Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519.43K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-04-08 12:41:54
Musanov Odil Olimovich Arnasoy tumani hokimi etib tayinlandi.

U bunga qadar Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari edi.


@xushnudbek
98.0K views09:41
Ochish/sharhlash
2024-04-08 12:07:22
Grant asosida o'qish imkoniyati

Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetida
iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakli uchun 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun @umftgrantbot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Talabgorlar 2024-yil 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet veb-sayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

UMFT — kelajagingiz uchun maqbul hamkor

+998555068888, +998555208888
@umft_support
umft.uz
Litsenziya (№056206, 29.12.2022-y.)
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Instagram | Facebook | YouTube | Linkedin

Lokatsiya | Reklama
103.0K views09:07
Ochish/sharhlash
2024-04-08 10:42:31 10-aprel – Ramazon hayiti

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.


@xushnudbek
229.9K viewsedited  07:42
Ochish/sharhlash
2024-04-08 09:04:00 Bugun Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi.

Yangi korxonalar qurilishiga start berish, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.


@xushnudbek
141.1K views06:04
Ochish/sharhlash
2024-04-08 07:56:58
Toshkent shahriga yangi to‘rt vagonli 2 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi.

Ular 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilgach, yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Ma’lumot o‘rnida, may oyida yana 3 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan.


@xushnudbek
147.7K views04:56
Ochish/sharhlash
2024-04-08 02:01:25 8-aprel, dushanba (29-kun)
Saharlik vaqti: 04:32
Iftorlik vaqti: 18:58 (Toshkent vaqti)

Tabayyun. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
155.6K views23:01
Ochish/sharhlash
2024-04-07 20:31:09 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qodiriy. Yig‘indi gaplar (maqola)

Izoh
: Abdulla Qodiriyning mazkur maqolasi 1926-yili “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Tanqidiy ruhdagi mazkur hikoyasi uchun u hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblanib qamoqqa olinadi. Uch oylik hibsdan so‘ng adib ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ammo hukm e’lon qilgan kuniyoq Oxunboboyev, G‘oziyev, Ikromov, Qosimxo‘jayev va boshqalar qarorni bekor qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yozadi. So‘rov qabul qilinib, adib ozodlikka chiqariladi, ammo unga matbuot eshiklari yopiladi. Qodiriyning tavallud kuni arafasida ushbu tarixiy maqolani kanalimizda e’lon qilishni lozim ko‘rdik. Atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, shov-shuvli maqola mazmunidan xabardor bo‘ling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Abdulla-Qodiriy-Yigindi-gaplar-maqola

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

Muhokama bu yerda.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
161.6K views17:31
Ochish/sharhlash
2024-04-07 11:33:49 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Unga ko‘ra, sinovlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);

Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);

O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);

Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);

Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);

Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);

Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);

Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun);

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun).

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan ko‘rish mumkin.


@xushnudbek
205.8K viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2024-04-07 02:02:11 7-aprel, yakshanba (28-kun)
Saharlik vaqti: 04:34
Iftorlik vaqti: 18:57 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
171.6K views23:02
Ochish/sharhlash
2024-04-06 14:44:58
IT sohasida bepul o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohish bo‘lsa bas

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasida bepul ta’lim olish uchun bir nechta imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boshlab bitiruvchilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga ishga joylanishiga erishgan o‘quv markazlari uchun 25 million so‘mgacha, agar bitiruvchining nogironligi bo‘lsa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Ya’ni o‘quv markazlari shunchaki yoshlarni yaxshilab o‘qitib, keyin ularni ishga joylashtirib, daromad qilishi mumkin. Davlat buning uchun yaxshigina pul to‘lab beradi.

Shu sababli o‘quv markazlari orasida "IT sohasida bepul o‘qitamiz", degan e’lonlar ko‘payib qoldi.

Masalan, Samarqanddagi School21 markazi nafaqat bepul o‘qitaman, balki yotoqxona bilan ham ta’minlayman, deyapti.

Sal avvalroq "Najot ta’lim" hamda "Cambridge LC" o‘quv markazlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yoshlari uchun qiymati 3,5 mlrd so‘mlik "Kelajak yoshlari" ta’lim grantini e’lon qilgan edi. Grant g‘oliblari dasturlash, dizayn va ingliz tili bo‘yicha 1 yil bepul o‘qishi mumkin. Lekin bu grantga hujjat topshirish muddati kecha tugagan. Balki tashkilotchilar arizalar qabulini yana uzaytirar, ularning sahifasini kuzatib borishingiz kerak.

Shuningdek, Toshkentdagi MAAB Innovation IT Akademiyasi esa Business Intelligence mutaxassisligini 10 oy bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etyapti.

Aytgancha, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun onlayn bepul ta’lim imkoni ham bor. Bunda ariza to‘ldirgan holda jahonga mashhur “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargacha bo‘lgan kurslarda bepul o‘qish va hatto sertifikat olish imkoniga egasiz.

Xullas, o‘qiyman desa, ko‘ngilda xohish va bilim olishga intilish bo‘lsa, bemalol imkon topish mumkin. Yaxshi o‘qish esa, yaxshi ish joyi va zo‘r daromad degani. Ayniqsa, IT sohasida talab yetarlicha.

Foydalanmaysizlarmi?


@xushnudbek
174.2K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash