Get Mystery Box with random crypto!

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi bo‘yicha T | Xushnudbek.uz

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi bo‘yicha Tojikiston Prezidentining matbuot xizmati tayyorlagan rolik.

Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda aytishim mumkin, darhaqiqat, O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifi qardosh tojiklar tomonidan juda muhim ahamiyatli voqea sifatida qabul qilindi.

Sababi tushunarli, Moskva shahridagi teraktda tojik fuqarolari ayblangandan so‘ng xalqaro maydonda Tojikiston va uning fuqarolariga nisbatan yovqarash paydo bo‘ldi.

Bunday og‘ir pallada O‘zbekiston o‘z pozitsiyani hammaga ochiq bildirdi: "Sizlar qanday o‘yinlar o‘ylab topsangiz ham, biz qardosh qo‘shnilarimiz bilan birgamiz" deyildi.

Va bu pozitsiya shunchaki og‘zaki emas, balki rasmiy hujjat shaklida muhrlandi. Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Ya’ni O‘zbekiston xalqaro maydondagi vaziyat fonida Tojikiston bilan munosabatlarini yana bitta pog‘onaga ko‘tarib, eng yuqori shaklga olib chiqishini ma’lum qildi. Bungacha O‘zbekiston faqat 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik munosabatlarini o‘rnatgan edi xolos.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonning yuzma-yuz muzokarasi 3 yarim soat davom etdi. Kamdan kam vaziyatlarda Prezidentlarning yakkama-yakka suhbatlari bunchalik uzoq bo‘ladi. Demak, ikki davlat yetakchilari juda ko‘p nozik masalalarni yopiq eshiklar ortida muhokama qilgan. Muzokaralarda xalqaro maydondagi holatlar fonida qanday yo‘l tutish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, voqealar rivojiga qarab "A", "B", "C" rejalar haqida gap ketgan bo‘lishi tabiiy. Bundan tashqari suv, energetika, chegara, savdo masalalari bo‘yicha ham o‘ta muhim masalalar muhokama qilingan.

Yuzma-yuz muzokaradan keyin Prezidentlarning kayfiyati juda yaxshi edi, demak, kelishuvlar ijobiy bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Markaziy Osiyo davlatlarining do’stligi bardavom bo’lsin. Qudratli kuchlar oldida faqat birlashuvgina bizni halokatdan qutqarib qoladi.


@xushnudbek