Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 522.27K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2024-04-15 07:04:56
Uzbekistan Airways 15-aprel kungi HY301/302 Toshkent - Tel-Aviv - Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududining yopilgani va O'zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta'minlash boʻyicha qarori bilan bogʻliq.

Yo‘lovchilar 2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.


@xushnudbek
173.9K views04:04
Ochish/sharhlash
2024-04-14 06:21:19
Eron Isroilga 200 dan ortiq raketa va dronlar bilan hujum qildi

Avvalroq Isroil Eronning Suriyadagi elchixonasiga zarba bergan, natijada Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali qo‘mondoni Muhammad Rizo Zahadiy o‘ldirilgan edi. Eronning bugungi hujumi shunga javob sifatida amalga oshirilgan.

New York Times’ning xabar berishicha, 5 soatga yaqin davom etgan havo hujumida Eron Isroil tomoniga 185 ta dronlar, 36 ta qanotli raketalar va 110 ta “yer-yer” turkumidagi raketalar uchirgan.

Isroil tomoni hujum natijasida katta talafot ko’rilmagani va havo mudofaa tizimlari tomonidan raketalar urib tushirilganini aytayotgan bo’lsa, Eron tomoni hujum muvaffaqiyatli bo’lganini ta’kidlamoqda.

Yaqin Sharqdagi havo sarhadlari yopilgan, aviakompaniyalar reyslarni bekor qilmoqda.


@xushnudbek
212.5K views03:21
Ochish/sharhlash
2024-04-12 16:02:57
Bugun “Zakovat”da FINAL

Soat 22:10 da “Milliy” telekanalida Jobir Ahmedov jamoasi 2024-yil bahorgi mavsumining final o‘yinida ishtirok etadi.

Tomosha qilish qattiq tavsiya qilinadi :)

Shuningdek, muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida ertaga, soat 22:10 dan boshlab @zakovat Telegram kanalida ovozli hamda matnli translyatsiya ham tashkil etiladi.

Ko‘rsatuv homiysi - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.


@xushnudbek
92.9K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-04-12 15:12:00 Ertaga — barcha uchun ish kuni!

2023-yil 22-dekabrdagi PF-213-sonli Prezident farmoniga asosan, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 13-aprel, shanbadagi dam olish kuni 12-aprel, jumaga ko’chirilgan.

Ya’ni 5 kunliklar bugun dam olyapti, ammo ertaga ishga chiqishi kerak.

Shunday qilib, ertaga, 13-aprel — shanba kuni BARCHA xodimlar uchun ISH KUNI hisoblanadi. 6 kunliklar ham, 5 kunliklar ham ishga chiqadi.


@xushnudbek
137.1K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-04-12 14:36:12
“Orzular” xonadonlari qulay narxlarda!

Rivojlangan infratuzilma va zamonaviy ko’rinishni oʻzida mujassam etgan Xon Saroy'ning “Orzular” loyihasidan 2 xonali xonadonni xarid qilib 183 mln so’m boshlang’ich to’lovni amalga oshiring va qolgan qismini oyma-oy bo’lib to’lang.

Loyiha hududida

Bog‘cha va maktab
Xavfsiz bolalar maydonchasi
Avtoturargohlar
24/7 kuzatuv kameralari mavjud.

Bot orqali bogʻlanish

Qoʻshimcha ma’lumot uchun:

71 200 74 00
55 501 74 00

xonsaroy.uz
Reklama
105.0K views11:36
Ochish/sharhlash
2024-04-12 10:14:03
Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 3 kishi cho‘kib ketgan

10-aprel kuni Bo‘rijar kanalining Toshkent shahri Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida uch kishi, shu qatorda, 5 yoshli bola va uning onasi cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda Renessans TV.

Guvohlarga ko‘ra, 5 yoshli bola qirg‘oqda o‘ynab, tasodifan suvga tushib ketgan. Uni ko‘rgan onasi bolani qutqarish uchun suvga sakragan, biroq kuchli oqim tufayli u ham cho‘kib ketgan. Boshqa bir kishi ularga yordam berishga harakat qilgan, ammo uni ham suv oqimi olib ketgan.

Toshkent shahri Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Zuhriddin Qurbonovning ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar bola va ayolning jasadini topgan, erkakni qidirish ishlari esa davom etmoqda.


@xushnudbek
122.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2024-04-11 19:51:32 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 12 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Genri Slizar. Imtihon kuni (hikoya)

Izoh
: Genri Slizar fantast va detektiv yozuvchi, asosan kriminal syujetlar muallifi sifatida shuhrat qozongan. Ilmiy fantastika yoʻnalishidagi hikoyalari bilan mashhur. Havola qilinayotgan hikoyada mustabid tuzumning yuksak aqliy salohiyatli kishilarga nisbatan qanday yo‘l tutishi aks ettirilgan. Mustabid tuzumda yuksak tafakkurning badali nima boʻlishi mumkin? Hikoya qahramoni Dikining qismati qanday yakun topganini eshitib, oʻqib bilib oling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Genri-Slizar-Imtihon-kuni-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Dono Bekchan o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
135.9K views16:51
Ochish/sharhlash
2024-04-11 17:56:39
Aripov Muzaffar Akbarovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

U bunga qadar Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari edi.


@xushnudbek
140.3K viewsedited  14:56
Ochish/sharhlash
2024-04-11 16:20:45 2023-yili Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yoshi 29 yoshni tashkil etgan

Shu jumladan, jinsi bo‘yicha:

erkaklar uchun – 28,3 yosh

ayollar uchun –  29,7 yosh o‘rtacha ko‘rsatkich sifatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun: 2023-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etgan.


@xushnudbek
144.2K views13:20
Ochish/sharhlash
2024-04-11 15:37:03
Korzinka va ADM Global’dan bahorgi aksiyada ikkita Chery Tiggo 7 Pro yutish imkoniga ega bo‘ling

Chery Tiggo 7 Pro’laridan birini oilaviy yutib olib, 2024-yil bahorini odatdagidan yorqinroq qiling. Bundan tashqari, Korzinka supermarketlaridagi xaridlar uchun 9000 dan ortiq sertifikatlar, Korzinka Go’dan chegirmalar va avtomobil sovringa qo’yilgan o‘yinga qo‘shimcha imkoniyatlar sizniki bo‘lishi mumkin!

Qo‘shimcha sovrinlarning barchasini aksiya qoidalarini to‘liq bajarib, Korzinka mobil ilovasining o‘zidayoq yutish mumkin.

Ishtirok etish uchun quyidagilar talab etiladi:

Korzinka, Korzinka Mahalla yoki Korzinka Go ilovasida 100 000 so‘m va undan ko‘proqqa xaridlarni amalga oshiring;
To‘lov paytida Korzinka Plus kartasidan foydalaning.

Shundan so‘ng, avtomobil o‘yini ishtirokchilari safiga qo‘shilasiz va 50 000, 30 000 va 20 000 so‘mga sovg‘a sertifikatlari hamda yutuqli o‘yin uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etuvchi mini o‘yinni o‘ynashingiz mumkin bo‘ladi!

Aksiya 5-apreldan 5-mayga qadar o‘tkaziladi.

App | Telegram | Facebook | Instagram | Web

Reklama
140.2K views12:37
Ochish/sharhlash