Get Mystery Box with random crypto!

​​Har safar o’ylaganimda, eslaganimda yuragimni siqadigan mavz | Uzbekonomics

​​Har safar o’ylaganimda, eslaganimda yuragimni siqadigan mavzu haqida yana bir bor.

Daraxtlarni kesishga bo’lgan moratoriyni uzaytirish rejalashtirilmoqda ekan. Foydasi bo’lsa yaxshi bo’lardi.
https://www.gazeta.uz/ru/2021/01/18/moratorium/

Reja, yo’l xaritasi, muloqot, “masalaning mohiyatiga chuqur yetish” va shunga o’xshagan boshqa qog’ozbozlik qilib yuraversak daraxt qolmaydi shekil.

Skverdagi 2009 yilgi voqeani eslasang "daraxt kesilishi" emas balki “daraxtlarning genotsidi” degan jumlani ishlatish o’rinli bo’lardi.

Shu bitta oddiy narsani ongimiz bilan tushunish, tushunmaganga yetqazish qiyin ekan: ko’chada turgan daraxt bu faqatgina navbatdagi bino yoki asfalt qo’yish uchun halaqit berayotgan to’nka emas. Ayrimlarga balki u daraxt ko’rinishida emas, balki mebel bo’lib ko’rinar. Lekin, shaharda kesilgan har bir daraxt, yakson qilingan har bir yashil park hududlari shaharning va aholisining umrini qisqartiradi, ifloslantiradi, kasallikka chalintiradi, hayotini qisqartiradi va hatto moliyaviy tomondan kambag’al qiladi….

Batafsilroq, ikki yil oldin yozilgan maqolada: https://www.gazeta.uz/ru/2018/12/25/trees/

Rasmda: Toshkent 2001 yilda va 2018 yillardagi ko’rinishi.
2018 yildan so’nggi daraxtlarning qirg’ini undan ham ko’payganini hisobga olsak, boshqa izohga hojat ham qolmaydi.

Xullas, afsus.

P.S. Orol dengizi qanday qurib ketgani, va shaharlarni qanday qilib cho’llarga aylantirganimiz kelajakda birgalikda eslansa kerak.

@uzbekonomics