Grant asosida o'qish imkoniyati Menejment va zamonaviy texnol | Xushnudbek.uz
Grant asosida o'qish imkoniyati
Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot havolasi orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.
2024-yil 21-aprel talabgorlar ro'yxatdan o'tishi uchun oxirgi kun.
Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant
O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldanboy bermang!