Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek.uz

Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz X
Telegram kanalining logotibi xushnudbek — Xushnudbek.uz
Kanal manzili: @xushnudbek
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519.43K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!
•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev
•fb.com/xushnudjohn
•twitter.com/xushnudbeck
•instagram.com/xushnudbek
•tiktok.com/@xushnudbekofficial
Reklama uchun:
@xushnudbekreklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-04-19 08:53:06 Ekologiya xodimlariga tazyiq bo‘yicha tekshiruv olib boriladi

Rasul Kusherbayev o‘z telegram sahifasida “Yashil makon” doirasidagi ko‘zbo‘yamachilik va bosimlar haqida yozgan. Unga ko‘ra, poytaxtda “Yashil makon” platformasiga kiritilib, haqiqatda ekilmagan 41 mingdan ortiq ko‘chatlarni ekologiya xodimlari tasdiqlashmagan. Natijada esa Toshkent shahrining Yakkasaroy, Uchtepa va Shayxontohur tumanlarida hokimliklar, IIB va prokuratura tomonidan ekologiya xodimlariga bosim o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura ushbu xabar asosida tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Tekshirish davomida xabardagi har bir holat o‘rganilib, unda e’tirof etilgan davlat organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi, - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.


@xushnudbek
113.0K viewsedited  05:53
Ochish/sharhlash
2024-04-19 08:02:38
“Profi”da navbatdagi imtihon!

“Profi University”da 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari 1-apreldan boshlangan edi. Navbatdagi imtihon esa 21-aprelda universitetning Bektemir kampusida oʻtkaziladi.

Imtihonda qatnashish uchun profiuniversity.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Agar hali ham roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, shoshiling.

Darvoqe, ilk imtihon, yaʼni 13-aprelda oʻtkazilgan kirish sinovlari natijalari eʼlon qilindi.

Siz ham shoshiling!

Litsenziya (№ 189078, 10.11.22-y.)

Batafsil maʼlumot uchun: 78-777-11-11 yoki @profiqabul

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Reklama
115.7K views05:02
Ochish/sharhlash
2024-04-18 18:15:03
Emomali Rahmonning farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov , Munojatxon Yo‘lchiyeva, Og’abek Sobirov va Yulduz Usmonova “Tojikiston xalq hofizi” faxriy unvoni bilan, Yodgor Sa’diyev esa “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O’z navbatida Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan bir guruh tojikistonlik san’atkorlar — Mirali Do‘stizoda, Ismoil Nazriyev, Furqat Saidov, To‘lqin Tojiboyev va Rahmatullo Hoshimov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi.


@xushnudbek
157.0K views15:15
Ochish/sharhlash
2024-04-18 15:56:22
Muhim xabar: Uzbekistan Airways aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti o‘zgardi

Toshkent xalqaro aeroportida endilikda Uzbekistan Airways xalqaro aviaqatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish vaqti qatnov joʻnashiga 40 daqiqa emas, 1 soat qolganda tugatiladi.

Parvoz qilmoqchi bo’lgan yurtdoshlarimiz ushbu o’zgarishni inobatga olib qo’yishlari maqsadga muvofiq.


@xushnudbek
160.7K views12:56
Ochish/sharhlash
2024-04-18 15:18:10
Mobiuz abonentlari bonus sifatida 25 000 MB’gacha bepul olishlari mumkin! Beshtagacha do'stingizga Mobiuz'ga ulanishni taklif qiling. Ularning har biriga ham 5000 MB’dan sovg'a qilamiz!

Buning uchun nima qilish kerak?

1) *8# tering va bizdan beshta noyob kodni oling.
2) Mobiuz’ga ulanishni xohlagan beshta do‘stingizga bittadan kodni ulashing.
3) Ular ulanib, *8*998raqamingiz*kod# ni terishadi hamda 5 000 MB bonus olishadi.
4) Siz ham 5 000 MB'ga ega bo‘lasiz va umumiy hisobda 25 000 MB’gacha qo‘lga kiritasiz!

Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram | Mobiuz ilovasi | Reklama
143.7K views12:18
Ochish/sharhlash
2024-04-18 14:36:37
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar. Davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ma’lumot uchun: Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklikdan keyingi eng yuqori munosabat shaklidir.

Bugungi kunda O‘zbekiston 2 ta davlat (Rossiya, Qozog‘iston) bilan ittifoqchilik, 14 ta davlat bilan esa strategik sherikchilik munosabatlarini o‘rnatgan.


@xushnudbek
145.0K views11:36
Ochish/sharhlash
2024-04-18 12:47:44 “Rinotin kids” biologik faol qo‘shimchasiga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Rinotin kids” siropi sifati haqida tanqidiy postlar e’lon qilinganidan so'ng Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi holat bo'yicha o‘rganish olib bordi.

Unga ko'ra, aholi orasida ovqatdan zaharlanishning oldini olish maqsadida sirop mahsulotlariga berilgan ruxsatnomalar bekor qilindi.

Bundan tashqari, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga respublika hududlaridagi barcha dorixonalardagi “Rinotin kids” siropini qaytarib olish topshirig‘i berildi. Hozirgacha korxona tomonidan 28 ta dorixonalardagi mahsulotlar qaytarib olingan.

“Rinotin kids” siropi dori vositasi emas, balki biologik faol qo‘shimcha bo‘lib, Italiyada ishlab chiqariladi. Mahsulot O‘zbekistonga “Gricar Chemical S.R.L kompaniyasining ishonchnomasiga ko'ra olib kiriladi. Shuningdek, “CYNERGY PHARMCO” MCHJga 2022-yil 29-aprelda ruxsatnoma berilgan.


@xushnudbek
158.5K views09:47
Ochish/sharhlash
2024-04-18 11:04:39
Dushanbedagi "Qasri millat" qarorgohida Emomali Rahmonning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi.


@xushnudbek
157.1K views08:04
Ochish/sharhlash
2024-04-17 19:18:06
Bugun Osiyodagi 2 ta katta turnirni g’alaba bilan boshladik.

Futzal bo’yicha Osiyo kubogida milliy terma jamoamiz Avstraliyani 3:2 hisobida mag’lub etdi. Jamoamiz sardori Dilshod Rahmatov dubl qayd etdi, ilk golni esa Akbar Usmonov urdi.

Futbol bo’yicha U23 Osiyo kubogida esa yigitlarimiz Malayziya ustidan 2:0 hisobida g’alaba qozonishdi. Gollarni jamoamiz sardori Jasur Jaloliddinov hamda Ulug’bek Hoshimov urdi.

Barchaga g’alabalar muborak!


@xushnudbek
25.8K views16:18
Ochish/sharhlash
2024-04-17 16:23:31
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabda tok urishi oqibatida vafot etgan o‘quvchi ishi bo‘yicha maktab direktori va uning o‘rinbosariga hukm o‘qildi

Hukmga ko‘ra, maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilinib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Maktab direktoriga esa 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. U ham 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlay olmaydi.

Ma’lumot uchun, holat 27-noyabr kunida sodir bo‘lgan.


@xushnudbek
81.1K views13:23
Ochish/sharhlash