Get Mystery Box with random crypto!

15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydo | Xushnudbek.uz

15-aprel kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Gentra haydovchisi ikki nafar o‘quvchini urib yuborgan.

Voqea tumanning Oqtom mahallasi hududidan o‘tgan yo‘lda, Baxmal tumanidan bo‘lgan 26 yoshli haydovchi avtomashinasida yuqori tezlikda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgani sabab sodir bo‘lgan.

U qarama-qarshi yo‘nalishda maktabga ketayotgan 5 va 7-sinf o‘quvchilarini urib yuborgan va oqibatda bolalar vafot etgan. Shuningdek, mashina yo‘l chetida bog‘lanib turgan qoramolni ham urib ketgan va u ham nobud bo‘lgan.

Surishtiruv davomida haydovchi 2023-yilning dekabr oyidan shu kungacha 11 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgani aniqlangan. Hozirda hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.


@xushnudbek