Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-13 19:42:57 Podkastimizning yangi epizodi chiqdi. Talablarga binoan, endi YouTubeda ham uni olib boramiz va video formatida yuklab boramiz. Tomosha qilish va obuna uchun havola:





Podkastning audio formati esa har doimgi platformalarda:

Apple Podcasts, Spotify, Podbean, Yandex Music, Stitcher

Agar siz suhbatning boshidagi ma’muriy e’lonimizga javob bermoqchi bo’lsangiz bizning telegramdagi botlarimizga yoki shaxsiyga murojaat qiling.

https://t.me/uzbekonomics
4.0K views16:42
Ochish/sharhlash
2022-08-11 20:05:27 Radarimda kuzatayotgan jarayonlardan biri bu Nyu York shahrida, aniqrog’i, Manhattanda congestion pricing amalga tadbiq qilinishi. Ya’ni, shaharning ma’lum joylari, markaziga mashina kirishini pullik qilish amaliyoti. Nyu York shu bilan AQShda birinchi shahar bo’ladi, bunday amaliyotni joriy etayotgan (London misolini ko’ring). Jarayon oldingi siljimoqda, lekin jamoatchilikda qarama-qarshi fikrlar bor, ayniqsa shahar avtomobilchilar uchun bo’lsin deydiganlar.

Congestion pricing - tirbandlikni narxlash siyosati yo’llarni mashinadan erkinlashtirish, ortiqcha haydovchilarni, ortiqcha borib-kelishlarni qisqartirishning eng samarali yo’llaridan biri. Bu degani hech kim mashina haydamasin degani emas, balki tanqis bo’lgan tovar, shahar markazidagi yo’llar/o’tkazish xajmini to’g’ri narxlash degani. Mashinani shahar markaziga haydab kiring bemalol - narxini to’lagan holda. Masalan, taklif bo’yicha Manhattan markaziy ko’chalariga kirish $23 qilib belgilansa mashinalar soni 20% ga kamayib shahar byudjetiga 15 milliard dollar tushum bo’lar ekan. Tushum esa jamoat transportini rivojlantirishga yo’naltirilar ekan. Eng muhim tarafi esa, mashina haydashi shart bo’lgan, noiloj mashina haydashga majbur bo’lganlarning hayoti ancha yaxshilanadi. Yo’llar bo’shroq, xavfsizroq bo’lib istalgan manzilga oldingidan ko’ra tezroq yetib olish imkoniyati paydo bo’ladi.

Aslida, Manhattanda yashaydiganlar shaharda mashinada yurmaydilar, va ularning aksariyatida mashinasi ham yo’q. Chunki, Manhattan ichida va unga kirib-chiqishda mashina haydash bu eng sekin, eng noqulay, eng qimmat va eng zararli transport turi hisoblanadi. Mashina qo’ygani joy topishni aytmasa ham bo’ladi. Ana endi, undan ham qimmatroq bo’ladiganga o’xshaydi. Nyu York metrosi esa ko’rinishi, rangi, hidi juda eski/yomon bo’lsa ham shahardagi eng samarali harakatlanish vositasi hisoblanadi.

@uzbekonomics
27.5K viewsedited  17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-11 08:31:33 Checks and balances haqida.

Adolatli sud tizimi deganda biz faqatgina qandaydir fuqaro qandaydir qonunni buzgani uchun adolatli hukm o’qilishini tushunishimiz yetarli emas. Adolatli sud tizimi ijro hokimiyatga bog’liq bo’lishi ham kerak emas.

Aslida, adolatli sud tizimi bu (1) ijro hokimiyati kuchini tiyib turadigan, uning qaror va harakatlari konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirib turadigan va (2) qonunlarning konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish orqali qonun chiqaruvchi hokimiyatni tiyib turadigan institutdir. Ikkalasining harakatlarini sud tizimi “urib tushira” olishi kerak. Mustaqil sud hokimiyati bor degani bu ijro hokimiyati sud jarayonida ayblanuvchi taraf bo’la oladi degani hamdir.

@uzbekonomics
3.6K views05:31
Ochish/sharhlash
2022-08-10 21:56:18 Gap “reformatorlar”, iqtisodchilar va kino haqida ochilganda boshqa qiziq tarixiy jarayonlarni eslasak bo'ladi.

Augusto Pinochet va iqtisodchi Milton Friedman o’rtasida qanday umumiylik bor deb o’ylaysiz?
Javob: Chicago Boys!

Chili tarixi, hozirgi davri, iqtisodidagi eng muhim, lekin juda bahsli (usuli ham, oqibati ham) jarayonlardan biri aynan shu "chikagolik bollar” bilan bog’liq. Bu haqda hujjatli film ham ishlashgan edi. Batafsil o’qish uchun.

Indoneziyalik Suharto va Berkeley Universiteti o'rtasidachi?
- Berkeley Mafia.

@uzbekonomics
3.7K views18:56
Ochish/sharhlash
2022-08-10 21:06:27 Bir “reformator" haqida.

Bilmayman qanday sabablar tufayli va nimaga, lekin bugun ijtimoiy tarmoqlarda, shaxsiyda, portugaliyalik “reformator” (qo’shtirnoq ichida) Antonio de Salazar nomi bir necha marotaba tilga olinganini ko'rdim. Shu paytda bir maqola va shu reformator bilan bog’liq qiziq hikoya esimga tushib ketdi. Maqolani topdim, bu yerda. Dud’ning bir intervyusida ham Salazar haqida batafsilroq gaplar bo’lgan ekan - tavsiya.

Qisqachi, ~40 yil hukm surgan va ikki marotaba vafot etgan diktator deb nom qoldirgan Salazar bir payt insult bo’ladi, komaga tushib qoladi, va ko’pchilik uning vafoti muqarrar deb biladi. Shu paytda, Portugaliyaga yangi davlat rahbari - bosh vazir keladi. Lekin, shundan so'ng Salazar komadan qayta tirilib qoladi. Salazarga, uning o’rniga yangi bosh vazir allaqachon tayinlangani haqidagi xabarni yetkazish o'rniga, uning atrofidagilar u hali ham davlat rahbari ekanligini ishontirish, Portugaliya endi boshqa yo’ldan ketayotganini aytmaslik uchun puxta reja tuzdilar.

Komadan chiqib yana ikki yil davomida (vafot etgunga qadar) yordamchilari Salazarga har kuni u yaxshi ko’rgan gazetaning aynan Salazar uchun yozilgan soxta versiyasini berib turisharkan. Gazetada Salazar hali ham rahbar ekanligini his qilishi uchun soxta va xayoliy hikoyalar chop etilarkan. Ya’ni o’sha gazeta muharriri har kuni kechasi ertaga Salazar nima o’qisa bo’larkin deb soxta hikolayar yozilgan gazetaning maxsus nashrini yaratarkan. Bundan tashqari, Salazar bilan uning sobiq vazirlari majlislarda qatnashishda davom etib kelishibdi, go’yo Salazar rahbar.

Mana shu fantaziya ikki yil davom etibdi, vafot etgunigacha. Shu davrda, Salazar mamlakat haqida, aholisi qanday yashayotgani haqida faqat soxta gazeta, yordamchilari va soxta majlislar orqali bilib turgan ekan…

Kino ishlasa bo’ladigan hikoya ekan. Agar bundan qandaydir xulosa qilish mumkin bo’lsa, uni o’quvchiga qoldiraman.

@uzbekonomics
4.9K viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:17:43 ​​Ha aytgancha! Vatanida urush bo’layotgan mamlakat qizlari ham g’olib bo’lishibdi-ku. Ukrainaining ayollar terma jamoasini ham tabriklaymiz!

@uzbekonomics
3.6K viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:10:18 ​​Barchamizga shaxmat olimpiadasidagi tarixiy g’alaba muborak bo’lsin! Qahramonlarning ota-onasi va ustozlariga rahmat.
O’zbekiston ko’z oldimizda dunyo xaritasida shaxmat mamlakatiga aylanib borayotgani juda quvonarli. Bu iftixorlarimiz tufayli keyingi avlod yoshlarida ham shaxmatga qiziqish ortishi tabiiy. Rustam Qosimjonovning sharafli yillari va hozirgi shaxmatchilarimizning yoshlari to’g’ri kelishini inobatga olsak, Qosimjonov g’alabalari mamlakatda shaxmatga qiziqishni o’shanda oshirganini bilsak bo’ladi.

Bu shaxmatchilarni tadbir/tabrik/bayramlar bilan kamroq chalg’itamiz deb umid qilaman. Barchasi juda kamtar, og’ir-bosiq yigitlar ekan. O’sishlari davomiy bo’lsin.

Qizlar terma jamoamiz ham bizning katta faxrimiz! Ularni ham esdan chiqarmaylik. Aslida shu haqda qisqacha yozmoqchi edim. Esingizda bo’lsa 2020-yil oxirida Netflixda Queen’s Gambit tv-shousini tomosha qilgandik. Undagi asosiy qahramon iste’dodi va qobiliyati bo’lsa ham faqatgina qiz bola bo’lgani uchun ko’pchilik uni mensimaganligiga qaramasdan o’z orzusiga yetishish uchun to’xtamagani aks ettirilgandi. Gari Kasparov ham bir payt adashib aytgandi, shaxmatda erkaklar ayollardan har doim ustun deb. Aslida unday emasligini bilamiz. Erkak shaxmatchilar ayollardan qobiliyatliroq degan xulosa ham noto’g’ri. Nega unda dunyoda ayol grossmeysterlar kamroq degan savol ham o’rtaga chiqqandi.

Mening fikrimcha, ko’p jamiyatlarda qizlarga yoshligidan raqobatlashish hislatlarini emas balki bo'ysunishni o’rgatadilar, shaxmat esa bu raqobat va raqibni yengish musobaqasi. Bundan tashqari, afsuski qizlar yoshligidan o’g’il bolalarga nisbatan uncha rag'batlantirilmaydilar, qo’llab-quvvatlanmaydilar. Oilada ham jamiyatda ham. “Baribir erga tegib ketadi, uning ta’limi, rivojlanishi uchun kuch, vaqt, sarmoya o’zini oqlamaydi, o’g’il bolaga sarmoya esa o’zini oqlaydi, u bizning boquvchimiz axir” deydiganlar kam emas. Jamiyatdagi muvozanat shunga olib kelgan-da. Natijada qizlarimizdagi iste’dodlar kashf qilinmay qolib ketaveradi, rivojlanmaydi. Ilm-fanda, ta’limda shunday kashf qilinmay qolib ketgan qizlarimiz qancha…. O’g’il bolalarda esa shaxmatga kirib kelish osonroq va tabiiyroq. Yana bir faktor bu aylanma tsikl, ba’zi erkaklar ayollarni shaxmatda, siyosatda, fizikada vhkz, kuchsizroq deb o’ylagani tufayli paydo bo’lgan zaharli munosabat ayollarni o’sha shaxmatdan, ilm-fandan, siyosatdan haydab chiqaradi, jarayonda ishtirok etishiga to’siqlarni yaratadi.

Xullas, istalgan sohada, ba’zi muvaffaqiyatga yetgan o’g’il bolalarning ortida oilada nisbatan kamroq rag’bat, e’tibor, qo’llab-quvvatlash olgan singlisi-opasi bo’lishi mumkinligini unutmaylik. Aslida, unga yo’l ham qo’ymaylik. Qizlarimiz nafaqat shaxmatda, balki ilm-fanda, siyosatda, tadbirkorlikda va umuman barcha sohalarda soni ham o’rni ham oshib borsin.

@uzbekonomics
3.3K views14:10
Ochish/sharhlash
2022-08-06 18:49:54 Kelajakdagi va orzudagi O’zbekistonda eko aktivistlar, eko blogerlar, eko partiyalar, eko politsiya va boshqa eko idoralar mavjud bo’lmaydi. Ularning xizmatlari kerak bo’lmaydi. Hech qanday moratoriylar, hech qaysi shaxsning aralashuvi, hech qanday shiorlar, vadalar, chaqiriqlar, iltimoslar va maqolalar kerak bo’lmaydi.

Chunki kelajakdagi O’zbekistonda daraxtlarni, parklarni, umuman barcha jamoat va xususiy mulkni faqat va faqat ISHLAYDIGAN QONUNLAR, JAZO MUQARRARLIGI va MUSTAQIL SUD TIZIMI muhofaza qiladi!

https://www.gazeta.uz/ru/2022/08/06/chilanzar/

@uzbekonomics
3.6K views15:49
Ochish/sharhlash
2022-08-05 19:20:54 Bu iqtisodiy turg’unlikmi? Qachon iqtisodiy turg’unlik boshlanadi? degan savollar AQShda darhaqiqat ko’p yangramoqda.

Menimcha bu savollarga javob qanday bo’lishining farqi yo'q, ya’ni rasmiy ravishda hozir retsessiya yoki retsessiya
emasligini tan olishning unchalik ahamiyati yo’q deb o'ylayman. Iqtisodiy vaziyat qanday va kim tomonidan nomlanishidan qat’iy nazar, faktlar va raqamlar o’zlari hammasini gapirmoqdalar. Hozirgi iqtisodiyotni faktlari shundaki, yuqori inflyatsiya darajasi odamlarni qashshoqroq qilmoqda va foiz stavkalarining oshishi investitsiyalarni sekinlashtirmoqda, to’xtatmoqda. To’g’ri, bularning barchasi - retsessiya alomatlari- ishsizlikning nihoyatda pastligi sharoitida sodir bo’lmoqda. Bugun chop etilgan ish bozoridagi ma’lumotlaridan shuni xulosa qilish mumkinki, ish beruvchilar biz retsessiyadamiz deb o’ylamayaptilar. Yuqoridagilarni inobatga olib, sartaroshxona va ko’chmas mulk idoralari o’rtasida joylashgan binodagi iqtisodchilar iqtisodiyotga hozir qanday nom berishlari kundalik hayotda ko’p narsani o’zgartirmaydi. Bilasiz, yalpi ichki mahsulot raqamlari chop etilgandan so’ng ular cheksiz ravishda reviziya qilinadi, qayta ko’rib chiqiladi. Bundan tashqari, YaIM uchun hozirda iqtisodiyotdan tashqari idiosinkratik faktorlar juda ko’p.

Men boshqa narsa haqida yozmoqchi edim. Aslida retsessiya haqidagi kutilmalar va qo’rquvlar retsessiyaga olib kelishi mumkin (inflyatsion kutilmalar inflyatsiya darajasiga ta’sir qilgani kabi). AQSh iqtisodiyotining asosiy drayveri bu iste’molchi xarajatlari, ular esa hozircha sog’lom darajada. Uy-xo’jaliklari jamg’armalari ham sog’lom darajada. Lekin, iste’molchilarning katta qismi keyingi davrda retsessiya boshlanishiga ishonsalar va ularda bunday qo’rquv bo’lsa ular bugun xarajatlarni qisqartirishni boshlaydilar, korxonalar ishchilar sonini, ishlab chiqarishni, sarmoyalarni qisqartirishni boshlaydilar. Qarabsizki bu kutilma/qo’rquv haqiqiy retsessiyaga yetaklaydi.

AQSh markaziy banki uchun ham hozirda iqtisodiyot tanazzulga rasman yuz tutganmi yoki yo'qmi, buning ahamiyati katta emas. MB uchun asosiy muammo hozir jilovdan chiqib ketayotgan inflyatsiya darajasi va isib ketgan iqtisodiyot. Bugun chiqqan raqamlarga ko’ra maoshlar inflyatsiyasi ham oshgan, bu muqarrar edi. Talab va narxlarning oshib borayotgan sur’atini kamaytirishga qaratilgan chora - stavkalarning oshishi - talab va iste’molchi xarajatlarini keragidan ham ortiq korreksiya qilib yuborishi ham mumkin. Stavkalarni birdaniga 3-4%dan emas, bosqichma-bosqich 0.25-0.75%dan ko’tarilayotganining sababi ham shunda. MBning hozirgi ishi yuvelir yoki plastik jarrohnikiga o’xshatsa bo’ladi. Inflyatsiya darajasi pasayganidan so’ng MBda retsessiyaga qarshi instrument mavjud bo'ladi, bu esa stavkalarning balandligi. Ya’ni, stavkalarni tushirishga koridor borligi, sur’ati sekin bo’lsa ham lekin musbat raqamlarda o’sishga turtki qilsa bo’ladi.

Kutilgandan ham ko’p ish o’rinlari yaratilganligi, va umuman ishsizlik darajasi pastligi haqidagi raqamlardan so’ng nima uchun bozorlar salbiy kutib oldilar? Teskarisi bo’lishi kerak emasmi aslida deb so’rashingiz mumkin. Fond bozori uchun bu yaxshi habar aslida yomon habar. Sababi, investorlar MB stavkani sentyabrda yanada oshirishidan qo’rqmoqdalar. Kuchli ish bozori hisoboti va yuqori inflyatsiya darajasi MB uchun ideal sharoit - qo’rqmasdan kattaroq risk olib stavkalarni yanada oshirishga. Fond bozoriga va aksiya narxlariga bu salbiy ta’sir qiladi.

Xullas, dolzarb muammo bu inflyatsiya. Retsessiya tamg’asining ahamiyati katta emas. Retsessiya kutilmalari retsessiya ehtimolligini oshirishi mumkin. Aksiya/fond bozori esa kutilmalar bozori, va aktivlarning narxlari investorlarning kelajakdagi kutilmalariga bog’liq.

@uzbekonomics
27.5K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2022-07-26 07:01:23 Inflyatsion kutilmalar muhim, inflyatsiya darajasiga ta’sir qiladi. Iste'molchilar, korxonalar, investorlar kelajakda narxlar qanday oshishini kutayotgan bo’lsalar bugungi davrda shunga yarasha qaror qilishlari bilan (narxlarni oshirish, investitsiya sur’ati, oyliklar vhkz) inflyatsiya darajasiga bevosita ta’sir qiladilar. Markaziy banklar esa mana shunday inflyatsion kutilmalarni, ya’niki haqiqiy inflyatsiyani jilovlay olishlari mumkin. Markaziy bankka bo'lgan ishonch aholining kelajakdagi narxlar barqarorligiga ishonchini oshirishga yordam beradi. Jamoatchilik, uy-xo’jaliklari bilan samarali aloqa kanalini o’rnata olgan, jamoatchilikka monetar siyosat haqida ma’lumotlarni zerikarsiz ravishda yetqazib tura oladigan markaziy banklar inflyatsion kutilmalar shakllanishiga ta’sir eta oladilar.

Xullas shu haqda qiziq insho. Yamayka markaziy bankining tajribasi ham qiziq ekan. 

@uzbekonomics
14.4K views04:01
Ochish/sharhlash