Get Mystery Box with random crypto!

DXX tomonidan 19.7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qili | Xushnudbek.uz

DXX tomonidan 19.7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi

Qibray tumanida yashovchi fuqaroning xonadonidan sotish uchun tayyorlangan 4 kg 824 gr “Mefedron”, 3 kg 274 gr “Spays” va 2 kg 130 gr “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositalari topildi. Ular Qozog‘istondan olib kelingan.

Rossiyadan yuk avtomashinasida 3 dona avtomobil ehtiyot qismi ichiga yashirilib, yuborilgan 3 kg 780 gr “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasini Zangiota tumanida qabul qilib olgan 3 kishi ushlandi.

Sirdaryolik fuqaroning Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi vaqtincha yashash xonadonidan 5 kg 687 gr “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi topilgan. Ular Rossiyadan keltirilgan.

Barcha hollarda jinoyatchilar narkotik moddalarni kichik bo‘laklarga bo‘lib, internet tarmog‘ida sotishni rejalashtirgan.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


@xushnudbek