Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2021-06-24 08:37:08 PhD ga tayyorlanish.

Iqtisod va shunga yaqin yo’nalishlarda doktorlik (PhD) qilish haqida mendan ko’p so’rashadi. Kimgadir foydasi tegadi degan maqsadda 2-3ta qo’llanmani ulashaman va tavsiya qilaman. Bu qo’llanmalar shu jarayondan o’zlari o’tgan PhD talabalar, hozirda professorlar tomonidan yozilgan. Ular orqali PhDga qanday tayyorlanish, nimalar qilish, xujjatlarni topshirish paytida nimaga e’tibor berish kerak, va boshqa jarayonlari haqida to’liq bilib olsangiz bo’ladi. Bu qo’llanmalar agar siz shu yo’ldagi harakatlarni boshlagan bo’lsangiz foydaliroq bo’ladi:

Stanforddagi Professor Susan Atheydan:
https://athey.people.stanford.edu/professional-advice

Chicagodagi Professor Chris Blattmandan:
https://chrisblattman.com/about/contact/gradschool/

Michigandagi talabadan:
https://drive.google.com/file/d/1QozD6_4_bvMd2o-q-yh9Doc5aQ6i3nPV/view

Virginia, San Diego, Minnesota universitetlari talabalardan:
https://drive.google.com/file/d/1cTb8enoUZxFKscidXYwojK3bXSjb7dxr/view

Men bilganlar shular. Boshqa shunga o’xshash qo’llanma/tavsiyalarni bilsangiz ayting, qo’shib qo’yaman.

@uzbekonomics
2.7K views05:37
Ochish/sharhlash
2021-06-23 19:49:17 ​​Ikki narsani eslatib o’taman:

1. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i ranglarining biri yashil. Yashil rang - mamlakatimizdagi tabiat va yangilanish ramzi edi.
2. Toshkent shahri gerbi, emblemasining o’rtasida daraxt timsoli bor va uning atrofida “Kuch adolatdadir” deb yozilgan.

Shahar gerbida aytilganidek agar adolat kuchlida emas balki kuch adolatda bo’lganda, qonun ustuvorligi mutlaq ta’minlanganda daraxtlarimiz, bog’larimiz kesilmas edi (barcha shaharlarimizda).

Meni xavotirga soladigan narsa shu, agar hozirgi jarayonlar - daraxtlarni qaqshatqich chopish, shahar bog’larimizni vayron qilish, hamma joyni betonlash, tabiiy bog’larini yo’q qilish va atrof-muhitga nazar-pisandliklarni shu tarzda davom ettiraversak, va eng muhimi bularni sodir bo’lishiga qo’yib bersak, yuqoridagi ikki ramzimizdagi yashil rang va daraxt timsoli o’z ma’nosini butunlay yoqatadi. Kulrang rang reallikni aks ettirishidan xavotirdaman.

O’zbekistonni o’z mamlakati deb bilgan, kelajak va farzandlar hayotiga biroz bo’lsa ham qayg’uradiganlarning barchasiga mana shu muammo taaluqli deb bilaman.

@uzbekonomics
1.7K viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2021-06-22 18:15:26 Eng ko’p gapiradigan mavzularimiz yig’ilgan yangilik ekan:

Daraxtlar, imtiyozlar,…

Bu shundoq ham qolmayotgan daraxtlarimizni yanada ko’proq kesish uchun yashil chiroq sifatida qabul qilinmaydi deb umid qilamiz.

@uzbekonomics
1.1K viewsedited  15:15
Ochish/sharhlash
2021-06-18 17:49:08
Bundan roppa-rosa 82 yil oldin Toshkentning qoq markazida joylashgan, yaqin yillargacha Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻidagi ko’l ishga tushgan edi. U bog’ aholining ishtiroki bilan hashar orqali qurilgan edi. Ayniqsa ayollar chiqib, o’z qo’llari bilan xalq uchun, shahar uchun ko’lni qazigan, qurgan edilar.

Hozir uning o’rnida nima? Betonlashgan maydonda ko’ngilochar savdo markazi, do’konlar. Butaforiya.

Xalq bog’i shunga almashinibdi… Milliy bog’i.

@uzbekonomics
933 views14:49
Ochish/sharhlash
2021-06-18 07:50:13 Kitob tasviya.

“COVID-19 dan keyingi dunyoda kapitalizm” degan mavzuda 21ta iqtisodchi bilan bo’lgan intervyularni alohida boblarga jamlab bepul kitob qilishibdi.
Cochrane, Acemoglu, Aghion, Rodrik, Mian va boshqa iqtisodchilar kitobda bor. Albatta o’zingizga qiziq bo’lgan qismini topasiz.

Yuklab olish uchun.

@uzbekonomics
4.3K views04:50
Ochish/sharhlash
2021-06-17 16:05:24 ​​100 yil ichida insonning umr ko'rish davomiyligi dunyo bo’yicha ikki baravarga oshgan - 1900 yillar boshida insonning umri o’rtacha 35 yil davom etgan bo’lsa, hozirda u 70 ga teng. Insoniyat tarixida katta yutuqlardan biri.

NYT da bu haqida yozilgan yaxshi maqola bor:
https://www.nytimes.com/2021/04/27/magazine/global-life-span.html

@uzbekonomics
455 views13:05
Ochish/sharhlash
2021-06-17 06:48:16 Podkastimizning navbatdagi soni.

Agar to’rt oy ichida bir mamlakatda ikkita Boeing samolyoti falokatga uchrasa, necha hafta motam tutilar edi? Nega shuncha inson boshqa yo'l bilan halok bo'lsa hech qanday o'zgarish bo’lmaydi? Nega yo’llarni kengaytirish tirbandlikni qisqartirmaydi, balki aksincha ko’paytiradi? Yo’llar va umuman shaharsozlikni tartibga kelishida hokimlarning saylanishi muhimligi qanday?
Shu va boshqa savollar haqida suhbat.

Umuman podkastimiz haqida qandaydir fikr, va takliflaringiz bo’lsa, izohlarda qoldiring. Masalan, qaysi platformada eshityapsiz, qaysi payt (transportda ketayotganda, ovqat qilayotganda, yugurganda).

Podbean, Spotify, Yandex Music, Stitcher

@uzbekonomics
1.3K views03:48
Ochish/sharhlash