Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbek va tojik tilidagi nutqlar Ha, aytgancha, avvalgi postn | Xushnudbek.uz

O‘zbek va tojik tilidagi nutqlar

Ha, aytgancha, avvalgi postning mantiqiy davomi sifatida yana bir gap.

Diplomatiyada doim ham pozitsiyalar ochiq-oshkor aytilmaydi. Odatda o‘ta nozik ishoralardan foydalaniladi.

Masalan, Tojikistonga qilingan davlat tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev ham, Emomali Rahmon ham barcha rasmiy tadbirlarda, jumladan, kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama muzokaralarda ham, OAV uchun brifingda ham o‘z ona tillarida nutq qilishdi.

Agar xotiram pand bermayotgan bo‘lsa, avvalgi safarlarda ikkala Prezident ham rus tilida nutq qilgan edi.


@xushnudbek