Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519.43K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-04-23 10:26:20 Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar 48 soat ichida kelmasa bekor bo‘ladi

Bu haqdagi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o'qishda qabul qilindi.

Loyihaga ko'ra, foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan hollarda transport vositasining mulkdori to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lmasa, shuningdek maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishiga oid ma’lumotlar jarima solish to‘g‘risida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan mansabdor shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa, ishni ko‘rib chiqish tugatiladi.


@xushnudbek
170.4K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2024-04-23 10:04:49
Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Toshkentga keldi

Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Devid Kameron o'rtasida muzokara bo'lib o'tmoqda. Uchrashuvda mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim oʻzgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.


@xushnudbek
130.0K views07:04
Ochish/sharhlash
2024-04-23 07:31:14
Futzal bo'yicha Osiyo kubogining chorak finalchilari ma'lum bo'ldi. Qo'shnilarimizning barchasi guruhdan chiqdi.

Jumladan, "C" guruhidan joy olgan Tojikiston va Qirg'iziston amaldagi chempion Yaponiya hamda Janubiy Koreyani guruhda qoldirib ketishdi. Dahshat!

Shuningdek, Afg'oniston ham chorak finalga chiqdi. Yevropada o'ynaydigan qo'shnimiz Qozog'iston esa allaqachon Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.

O'zimizga ham, qo'shnilarimizga ham omad tilaymiz. Markaziy Osiyoda futzal bo'yicha o'ta kuchli raqobat paydo bo'lgani juda quvonarli va barcha jamoalar uchun foydali.


@xushnudbek
144.1K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-04-22 05:59:06
17 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju nomzodlar turnirida g‘olib bo‘ldi

Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE Nomzodlar turnirida 14 ta turdan so‘ng hindistonlik Gukesh Dommaraju 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni xitoylik Din Lijen bilan o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joiz, Gukesh nomzodlar turnirida g‘alaba qozongan tarixdagi eng yosh shaxmatchi bo‘ldi. Bu haqiqiy sensatsiya bo‘ldi!

Hikaru Nakamura, Yan Nepomnyashiy va Fabiano Karuana 8,5 ochko bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

Eng qizig’i oxirgi turda Gukesh va Nakamura o’ynadi, agar Naka yutganda, u chempion bo’lardi. Lekin yuta olmadi, durang bo’ldi. Shuningdek, oxirgi turda Nepomnyashiy va Karuana ham o’zaro o’ynadi. Agar ulardan birontasi yutganda, Gukesh bilan tay-brekda kuch sinashar edi. Durang esa ikkalasi uchun ham befoyda edi. Karuana g’alabaga juda yaqin keldi, lekin 2 marta imkoniyatni qo’ldan chiqardi. Natijada durang bo’ldi va ikkalasi ham chempionlikni Gukeshga topshirdi.

Ayollar o‘rtasidagi turnirda esa xitoylik Tan Chjunyi 9 ochko bilan g‘olib bo‘ldi. U endi amaldagi jahon chempioni Szyuy Venszyun bilan o‘ynaydi.


@xushnudbek
60.6K views02:59
Ochish/sharhlash
2024-04-22 01:28:40
O'zbekiston aholisi 37 milliondan oshdi!


@xushnudbek
124.1K viewsedited  22:28
Ochish/sharhlash
2024-04-21 13:22:53
36 million 999 ming 115 nafar

Oz qoldi. Hademay, yangi marraga yetamiz. Yurtdoshlarimiz soni ko’payaversin.


@xushnudbek
169.9K viewsedited  10:22
Ochish/sharhlash
2024-04-21 12:35:42
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Islomiy fiqh akademiyasi a’zoligiga qabul qilindi

Bu haqda 20-aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida bo’lib o’tgan Islom olami uyushmasi tarkibidagi Islomiy fiqh akademiyasining 23-davra yig‘ilishida ma’lum qilindi.


@xushnudbek
142.3K views09:35
Ochish/sharhlash
2024-04-21 10:16:41 #17 “LOLAZOR QAYTDI. LATIFALAR MAVSUMI BOSHLANDI





Ushbu sonda odamlarning ijtimoiy kayfiyati tushayotgani, elektromobillar uchun ayrim cheklovlar kiritilayotgani, bankirlar haqidagi trend, energetika sohasidagi yangiliklar, maktablar hududining sotilishi, o‘qituvchilar oyligidan pul ushlab qolishlar, keraksiz tungi navbatchiliklar, "Tashabbusli byudjet" yakunlari, 37 mln aholi va shu kabi yana boshqa mavzularda gaplashdik.

Yoqimli tomosha tilaymiz.


@xushnudbek
141.9K viewsedited  07:16
Ochish/sharhlash
2024-04-21 07:01:50
“Lolazor” qaytdi

1-mavsumni tugatib, Ramazon oyida tanaffusga chiqqan edik. Nihoyat 2-mavsumga start beryapmiz.

Sizlar bilan g‘oyibona suhbat qurishni sog‘indik.

2-mavsumning 1-sonini bugun, soat 12:00 da YouTube kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.






@xushnudbek
131.5K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2024-04-20 20:48:51
Jamoalarimizning ikkalasi ham yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi

Kecha futzal terma jamoamiz Osiyo kubogining 2-turida Iroq ustidan 4:1 hisobida g'alaba qozondi va 6 ochko bilan guruhda yaqqol peshqadam bo’lib oldi.

Ertaga yigitlarimiz 3-turda Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

***

Bugun esa U23 terma jamoamiz Osiyo kubogining 2-turida Kuvaytni 5:0 hisobida mag'lub etdi va 6 ochko bilan muddatidan oldin chorak final yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

Yigitlarimiz 23-aprel kuni 3-turda Vyetnam bilan guruh g’olibini aniqlash uchun maydonga tushadi. Vyetnam hisobida ham 6 ochko bor, to’plar nisbati bizda yaxshiroq.


@xushnudbek
146.1K views17:48
Ochish/sharhlash