Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 526.79K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-04-07 20:31:09 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qodiriy. Yig‘indi gaplar (maqola)

Izoh
: Abdulla Qodiriyning mazkur maqolasi 1926-yili “Mushtum” jurnalida chop etilgan. Tanqidiy ruhdagi mazkur hikoyasi uchun u hukumat rahbarlarini obro‘sizlantirishda ayblanib qamoqqa olinadi. Uch oylik hibsdan so‘ng adib ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Ammo hukm e’lon qilgan kuniyoq Oxunboboyev, G‘oziyev, Ikromov, Qosimxo‘jayev va boshqalar qarorni bekor qilish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yozadi. So‘rov qabul qilinib, adib ozodlikka chiqariladi, ammo unga matbuot eshiklari yopiladi. Qodiriyning tavallud kuni arafasida ushbu tarixiy maqolani kanalimizda e’lon qilishni lozim ko‘rdik. Atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, shov-shuvli maqola mazmunidan xabardor bo‘ling.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Abdulla-Qodiriy-Yigindi-gaplar-maqola

Audio hikoyani eshitish uchun:



Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

Muhokama bu yerda.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
161.6K views17:31
Ochish/sharhlash
2024-04-07 11:33:49 O‘qituvchilar uchun malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Unga ko‘ra, sinovlar quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);

Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);

O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);

Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);

Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);

Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);

Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo‘nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o‘g‘il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);

Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);

Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);

Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);

Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);

Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18-may kuni (1 kun);

Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21-may kunlari (2 kun).

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joylar manzilini bu yerdan ko‘rish mumkin.


@xushnudbek
205.8K viewsedited  08:33
Ochish/sharhlash
2024-04-07 02:02:11 7-aprel, yakshanba (28-kun)
Saharlik vaqti: 04:34
Iftorlik vaqti: 18:57 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
171.6K views23:02
Ochish/sharhlash
2024-04-06 14:44:58
IT sohasida bepul o‘qish mumkinmi? Ha, mumkin, sizda faqat xohish bo‘lsa bas

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov IT sohasida bepul ta’lim olish uchun bir nechta imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Prezident qaroriga asosan, 1-martdan boshlab bitiruvchilarini aynan IT xizmatlari eksporteriga ishga joylanishiga erishgan o‘quv markazlari uchun 25 million so‘mgacha, agar bitiruvchining nogironligi bo‘lsa 35 million so‘mgacha subsidiya ajratilishi belgilandi. Ya’ni o‘quv markazlari shunchaki yoshlarni yaxshilab o‘qitib, keyin ularni ishga joylashtirib, daromad qilishi mumkin. Davlat buning uchun yaxshigina pul to‘lab beradi.

Shu sababli o‘quv markazlari orasida "IT sohasida bepul o‘qitamiz", degan e’lonlar ko‘payib qoldi.

Masalan, Samarqanddagi School21 markazi nafaqat bepul o‘qitaman, balki yotoqxona bilan ham ta’minlayman, deyapti.

Sal avvalroq "Najot ta’lim" hamda "Cambridge LC" o‘quv markazlari Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati yoshlari uchun qiymati 3,5 mlrd so‘mlik "Kelajak yoshlari" ta’lim grantini e’lon qilgan edi. Grant g‘oliblari dasturlash, dizayn va ingliz tili bo‘yicha 1 yil bepul o‘qishi mumkin. Lekin bu grantga hujjat topshirish muddati kecha tugagan. Balki tashkilotchilar arizalar qabulini yana uzaytirar, ularning sahifasini kuzatib borishingiz kerak.

Shuningdek, Toshkentdagi MAAB Innovation IT Akademiyasi esa Business Intelligence mutaxassisligini 10 oy bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etyapti.

Aytgancha, IT yo‘nalishidagi talabalar uchun onlayn bepul ta’lim imkoni ham bor. Bunda ariza to‘ldirgan holda jahonga mashhur “Coursera” platformasidagi 49 dollardan 400 dollargacha bo‘lgan kurslarda bepul o‘qish va hatto sertifikat olish imkoniga egasiz.

Xullas, o‘qiyman desa, ko‘ngilda xohish va bilim olishga intilish bo‘lsa, bemalol imkon topish mumkin. Yaxshi o‘qish esa, yaxshi ish joyi va zo‘r daromad degani. Ayniqsa, IT sohasida talab yetarlicha.

Foydalanmaysizlarmi?


@xushnudbek
174.2K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2024-04-06 12:30:51
"Ko‘ring, faqat yig‘lamang" ruknidan :)

Joriy yilgi "Tashabbusli byudjet" loyihasida ajratilgan mablag‘lar miqdorining keskin oshirilgani va "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilgani evaziga juda ko‘plab loyihalar 100 tadan kam ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan.

Masalan, respublika bo‘ylab rekord darajadagi eng kam ovoz Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida qayd etilgan — ko‘chaga tungi yoritgichlar o‘rnatish haqidagi tashabbus atiga 12 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan. O‘tgan mavsumda Do‘stlik tumanida eng kam ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbus 827 ta ovoz olgan edi. Farqni ko‘ryapsizmi?!

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 18, 32 va 34 ta ovozlar bilan g‘olib bo‘lgan loyihalar bor.

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida 48 ta ovoz bilan, Namangan viloyati Davlatobod tumanida esa 52 ta ovoz bilan g‘olib bo‘lgan tashabbuslar mavjud.

Masalan, o‘tgan mavsumda xuddi shu hududlarda g‘oliblik uchun talab qilingan ovozlar soniga qarasak, Nurafshon shahrida 1 230 ta, Uchquduqda 2 896 ta, Davlatobodda esa 4 415 ta ovozdan kam to‘plaganlar g‘olib bo‘la olmagan edi. Farqning kattaligini qarang!

Demak, ushbu kichik tahlillardan 2 ta xulosaga kelish mumkin:

1-xulosa: "Tashabbusli byudjet" uchun ajratiladigan mablag‘larni har yili oshirib boraverish kerak. Bu juda ko‘p muammolarga o‘z-o‘zidan yechim bo‘la oladi.

Masalan, aholisi kam, atiga 400-500 kishi yashaydigan mahallalar hech qachon g‘olib bo‘lolmaydiku, degan e’tirozlar keskin kamayadi. Chunki 50 ta ovoz bilan ham g‘olib bo‘lish mumkin bo‘lmoqda.

Yoki g‘oliblar soni ko‘paygani evaziga pulga ovoz sotib olish, ommaviy majburiy ovoz yig‘ishlar ham ancha kamayadi. Faqatgina aholisi zich va o‘ta faol hududlardagina bunaqa "jang usullari" saqlanib qolishi mumkin, xolos.

2-xulosa: "Bir kishi — bir ovoz" tizimiga o‘tilib, juda to‘g‘ri ish qilindi. Bu turli ko‘zbo‘yamachilik va sun’iy ovozlarning oldini oldi.

Izoh: "Ko‘ring, faqat yig‘lamang" iborasi esa 2-3 mingdan ko‘p ovoz yig‘ib, g‘olib bo‘la olmaganlarga aytilgandi


@xushnudbek
435.1K views09:30
Ochish/sharhlash
2024-04-06 10:44:19
Mudofaa vazirligi ogohlantiradi

Bugun Toshkent harbiy okrugi qoʻshinlari boʻlinmalari ishtirokida maxsus-taktik oʻquvlar boshlanishi sababli zirhli texnikalari, harbiy yengil zirhli va yuk avtomobillarining Toshkent viloyati va Toshkent shahrining belgilangan marshrutlari boʻyicha harakatlanishi rejalashtirilgan.

O‘z navbatida, vazirlik harbiy texnikalar harakati vaqtida haydovchilarga yo‘l-harakati qoidalari va harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilgan.

Izoh: yuqoridagi surat arxivdan.


@xushnudbek
174.0K views07:44
Ochish/sharhlash
2024-04-06 02:02:29 6-aprel, shanba (27-kun)
Saharlik vaqti: 04:36
Iftorlik vaqti: 18:56 (Toshkent vaqti)

Taanniy. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
81.1K views23:02
Ochish/sharhlash
2024-04-05 22:30:56
Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Laylatul qadr duosi hamda Shayx Alijon qorining Qur’on tilovati.

05.04.2024, “Hazrati Imom” masjididagi xatmi Qur’on, Toshkent shahri.


@xushnudbek
131.0K views19:30
Ochish/sharhlash
2024-04-05 17:30:04
“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil birinchi mavsumi g’oliblari e’lon qilindi.

Ro’yxat:

https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/32

11,7 mln fuqaro ovoz bergan mavsumda 2 ming 770 ta loyiha g‘olib bo‘ldi. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 3,3 trln so‘m yo‘naltiriladi.


@xushnudbek
167.5K viewsedited  14:30
Ochish/sharhlash
2024-04-05 15:32:01 “Tashabbusli byudjet”da ovoz yig‘ishga majburlagan Qiziltepa hokimi o‘rinbosari jarimaga tortildi Bu haqda Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya ma’lum qildi. Xabarda aytilishicha, Prokuratura va mehnat inspeksiyasi…
131.4K views12:32
Ochish/sharhlash