Get Mystery Box with random crypto!

'Ko‘ring, faqat yig‘lamang' ruknidan :) Joriy yilgi 'Tashabbu | Xushnudbek.uz

"Ko‘ring, faqat yig‘lamang" ruknidan :)

Joriy yilgi "Tashabbusli byudjet" loyihasida ajratilgan mablag‘lar miqdorining keskin oshirilgani va "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilgani evaziga juda ko‘plab loyihalar 100 tadan kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan.

Masalan, respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng kam ovoz Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qayd etilgan — ko‘chaga tungi yoritgichlar o‘rnatish haqidagi tashabbus atiga 12 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Do‘stlik tumanida eng kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbus 827 ta ovoz olgan edi. Farqni ko‘ryapsizmi?!

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 18, 32 va 34 ta ovozlar bilan g‘olib bo‘lgan loyihalar bor.

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 48 ta ovoz bilan, Namangan viloyati Davlatobod tumanida esa 52 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbuslar mavjud.

Masalan, o‘tgan mavsumda xuddi shu hududlarda g‘oliblik uchun talab qilingan ovozlar soniga qarasak, Nurafshon shahrida 1 230 ta, Uchquduqda 2 896 ta, Davlatobodda esa 4 415 ta ovozdan kam to‘plaganlar g‘olib bo‘la olmagan edi. Farqning kattaligini qarang!

Demak, ushbu kichik tahlillardan 2 ta xulosaga kelish mumkin:

1-xulosa: "Tashabbusli byudjet" uchun ajratiladigan mablag‘larni har yili oshirib boraverish kerak. Bu juda ko‘p muammolarga o‘z-o‘zidan yechim bo‘la oladi.

Masalan, aholisi kam, atiga 400-500 kishi yashaydigan mahallalar hech qachon g‘olib bo‘lolmaydiku, degan e’tirozlar keskin kamayadi. Chunki 50 ta ovoz bilan ham g‘olib bo‘lish mumkin bo‘lmoqda.

Yoki g‘oliblar soni ko‘paygani evaziga pulga ovoz sotib olish, ommaviy majburiy ovoz yig‘ishlar ham ancha kamayadi. Faqatgina aholisi zich va o‘ta faol hududlardagina bunaqa "jang usullari" saqlanib qolishi mumkin, xolos.

2-xulosa: "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilib, juda to‘g‘ri ish qilindi. Bu turli ko‘zbo‘yamachilik va sun’iy ovozlarning oldini oldi.

Izoh: "Ko‘ring, faqat yig‘lamang" iborasi esa 2-3 mingdan ko‘p ovoz yig‘ib, g‘olib bo‘la olmaganlarga aytilgandi


@xushnudbek