20 08:20:48
Pepsi yangi logotip sharafiga Magic City'da o‘tkaziladigan yirik bayramona oqshomga taklif etadi!

20 va 21-aprel kunlari sevimli ijodkorlaringiz bilan unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz.

Munisa Rizayeva, Konsta, Millymallymoe, DoubleTouch, DJ King Macarella va Bravo simfonik orkestri shu kuni siz bilan bo’ladi!

Ajoyib konsertdan tashqari, noyob syurpriz-shou, yirik raqs fleshmobi va zo’r sovg‘alar taqdim etiladigan tanlovlar tayyorlab qo’yilgan!

Dam olish kunlaringiz unutilmas bo‘lishi aniq.

Demak, 20 va 21-aprel kunlari soat 18:00 dan 21:30 gacha Sizni Magic City'da kutib qolamiz!
Reklama
150.8K views05:20
Ochish/sharhlash
2024-04-19 17:03:41
“Lolazor” podkasti tanaffusdan qaytmoqda.

2-mavsumning 1-sonini (#17) yakshanba kuni tomosha qilishingiz mumkin.


@xushnudbek
75.7K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:33:30
15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydovchisi ikki nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda, Baxmal tumanidan bo‘lgan 26 yoshli haydovchi avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab sodir bo‘lgan.

U qarama-qarshi yo‘nalishda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Shuningdek, mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bo‘lgan.

Surishtiruv davomida haydovchi 2023-yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


@xushnudbek
102.5K views12:33
Ochish/sharhlash
2024-04-19 15:02:22
Toshkentda asosiy sanoat  ko‘rgazmasi boshlanishiga uch kun qoldi

22-24-ареl kunlari
Toshkent, Milliy ko‘rgazmalar majmuasi «O‘zekspomarkaz»

«INNОPRОМ.Markaziy Osiyo» — Markaziy Osiyo mintaqasida savdo-sanoat hamkorligining muhim voqeligi. Tadbirda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistonning davlat hokimiyati organlari, yirik kompaniyalari hamda koʻplab kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etmoqdalar.

Saytda ro‘yxatdan o‘tganingizdan so‘ng, ko‘rgazmaga bepul qatnashishingiz mumkin.

10 000 nafardan ortiq tashrif buyuruvchilar
aloqalar birjasi
tig‘iz ishchi dasturi
texnologik turlar

Kompaniyalar va hokimiyat organlarining rahbarlari Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan iqtisodiyoti uchun mintaqalararo hamkorlik, «toza» energetika, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, sanoat infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik toza transport va boshqa dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.

Telegram | Web-sayt

Reklama
93.0K views12:02
Ochish/sharhlash
2024-04-19 11:21:13
Toshkent shahrida 2 ta marafon o‘tkazilishi munosabati bilan 21-aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

Afrosiyob ko‘chasi Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko‘chasigacha;

Oybek ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Nukus ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Nukus ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Abdulla Qodiriy Nukus ko‘chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyigacha;

Abdulla Qodiriy ko‘chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi kesishgan chorrahasigacha;

Shahrisabz ko‘chasi Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishgan joyigacha;

Afrosiyob ko‘chasi Oybek ko‘chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan chorrahasigacha;

Sharof Rashidov shoh ko‘chasi Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

Islom Karimov shoh ko‘chasi Sharof Rashidov shoh ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.


@xushnudbek
107.7K views08:21
Ochish/sharhlash