Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519.43K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2024-04-15 11:28:22 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz.


@xushnudbek
170.9K views08:28
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:44:13
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani hokim o‘rinbosari plyonka mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xususiy korxonani mahalliy dehqonlarga plyonka yetkazib beruvchi ta’minotchi sifatida tayinlash evaziga 5 ming dollar talab qilgan. So‘ralgan puldan 15 mln so‘m olgan vaqtida ushlandi.

Tekshiruv davomida hokim o‘rinbosari avval 10 mln so‘m olganligi ma’lum bo‘ldi. U muqaddam ham sudlangan.

Andijon shahrida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari o‘zining mansabdor tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil etib, “Eski shahar – Oltinko‘l” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish uchun o‘tkazilishi rejalashtirilgan tenderda g‘oliblikni qo‘lga kiritib berish evaziga 7500 dollar talab qiladi. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Tekshiruvlarda Andijon viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. lavozimidagi shaxsning ham ushbu ishga aloqadorligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan. U ham muqaddam sudlangan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori Byuroning markaziy apparati ish yurituvidagi parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln 108 ming 629 dollar va 265 ming 187 yevro qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro ishida, korxonaga tegishli ko‘chmas mulklarni baholash ishlari uchun xizmat haqini baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko‘rsatgan. Bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o‘tkazilgan ortiqcha pul mablag‘idan 2500 dollar olgan vaqtida ushlandi.

Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi qoshidagi “Xo‘jalik hisobidagi uy-joylarni ro‘yxatga olish, almashtirish va taqsimlash” bo‘limi boshlig‘i tanishlari orqali mahalliy fuqaroning xonadoni uchun order va kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.

Mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek
171.1K views05:44
Ochish/sharhlash
2024-04-15 08:10:06
Toshkent xalqaro universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Kunduzgi va masofaviy ta’lim shakli uchun https://qabul.tiu.uz/uz havolasi orqali ro‘yxatdan o‘ting.

Eng asosiysi, ta'lim olish uchun 100 foizlik grantlar ajratiladi. Shuningdek, universitet nufuzli chet el oliygohlari bilan hamkorlikni ham yo‘lga qo‘ygan.

Toshkent xalqaro universiteti bilan birga quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

ikkinchi bosqichdan ta’lim yo’nalishini tanlash;

to’rt yilda 2 ta mutaxassislikni qo‘lga kiritish;

1,5 yilda magistr diplomini olish;

zamonaviy muhitda zamonaviy bilimga ega bo‘lish.

Darslar yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladi!

Axborot-maslahat markazi (call-center-24/7)
+998 95 131 5555 | Telegram
+998 95 383 5555 |
Telegram

Ro‘yxatdan o’tish uchun - videoqo‘llanma

Asos - VM-900-sonli qaror, Litsenziya №146186

TOSHKENT XALQARO UNIVERSITETI (TIU) - BILIM VA IMKONIYATLAR BIRLASHGAN MASKAN!

Instagram | Telegram | Facebook | YouTube |

Reklama
165.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2024-04-15 07:04:56
Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


@xushnudbek
173.9K views04:04
Ochish/sharhlash
2024-04-14 06:21:19
Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahadiy o‘ldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi shunga javob sifatida amalga oshirilgan.

New York Times’ning xabar berishicha, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uchirgan.

Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot ko’rilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tushirilganini aytayotgan bo’lsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bo’lganini ta’kidlamoqda.

Yaqin Sharqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda.


@xushnudbek
212.5K views03:21
Ochish/sharhlash
2024-04-12 16:02:57
Bugun “Zakovat”da FINAL

Soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi 2024-yil bahorgi mavsumining final o‘yinida ishtirok etadi.

Tomosha qilish qattiq tavsiya qilinadi :)

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga, soat 22:10 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


@xushnudbek
92.9K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-04-12 15:12:00 Ertaga — barcha uchun ish kuni!

2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoniga asosan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 13-aprel, shanbadagi dam olish kuni 12-aprel, jumaga ko’chirilgan.

Ya’ni 5 kunliklar bugun dam olyapti, ammo ertaga ishga chiqishi kerak.

Shunday qilib, ertaga, 13-aprel — shanba kuni BARCHA xodimlar uchun ISH KUNI hisoblanadi. 6 kunliklar ham, 5 kunliklar ham ishga chiqadi.


@xushnudbek
137.1K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-04-12 14:36:12
“Orzular” xonadonlari qulay narxlarda!

Rivojlangan infratuzilma va zamonaviy ko’rinishni oʻzida mujassam etgan Xon Saroy'ning “Orzular” loyihasidan 2 xonali xonadonni xarid qilib 183 mln so’m boshlang’ich to’lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy bo’lib to’lang.

Loyiha hududida

Bog‘cha va maktab
Xavfsiz bolalar maydonchasi
Avtoturargohlar
24/7 kuzatuv kameralari mavjud.

Bot orqali bogʻlanish

Qoʻshimcha ma’lumot uchun:

71 200 74 00
55 501 74 00

xonsaroy.uz
Reklama
105.0K views11:36
Ochish/sharhlash
2024-04-12 10:14:03
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgan

10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, shu qatorda, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Renessans TV.

Guvohlarga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan onasi bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.


@xushnudbek
122.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2024-04-11 19:51:32 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Genri Slizar. Imtihon kuni (hikoya)

Izoh
: Genri Slizar fantast va detektiv yozuvchi, asosan kriminal syujetlar muallifi sifatida shuhrat qozongan. Ilmiy fantastika yoʻnalishidagi hikoyalari bilan mashhur. Havola qilinayotgan hikoyada mustabid tuzumning yuksak aqliy salohiyatli kishilarga nisbatan qanday yo‘l tutishi aks ettirilgan. Mustabid tuzumda yuksak tafakkurning badali nima boʻlishi mumkin? Hikoya qahramoni Dikining qismati qanday yakun topganini eshitib, oʻqib bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Genri-Slizar-Imtihon-kuni-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
135.9K views16:51
Ochish/sharhlash