Get Mystery Box with random crypto!

​​Inflyatsiya, davlatning iqtisodiyotda aralashuvi va iste’mol | Uzbekonomics

​​Inflyatsiya, davlatning iqtisodiyotda aralashuvi va iste’molchi qashshoqligi haqida.

Quyidagi grafikda AQShda ba’zi iste’mol tovar narxlarining 1998 yildan 2020 yilgacha bo’lgan dinamikasi keltirilgan. Ma’salan, shu davr mobaynida, umumiy inflyatsiya darajasi 59% foizni tashkil etgan bo’lsa, yangi avtomobil narxlari deyarli oshmagan, televizorlar narxi 90% ga tushgan, universitetda o’qish va tibbiy yordam xizmat turlari esa 100%-200% ga oshgan.

O’rtacha maoshlar esa 80%ga oshgan, ya’ni iste’molchilarning real daromadi ushbu davrda o'sgan (80%-59%).

Bu grafikdan biz qanday xulosa qilsa bo’ladi?

1.Raqobatbardosh bozorlar (ko’k rangda) odamlar uchun eng yaxshi ishlaydi. Hukumat tomonidan boshqariladigan, aralashadigan bozorlar (qizil rangda) esa iste’molchilar uchun xarajatlarni faqat oshiradi. Ya’ni, davlatning iqtisodiyotda, xususan, tovar yoki xizmat ko'rsatishda ishtirok etish darajasi, aralashuvi va boshqaruvi qanchalik katta (past) bo'lsa, narxlar vaqt o'tishi bilan oshib boradi (pasayadi). AQShda ta’lim, tibbiyot va uy-joy sohasida davlatning aralashuvi katta, masalan o’sha student debt crisisda federal hukumat asosiy aybdor.

2.Ishlab chiqarilgan mahsulotlar (avtomobillar, kiyim-kechak, maishiy texnika, elektron buyumlar) narxlari vaqt o'tishi bilan umumiy inflyatsiya, ish haqi va xizmatlar narxlariga (ta'lim, tibbiy xizmat) nisbatan ancha pasaygan. 

3.Tovarlar uchun xalqaro raqobat darajasi qanchalik katta bo’lsa yoki savdo uchun to’siqlar qanchalik kam bo'lsa, vaqt o'tishi bilan ularning narxlari tushadi. Masalan, televizorlar, maishiy texnika, mebel, va avtomobil narxlari. Iste’molchilar bundan yutadi. Ishlab chiqaruvchilar ham.

Aslida, ko’k rangdagi tovar va xizmatlar inson hayoti uchun qiymati unchalik katta emas. Avtomobil, maishiy texnika yoki telefon bu faqatgina ba’zi yumushlarni yengillashtiradi xolos. Ularni iste’mol qilaman deb insonlar butun umr pul yig’ishi, va daromadining katta qismini ular uchun sarflashi kerak emas. Ularning narxi, tannarxi iste’molchilar faqat pasayishi kerak, oshisi emas. Ularni ishlab chiqarish va savdosida faqat raqobat bo’lishi kerak, hech qanday bojlar, hech qanday to’siqlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar (aslida o’zi importchi) uchun imtiyozlar ham berish kerak emas. 

Xullar, davlat aralashgan sohalar, tovar va xizmatlar narxi iste’molchilar uchun faqat oshadi, sifati tushadi va ularni qashshoqlashtiradi.

P.S. Shunga o’xshagan grafikni o’zimizdagi bozorlar uchun ham qilib bo’lisharman.

@uzbekonomics