Get Mystery Box with random crypto!

Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatid | Xushnudbek.uz

Qozog‘iston Respublikasida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga O’zbekiston xalqi nomidan insonparvarlik yordami yuborildi.

Insonparvarlik yordami yukini Prezident maslahatchisi T.Xudaybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qozog‘istonga yetkazib beradi.

15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.


@xushnudbek