Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 17

2021-05-03 21:23:10 ​​Oxirgi 10 kungi yangiliklarga qarang!

Yo’llardagi, ko’chadagi tartibsizlikni, xavfsizlikni qat’y ravishda joyiga qo’yishga vaqt kelmadimikan? Urush bo’lmayotgan mamlakat uchun bu normal holat emas.

Yosh-yosh begunoh farzandlarimiz bekordan bekorga nobud bo’lib ketayapti. Maktabga borib kelayotganda, yo’ldan o’tayotganda bouling o’ynalgandek urib ketilyapti. Ota-onalar farzandlarini maktabga yuvorayotganda yo’lda nobud bo’lib ketishi haqida emas, qandaydir bilim olib kelishi haqida o’ylashlari kerak.

Yangiliklarda ba’zida voyaga yetmagan tirranchalar, birovning mashinasiga o’tirib, mast holda va uning ustiga katta tezlikda harakatlanib boshqa mashina yoki piyodani urib ketayotganini ko’rishimiz mumkin. Eng achinarlisi, o’sha tirranchada javobgarlikdan qochishga immunitet bor bo’lib chiqmasmikan deb o'tirasiz. Nega deysizmi? Chunki.

Boshqa yangiliklarga ko’ra, 2020-yilning birinchi choragida 394 inson yo’l-transport hodisalaridan nobud bo’lgan. Bu huddi shu davrda COVID-19 dan nobud bo’lganlardan 25 baravar (!) ko’proq degani.

Xullas, yo’llarni, yo’l harakati ishtirokchilarining harakatlarini, infratuzilmani, qonun-qoidaga itoat qilishni, javobgarlarni so’zsiz jazolashni normal darajaga yetqazmas ekanmiz, har kuni farzandlarimizni ko’chada shunday bekorga nobud bo’lib ketayotganini kuzataveramiz. Yoki bir kattaroq inson, honadon o’z boshidan shunday musibatni o’tqazmaguncha…

Shu muammoni dolzarb darajaga chiqarmasdan boshqa mayda-chuyda chalg’itadigan masalalar haqida munozaralarni ko’rganingdan so’ng afsus deb qo’yasan.

@uzbekonomics
1.7K views18:23
Ochish/sharhlash
2021-04-28 18:14:46 Pandemiya susaygandek tuyilgan. Mutasaddi rasmiylar hotirjamlikka berilgan holda boshqa yumushlar bilan band bo’lib COVID19ning ehtimoliy ikkinchi to’lqiniga qarshi hech qanday profilaktik choralar ko’rmaganlar. Ikkkinchi to’lqin birinchisidan ancha ayanchli bo’lishi haqidagi ogohlantirishlarga qaramay test qilish, tibbiy zahiralarni oshirish, vaksina qilish, vaksinaga targ’ibot ancha susaygan.

Odamlarning o’zi esa tegishli xulq-atvor ko'rsatmalariga rioya qilishni to'xtatganda, virus o'ta yuqumli variantga aylandi. Super-tarqatuvchi tadbirlar ko'payib ketdi. Majlislar, festivallar, ommaviy yig’ilishlar avjiga chiqdi, hayot hech narsa bo’lmaganidek davom etdi. Odamlar niqob taqishni umuman to’xtatdilar, loqayd bo’ldilar. Natijada yuqumli kasallik avjiga chiqib ketdi.

Bu Hindiston qanday qilib hozirgi vaziyatga kelib qolgani haqida qisqacha.
Dars bo’lsin. 2021 yilning yozida 2020 yilgi vaziyat qaytarilmasligiga kafolatni hech kim bera olmaydi.

@uzbekonomics
4.0K views15:14
Ochish/sharhlash
2021-04-28 17:32:29 Vaksinani ham mahalliylashtirishga urinish haqida.

Hindistonda hozir sharoit qanday ekanligidan habaringiz bo’lsa kerak. Mamlakat hukumati kecha AQSh, Buyuk Britaniya, Yevropa va Yaponiyada favqulotda emlash uchun ruhsat olgan har qanday vaksinani Hindistonda ham emlashga ruhsat beribdi. Eng qizig’i, 2020 yil dekabr oyida hukumat Pfizer vaksinasiga ruhsat bermagan edi, ya'ni Pfizerdan avval hind aholisi ustida klinik sinov qilishni talab qilgan edi.

Deyarli yarim yildan so’ng endi kasallanish qo’rqinchli darajaga yetib kelganidan so’ng hukumat boshqa mamlakatlarda qo’llanilayotgan vaksinalarning importiga va nihoyat ruhsat beribdi. Agar mahalliy ishlab chiqarilgan vaktsinalarga haddan tashqari qaram bo’linmaganda, vaksina importiga cheklov qo’ymasdan keltirilgan vaktsinalarga favqulodda foydalanishga ruxsat berilganida hozirgidek ko’chada yoqilayotgan o’liklarni oldini olish mumkin bo’lar edi…

Boshqa bir misol, Vengriya ham o’z vaqtida yaxshi qaror chiqargan edi, ya’ni dunyodagi kamida 1 million kishiga qo'llaniladigan har qanday vaksinani mamlakatning dori-darmonlarni nazorat qilish organi tomonidan tekshirmasdan foydalanishga ruxsat bergan. Chunki vengerlar vaksinaning xavfsizligi va samaradorligini tekshirish uchun AQSh va Yevropa regulyatorlaridan ko’proq salohiyatga ega emasliklarini biladilar. Buni bilmasalar ham, hech bo'lmaganda emlash jarayonini qandaydir markazlashgan byurokratik cheklovlar bilan sekinlashtirishning oqibatlarini biladilar.

@uzbekonomics
3.7K views14:32
Ochish/sharhlash
2021-04-26 19:12:05 ​​Unutilmaydi.

55 yil avval, 26 aprelda Toshkent shahri zilzila tufayli vayronaga aylangan edi. Hozirgi yosh avlodning aksariyati buni hatto bilmasliglari ham mumkin, chunki ushbu tarixiy voqea va uning oqibatlari haqida keng yoritilmaydi. Umuman, Toshkent tarixini 1966-yilgi zilzilagacha va undan keyingi davrga bo’lsa bo’ladi.

Zamonaviy Toshkent tarixini esa yana boshqa sana bilan ham belgilasa bo’ladi: noyabr 2009 yil. O’shanda shahar markazi “skver”da unutilmas va kechirilmas qotillik bo’lgan edi… va u hozirgi kunlargacha to’xtagani yo’q.

@uzbekonomics
2.0K views16:12
Ochish/sharhlash
2021-04-20 07:24:11 Podkastimizning kuni kecha yozilgan epizodi yuklandi.

Web browser (Podbean), Spotify, Yandex Music, Stitcher.

@uzbekonomics
1.2K views04:24
Ochish/sharhlash
2021-04-18 07:55:33 Bugun, Toshkent vaqti bilan 20:30da, Telegramda jonli efirda Behzod bilan navbatdagi subhatimizni olib boramiz. Mavzu: fiskal siyosat va davlat xarajatlari hajmi.
Qiziq bo’lish ehtimoli yo’q emas.

@uzbekonomics
8.3K views04:55
Ochish/sharhlash
2021-04-16 19:18:45 Jeff Bezos har yili Amazon akstionerlariga xat chiqarib turadi. Undan iqtibos:

Amazonda qilingan barcha onlayn xaridlarning 28 foizi 3 daqiqa ichida amalga oshirilgan, 50 foizi esa 15 daqiqada.

Agar xuddi shu xaridni qilish uchun do'konga borsangiz taxminan 1 soat ketadi. Ya’ni, Amazon onlayn xaridlarni amalga oshirish orqali o’rtacha odamga yiliga taxminan 75 soat tejaydi.

Agar AQShdagi insonning bir soat vaqtini taxminan $10 ga boholasak, bu yiliga $750 tejaldi degani. Praym obunasining yillik narxini ($120) ayirib tashlasangiz sof $630 qoladi.

Amazonda taxminan 200 million Praym obunachilar bor. Demak, iste’molchilar bir yilda o’zlariga $126 milliardga teng bo’lgan qiymatni qaytarib olmoqdalar.

@uzbekonomics
3.6K views16:18
Ochish/sharhlash
2021-04-14 17:39:49 Podkastimizning yangi sonini, xabar beruvchilar haqidagi suhbatni yukladik. Har doimgidek, quyidagi platformalarda tinglab boring:

Web browser (Podbean), Spotify, Yandex Music, Stitcher.

@uzbekonomics
5.2K views14:39
Ochish/sharhlash
2021-04-13 17:52:48 ​​O’ta mas’uliyatsizlik va uning natijasidagi o'limlar haqida.

AQSh federal hukumati (FDA & CDC) bugun bir qisqa bayonot bilan chiqdi:
We are recommending a pause in the use of Johnson & Johnson vaccine out of an abundance of caution.

Ya’ni, butun mamlakatda Johnson & Johnson vaktsinasi bilan emlashni ehtiyotkorlik nuqtai nazaridan to’xtatishga tavsiya berishdi. Ba'zi shtatlar darxol to'xtatishdi. Sabab deb emlashdan keyin taxminan ikki hafta ichida 6 insonda qon quyqalarini o'z ichiga olgan o’ta noyob va kam uchraydigan kasallikka chalinish kuzatilgan, ulardan biri vafot etgan.

Ma’lumot uchun, shu kungacha 7 millionga yaqin inson AQShda J&J vaktsinasini olgandilar. 
Ya’ni, 7 million vaktsina olganlardan 6 insonda shu kasallik kuzatilgan.
Ya’ni, 0.0001% ehtimolligi bilan.

Eng qizig’i, "The Lancet”da 2020 yil noyabr oyida chop etilgan izlanishga ko’ra, COVID19 bilan kasallanish natijasida tromboz-qon kasalligiga uchrashining ehtimolligi 20% ekan (asosan yoshi kattaroqlarda qilingan izlanish bo’lsa ham).

Qaysi biri katta, 0.0001% yoki 20%?

Albatta, har bir dona inson hayoti o’ta muhim, xatto uning vaktsina tufayli yuqoridagi kasallikka chalinishining ehtimoligi chaqmoq chaqib halok bo’lishdan bir necha ming barobar kichik bo’lsa ham. Lekin, federal hukumatining ushbu ikki gapi oqibatlari keskin va fojeali. Birinchidan, kuniga mingta inson COVID19dan halok bo’lyapti, ushbu cheklov tufayli emlash imkoniyatidan mahrum bo'lganligi sababli ularning soni ko’payishiga imkon beriladi. Ikkinchidan, cheklovdan ham kuchlirog’i - vaktsina olmoqchi (faqat J&J emas, boshqalarini ham), uning muhimligini bilib turgan insonlarga vaxima soladi, va ularni niyatidan qaytaradi. Uchinchidan, shundoq ham vaktsinaga ishonmagan anti-vaxxerlarga o’zlari haq ekanligi va vaktsinaga qarshi targ’ibotni kuchaytirish uchun juda qo’l keladigan instrument berildi. To’rtinchidan, nafaqat AQShda, va nafaqat J&J vakstinasiga, balki boshqa mamlakatlarda va boshqa vaktsinalar uchun ham jamoatchilik ishonchi kamaytiradi.

@uzbekonomics
941 viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash