Get Mystery Box with random crypto!

​​Agar fuqarolar, xususiy va mustaqil korxonalar qonun-qoidani | Uzbekonomics

​​Agar fuqarolar, xususiy va mustaqil korxonalar qonun-qoidani sistematik ravishda buzgan, zo’ravonlikka chaqirgan, hokimiyatni noqonuniy yo’llar bilan qo’lga olishga harakat qilgan, chaqiruvlari insonlarni nobud bo’lishiga olib kelgan har qanday siyosatchini va amaldorni "ovozini o’chirib" qo’ya olsa, u so’z erkinligiga bo’layotgan taxdid emas. Ushbu holat demokratiyaning zaifligiga ishora ham emas.

Aksincha, teskarisi to’g’ri.

Agar haqiqatdan ham haq-huquqlari poymol etilgan bo’lsa, mustaqil va adolatli (относительно) sud instituti bor, hamma narsaga oydinlik kiritadigan.

Juda sodda qilib aytganda, menimcha odamlar fuqaro, ijtimoiy tarmoq yoki xususiy korxona o’zidan ketib qolgan siyosatchini va amaldorni “ovozini o’chirib” qo’ya oladigan jamiyatni hohlagan bo'lardilar. Teskarisini emas.

@uzbekonomics