Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 529.64K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-04-01 02:00:48 1-aprel, dushanba (22-kun)
Saharlik vaqti: 04:46
Iftorlik vaqti: 18:50 (Toshkent vaqti)

Tavba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
138.4K views23:00
Ochish/sharhlash
2024-03-31 19:10:19 «Metan» gaz uchun eng baland chakana narx 3 ming 350 so’m etib belgilandi

Endilikda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-iyungacha bir kub metr uchun 3 ming 350 so‘m qilib belgilanmoqda.

Ya’ni 1-apreldan e’tiboran yakuniga yetishi kerak bo‘lgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juz’iy o‘zgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 3 250 so‘m edi).


@xushnudbek
209.2K views16:10
Ochish/sharhlash
2024-03-31 17:48:53 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 7 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Benjamon Franklin. Hushtak (hikoya)


Izoh
: hikoya qahramoni 7 yoshida o‘rtoqlari qaysidir bayramda sovg‘a qilgan bir hovuch chaqaga o‘yinchoqlar do‘konidan hushtak sotib oladi. Sevinchi ichiga sig‘may hushtagini quloqlarni qomatga keltirib chalib yurgan bolakay ushbu matohni o‘z narxidan to‘rt baravar qimmatga sotib olganini bilgach, dunyo ko‘ziga qorong‘i bo‘lib ketadi. Biroq aynan shu voqea uning hayotini tubdan o‘zgartirgan deyish mumkin. Qanday qilib deysizmi? Buni atigi 7 daqiqa vaqt ajratib, hikoyani o‘qib/tinglab bilib olishingiz mumkin.

Matnni o‘qish uchun: https://teletype.in/@xushnudbek/Benjamin-Franklin-Hushtak-hikoya

Audio hikoyani eshitish uchun:



Muhokama bu yerda.

Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbek
143.5K views14:48
Ochish/sharhlash
2024-03-31 12:11:52 Zargarlik buyumlari ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan qimmatbaho toshlarni QQSdan ozod qilish rejalashtirilmoqda

Bu haqdagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Qonun bilan quyidagilar belgilanmoqda:

Soliq kodeksiga zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha kiritish;

Soliq kodeksini kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi foyda solig‘idan ozod qilinishi to‘g‘risidagi norma, ushbu zonalar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish kiritish.


@xushnudbek
138.7K views09:11
Ochish/sharhlash
2024-03-31 11:41:34
Siz kommunal to‘lovlarni qanday to‘laysiz?

Payme foydalanuvchilari “Nimaga Payme orqali onlayn to‘lovlarni amalga oshirish kerak?“ kabi savolga javob beribdi.

Payme endi O‘zbekiston bo‘ylab 12 000 000 dan ziyod foydalanuvchiga ega!
Siz to‘lovlarni Payme orqali amalga oshiring.

To‘lovni amalga oshirish uchun ilovani quyidagi havola orqali yuklab oling.

Reklama
142.3K views08:41
Ochish/sharhlash
2024-03-31 02:01:47 31-mart, yakshanba (21-kun)
Saharlik vaqti: 04:48
Iftorlik vaqti: 18:49 (Toshkent vaqti)

Muroqaba. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
148.5K views23:01
Ochish/sharhlash
2024-03-30 08:33:37
6-BYD Tashkent xalqaro marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish 5-aprel kuni tugaydi!

Marafon 21-aprel kuni bo‘lib o‘tadi va 6000 ga yaqin ishtirokchi qatnashadi. Har bir yugurish ishqibozi o‘zining 3, 10, 21 va 42 km’dagi qulay masofasini tanlashi mumkin.

Marafon o‘tkaziladigan joy: Humo Arena

20 aprel, marafondan bir kun avval “Paxtakor” stadionida Kids run va Shimoliy yurish bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Ushbu vaqtni oilangiz va yaqinlaringiz bilan o‘tkazing!

Ishtirok etish narxi 150 ming so‘mdan 300 ming so‘mgacha.

Ishtirokchilar uchun boshlang‘ich paket’ga quyidagilar kiradi: chipli ko‘krak raqami, ilgaklar, ryukzak, kepka, futbolka, marafon kuni jamoat transporti uchun chiptalar.

Ro‘yxatdan o‘tish: perfend.com platformasida

Marafonda ko‘rishguncha!

Instagram | Facebook | Reklama
27.5K views05:33
Ochish/sharhlash
2024-03-30 02:00:38 30-mart, shanba (20-kun)
Saharlik vaqti: 04:49
Iftorlik vaqti: 18:48 (Toshkent vaqti)

Rizo. «Ruhiy tarbiya» turkumidan.

Muallif: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

#ramazon #ruhiytarbiya


@xushnudbek
84.1K views23:00
Ochish/sharhlash
2024-03-29 20:22:30
Axmedxadjayev Azim Israilovich energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

U bunga qadar ham energetika vazirining birinchi o‘rinbosari edi. Faqat endilikda uning zimmasiga Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktorligi vazifasi ham yuklandi.

***

Mamatkarimov Baxtiyor Rustamovich energetika vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon tumani hokimi edi.

***

Qobilov Azizxo‘ja Ochilovich energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2023-yil 31-yanvar kuni tog'-kon va geologiya vazirining o'rinbosari etib tayinlangan edi.


@xushnudbek
112.3K views17:22
Ochish/sharhlash