Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 21

2021-01-27 19:25:57 https://t.me/uzbekonomics/220

https://t.me/uzbekonomics/369

https://www.gazeta.uz/oz/2021/01/27/meetings/:
«Keraksiz majlislarni o‘tkazishni tugatish kerak. Otbozorga aylanib ketyapti. Ba’zi rahbarlar majlisbozlik bilan kasal».
2.8K views16:25
Ochish/sharhlash
2021-01-27 10:48:23 Brain drain - ya’ni mamlakatdan утечка мозгов haqida fikr, ayrimlarga yoqmasligi mumkin bo’lsa ham:

ayrim rivojlanayotgan mamlakatlardan: ayniqsa korruptsiya kuchli, imkoniyatlar tengsizligi katta, qonun ustuvorligi muqarrar bo’lmagan, ta’lim va tibbiyot rivojlanishini ilg'or o’ringa qo’yilmagan, oddiy va kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan infrastukturalarga ega bo'lmagan mamlakatlardan yosh iste’dodlarning o’sishda davom etishi uchun chiqib ketishi - ya’ni o’qishini davom ettirish, malaka oshirish, ishlash, va dunyo ilm-fan hamjamiyatiga qo’shilishi: (1) o’sha yosh iste’dodning shaxsan o’ziga birinchi navbatda; (2) agar masalan u tadqiqotchi olim bo’lsa - dunyo miqyosidagi ilm-fan rijovlanishiga ham; (3) va oxir-oqibatda chiqib ketgan mamlakatiga kelajakda bevosita yoki bilvosita faqat foydali bo’ladi. Mana shu uchinchisi qanday shaklda bo’ladi deysizmi? Qanchadir muddatdan so’ng nafaqat moddiy resurs, balki eng muhimi, bilim albatta orqaga transfer bo’ladi, hom ravishda, yoki biror bir innovatsiya ko’rinishida. Yoki biroz avvolroq men yozgan va vaktsina ixtiro qilib tarqatishda yetakchi bo'lgan venger, grek va turk olimlar misolini eslang.

Tabiiyki, nazariy yoki empirik tadqiqotlar shuni ko'rsatadi - brain drain aksariyat hollarda chiqib ketilgan mamlakatga nisbiy ravishda ta’sir qiladi. Ya’ni, oddiy qilib aytgganda, mamlakat raqobatdoshligi pasayadi, potentsial tadbirkorlarni yoqotadi, malakali ishchilar yetishmasligiga olib keladi va boshqalar.

Lekin, yuqorida men tasvirlagan, uzun xarakteristikaga to’g’ri keladigan har qanday nazariy mamlakatda (janubiy amerikadagi bir mamlakat deb ko'raylik) o’ta iste'dodli yoshlarni ixtiyoriy-majburiy ravishda ushlab qolish, “ozgina sabr qil, hammasi bo’ladi”, “maoshingni oshiramiz, lavozimda ko’taramiz” deb va’da qilish (ayrim direktor, korxona rahbarlariga o’xshab deylik) menimcha maqsadga muvofiq emas, va o’sha o’sayotgan iste’dod uchun adolatli ham emas. Chunki o’sha yosh iste’dod o’sishda sekinlashadi, to’xtaydi, деградация qilishi deyarli yaqqol. Hisobot uchun qandaydir yo’llar bilan “uni olib qoldik” deb turib lekin faoliyatini erkin olib borishga bermaslik hech qanday yaxshi natijaga olib kelmaydi.

Bir ajoyib metafora-misol esimga keldi, ma’nosi chuqur. Ko’ring.

Xullar, o’sha misoldan kelib chiqib: radiotexnika yig’aman degan o’spiringa domino o’ynaydiganlar stol atrofida joy bermasa, o’sha o’spirin boshqa stol atrofida joy topishga haqli. Va o’sha dominochilar bunga qarshi bo’lishlari yoki to’sqinlik qilishlari emas, balki yordam berib yuborishlari kerak. O’zlari domino o’ynab halaqit qilmasdan va uni domino o’ynashga majburlamasdan. Chunki oxir-oqibatda, o’sha qo’shni stolda o’spirin yasagan radiotexnika jamiyatga ham, dominochi amakilarga ham foydasi tegadi albatta.

Aslida, утечка мозгов bo’lishining o’zi yomon belgi emas. Demak утечка qiladigan мозг lar bor ekan, umid ham. Umuman yo’q bo’lgandan ko’ra.

@uzbekonomics
4.3K views07:48
Ochish/sharhlash
2021-01-22 18:42:06 Tadqiqotga ko’ra, pandemiyadan so’ng masofadan, uydan ishlash odat bo’lib qolaveradi:

- ish kunlarining 22 foizi uy sharoitida davom etadi (pandemiyadan oldin u 5 foizda edi), va undan natijasida mehnat unumdorligi 2,4 foizga oshadi;
- erkin sharoitda va o’zi istagan joydan ishlash imkoniyati uchun ishchilar o'z daromadlarining 7,6 foizidan voz kechishga ham tayyorlar;
- natijada katta shaharlarda iste’molchilar harajatlari 5-10 foizga qisqaradi.

Agar o’zimizga keladigan bo’lsak: pandemiyadan o’rganiladigan narsa bu majlislarni yoppasiga qisqartirish edi. Soatlab o’tadigan majlislarda yiliga yuz minglab ish soati bekorga ketadi, mehnat unumdorligi qisqaradi, va bilamizki, mehnat unumdorligi bu barqaror iqtisodiy o’sishning tamoyillaridan biri. Masalan, bitta boshliq majlis qilsa uning 15ta muovini majlisdan chiqib o’zlarining 20ta bo’lim boshliqlariga yana majlis qiladi, ular keyin ishchilarga majlis qiladi… Keyin majlisdan so’ng barchasi hisobot qilishlarini inobatga olsak, kun majlis va hisobot bilan o’tib ketadi, ish qolib ketib.

O’sha barcha majlislarni bir dona email orqali qilsa ham bo’ladi, majlislarga moratoriy e’lon qilib...

@uzbekonomics
3.8K views15:42
Ochish/sharhlash
2021-01-22 17:05:01 Ma’lumot o’rnida: “плановая экономика” o’zbek tiliga “buyruqbozlik iqtisodiyoti” deb tarjima qilinadi. Ko’p ishlatilayotgan, va kuzatilayotgan so’z har xolda.

Hech qayerda va hech qachon o’zini oqlamagan ishlamagan, ishlamaydi ham.

@uzbekonomics
3.3K views14:05
Ochish/sharhlash
2021-01-20 22:12:49 ​​Populizm va yolg’onga to’la bo’lgan Trampning to’rt yilligi ham o’tib ketibdi, bir pastda...

Joe Bayden navbatdagi AQSh prezidenti. Tarixiy kun.

Eng quvonarli va kerakli hissiyotlardan biri bu o’zgarish.

@uzbekonomics
3.7K viewsedited  19:12
Ochish/sharhlash
2021-01-20 10:47:38 Podkast qaytmoqda.

Ko'pchilik obunachilarning esida bo’lsa kerak, 1.5 yil oldin podkast qilishni boshlab, faqatgina ikkita epizod chiqargandim. Undan so’ng yana 2-3 ta epizodni ham yozgan edim, amerikalik rusiyzabon olim, vazir o’rinbosari va boshqalar bilan. Lekin, ishlar bilan ovora bo’lib u epizodlar ham, podkast ham qolib ketgandi. 

Xullas, shu davr mobaynida ko’p sonli talablarga binoan podkastni davom ettiramiz. Bu safar yangi formatda, endilikda ikkita boshlovchi: Botir Kobilov va Behzod Hoshimov asosan iqtisod, jamiyat va ularning atrofidagi dolzarb mavzularda o’zaro suhbat qiladilar. Reja bo’yicha, epizodlar 20-30-minut bo’ladi (bunisidan tashqari) va deyarli har hafta chiqadi. 
Podkastga Podbean, Spotify va Apple Music platformalarida obuna bo’lib tinglashingiz mumkin. Google Podcast va Yandex Musicda tez orada kuting (yangi logotipni ham, sifatliroq tovushni ham). 
Hozircha podkast audio faylini bu yerga ham yuklab turamiz. 

Ulashing, obuna bo’ling.

@uzbekonomics
3.8K views07:47
Ochish/sharhlash
2021-01-19 08:16:17 ​​Har safar o’ylaganimda, eslaganimda yuragimni siqadigan mavzu haqida yana bir bor.

Daraxtlarni kesishga bo’lgan moratoriyni uzaytirish rejalashtirilmoqda ekan. Foydasi bo’lsa yaxshi bo’lardi.
https://www.gazeta.uz/ru/2021/01/18/moratorium/

Reja, yo’l xaritasi, muloqot, “masalaning mohiyatiga chuqur yetish” va shunga o’xshagan boshqa qog’ozbozlik qilib yuraversak daraxt qolmaydi shekil.

Skverdagi 2009 yilgi voqeani eslasang "daraxt kesilishi" emas balki “daraxtlarning genotsidi” degan jumlani ishlatish o’rinli bo’lardi.

Shu bitta oddiy narsani ongimiz bilan tushunish, tushunmaganga yetqazish qiyin ekan: ko’chada turgan daraxt bu faqatgina navbatdagi bino yoki asfalt qo’yish uchun halaqit berayotgan to’nka emas. Ayrimlarga balki u daraxt ko’rinishida emas, balki mebel bo’lib ko’rinar. Lekin, shaharda kesilgan har bir daraxt, yakson qilingan har bir yashil park hududlari shaharning va aholisining umrini qisqartiradi, ifloslantiradi, kasallikka chalintiradi, hayotini qisqartiradi va hatto moliyaviy tomondan kambag’al qiladi….

Batafsilroq, ikki yil oldin yozilgan maqolada: https://www.gazeta.uz/ru/2018/12/25/trees/

Rasmda: Toshkent 2001 yilda va 2018 yillardagi ko’rinishi.
2018 yildan so’nggi daraxtlarning qirg’ini undan ham ko’payganini hisobga olsak, boshqa izohga hojat ham qolmaydi.

Xullas, afsus.

P.S. Orol dengizi qanday qurib ketgani, va shaharlarni qanday qilib cho’llarga aylantirganimiz kelajakda birgalikda eslansa kerak.

@uzbekonomics
38.2K views05:16
Ochish/sharhlash
2021-01-14 19:07:43 ​​Inflyatsiya, davlatning iqtisodiyotda aralashuvi va iste’molchi qashshoqligi haqida.

Quyidagi grafikda AQShda ba’zi iste’mol tovar narxlarining 1998 yildan 2020 yilgacha bo’lgan dinamikasi keltirilgan. Ma’salan, shu davr mobaynida, umumiy inflyatsiya darajasi 59% foizni tashkil etgan bo’lsa, yangi avtomobil narxlari deyarli oshmagan, televizorlar narxi 90% ga tushgan, universitetda o’qish va tibbiy yordam xizmat turlari esa 100%-200% ga oshgan.

O’rtacha maoshlar esa 80%ga oshgan, ya’ni iste’molchilarning real daromadi ushbu davrda o'sgan (80%-59%).

Bu grafikdan biz qanday xulosa qilsa bo’ladi?

1.Raqobatbardosh bozorlar (ko’k rangda) odamlar uchun eng yaxshi ishlaydi. Hukumat tomonidan boshqariladigan, aralashadigan bozorlar (qizil rangda) esa iste’molchilar uchun xarajatlarni faqat oshiradi. Ya’ni, davlatning iqtisodiyotda, xususan, tovar yoki xizmat ko'rsatishda ishtirok etish darajasi, aralashuvi va boshqaruvi qanchalik katta (past) bo'lsa, narxlar vaqt o'tishi bilan oshib boradi (pasayadi). AQShda ta’lim, tibbiyot va uy-joy sohasida davlatning aralashuvi katta, masalan o’sha student debt crisisda federal hukumat asosiy aybdor.

2.Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (avtomobillar, kiyim-kechak, maishiy texnika, elektron buyumlar) narxlari vaqt o'tishi bilan umumiy inflyatsiya, ish haqi va xizmatlar narxlariga (ta'lim, tibbiy xizmat) nisbatan ancha pasaygan. 

3.Tovarlar uchun xalqaro raqobat darajasi qanchalik katta bo’lsa yoki savdo uchun to’siqlar qanchalik kam bo'lsa, vaqt o'tishi bilan ularning narxlari tushadi. Masalan, televizorlar, maishiy texnika, mebel, va avtomobil narxlari. Iste’molchilar bundan yutadi. Ishlab chiqaruvchilar ham.

Aslida, ko’k rangdagi tovar va xizmatlar inson hayoti uchun qiymati unchalik katta emas. Avtomobil, maishiy texnika yoki telefon bu faqatgina ba’zi yumushlarni yengillashtiradi xolos. Ularni iste’mol qilaman deb insonlar butun umr pul yig’ishi, va daromadining katta qismini ular uchun sarflashi kerak emas. Ularning narxi, tannarxi iste’molchilar faqat pasayishi kerak, oshisi emas. Ularni ishlab chiqarish va savdosida faqat raqobat bo’lishi kerak, hech qanday bojlar, hech qanday to’siqlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar (aslida o’zi importchi) uchun imtiyozlar ham berish kerak emas. 

Xullar, davlat aralashgan sohalar, tovar va xizmatlar narxi iste’molchilar uchun faqat oshadi, sifati tushadi va ularni qashshoqlashtiradi.

P.S. Shunga o’xshagan grafikni o’zimizdagi bozorlar uchun ham qilib bo’lisharman.

@uzbekonomics
4.0K viewsedited  16:07
Ochish/sharhlash
2021-01-10 20:15:32 ​​Agar fuqarolar, xususiy va mustaqil korxonalar qonun-qoidani sistematik ravishda buzgan, zo’ravonlikka chaqirgan, hokimiyatni noqonuniy yo’llar bilan qo’lga olishga harakat qilgan, chaqiruvlari insonlarni nobud bo’lishiga olib kelgan har qanday siyosatchini va amaldorni "ovozini o’chirib" qo’ya olsa, u so’z erkinligiga bo’layotgan taxdid emas. Ushbu holat demokratiyaning zaifligiga ishora ham emas.

Aksincha, teskarisi to’g’ri.

Agar haqiqatdan ham haq-huquqlari poymol etilgan bo’lsa, mustaqil va adolatli (относительно) sud instituti bor, hamma narsaga oydinlik kiritadigan.

Juda sodda qilib aytganda, menimcha odamlar fuqaro, ijtimoiy tarmoq yoki xususiy korxona o’zidan ketib qolgan siyosatchini va amaldorni “ovozini o’chirib” qo’ya oladigan jamiyatni hohlagan bo'lardilar. Teskarisini emas.

@uzbekonomics
4.3K views17:15
Ochish/sharhlash
2020-12-27 08:29:04 Bunday muhim loyihalarni va savobli ishga qo’l urganlarni albatta qo’llab-quvvatlash kerak.

Pandemiya boshlanganda Khan Academy haqida bu yerda yozgan edim.
5.0K views05:29
Ochish/sharhlash