Get Mystery Box with random crypto!

Podkast qaytmoqda. Ko'pchilik obunachilarning esida bo’lsa ke | Uzbekonomics

Podkast qaytmoqda.

Ko'pchilik obunachilarning esida bo’lsa kerak, 1.5 yil oldin podkast qilishni boshlab, faqatgina ikkita epizod chiqargandim. Undan so’ng yana 2-3 ta epizodni ham yozgan edim, amerikalik rusiyzabon olim, vazir o’rinbosari va boshqalar bilan. Lekin, ishlar bilan ovora bo’lib u epizodlar ham, podkast ham qolib ketgandi. 

Xullas, shu davr mobaynida ko’p sonli talablarga binoan podkastni davom ettiramiz. Bu safar yangi formatda, endilikda ikkita boshlovchi: Botir Kobilov va Behzod Hoshimov asosan iqtisod, jamiyat va ularning atrofidagi dolzarb mavzularda o’zaro suhbat qiladilar. Reja bo’yicha, epizodlar 20-30-minut bo’ladi (bunisidan tashqari) va deyarli har hafta chiqadi. 
Podkastga Podbean, Spotify va Apple Music platformalarida obuna bo’lib tinglashingiz mumkin. Google Podcast va Yandex Musicda tez orada kuting (yangi logotipni ham, sifatliroq tovushni ham). 
Hozircha podkast audio faylini bu yerga ham yuklab turamiz. 

Ulashing, obuna bo’ling.

@uzbekonomics