Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 18

2021-04-09 21:21:52 To’liq “normal” hayotga qaytishning birlamchi va yagona yo'li.

AQShda vaktsinalashtirish jarayoni qolgan har qanday rivojlangan mamlakatdan ko’ra ancha jadalroq bormoqda.Kuniga 3+million inson vaktsina olmoqda, va bu raqam har kuni oshib bormoqda. Bugunga kunga kelib, AQShda istiqomat qiladigan har 3 kishidan biri kamida bir doza olgan bo’lsa, har 4 kishidan biri (18 yoshdan katta) to’liq vaktsina olib bo’ldilar.  

Agar barcha yerda vaktsinalashtirish jarayoni hozirgi sur’atlarda ketsa, aholisining 75 foizini qamrab olish uchun ketadigan taxminan vaqt:

AQSh: 3 oy
Chili: 4 oy
B.Britaniya: 5 oy
Yevropa Ittifoqi: 1 yil
Norvegiya: 2 yil
Indonesiya: 4 yil
Rossiya: 7 yil
Qozog’iston: 8 yil
O’zbekiston: 10+ yil

Xulosa qanday? To’liq “normal” hayotga qaytishning birlamchi va yagona vositasi bu vaktsina. Vaktsinani yetarli darajada xarid qilish va eng muhimi, jamoatchilikga vaktsina haqida ko’p va keng targ’ibot qilinishi shart. Menimcha, bundanda muhimroq boshqa masala kun tartibida turishi mumkin emas.

@uzbekonomics
732 views18:21
Ochish/sharhlash
2021-04-07 17:26:20 Ingliz tilida bir so’z bor: whistleblower. Uni o’zbek tiliga xabar beruvchi deb tarjima qilinsa kerak. Yoki, ba’zilar ularni chaqimchilar deb yoki boshqacha ta’riflashadi.
Behzod bilan podkastimizninig navbatdagi sonini aynan shu mavzuda qilishga qaror qildik.

Suhbatimizni xabar beruvchilar, ularning iqtisodiyot va jamiyat uchun muhimligi, kundalik hayotda, xususiy va davlat sektorida nopok, firibgarlik faoliyatlarini aniqlash va fosh qilishda xabar beruvchilarning o’rni, rag’batlar va guvohlarni himoya qilish tizimlari kabi mavzularda gaplashamiz.

Podkastimizni yana jonli ravishda yozamiz. Bu safar Clubhouseda emas, Telegramda.
Payshanba kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da. Tinglash va qatnashish uchun kanallarimizni kuzatib boring:

@iqtisodchi_kundaligi
@uzbekonomics
4.1K views14:26
Ochish/sharhlash
2021-04-05 19:17:54 Oxirgi 10 yil ichida imtiyoz so’zi ishlatilgan barcha normativ hujjatlarning soni (absolyut):

2021(1-ch) -- 47
2020 -- 304
2019 -- 369
2018 -- 297
2017 -- 294
2016 -- 93
2015 -- 77
2014 -- 70
2013 -- 75
2012 -- 94
2011 -- 59

Manba

@uzbekonomics
5.5K viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2021-04-04 08:16:29 Davlat apparati hajmi va uning xarajatlarini qisqartirilishi soliq to’lovchilar uchun ijobiy narsa, albatta.

Alohida vazirliklar shtatini qisqartirishdan tashqari, ba’zi idoralarning birinchi navbatda mavjudligining maqbulligini ham jamoatchilik va parlament kun tartibiga qo’yilishi kerak. Masalan, fuqarolar o’zini-o’zi boshqarish organlariga 2021 yilda byudjetdan deyarli 1 trillion so’m ajratilishi ko’zda tutilgan edi.

Vazifalari bir-birini duplikat qiladigan davlat organlarini qisqartirishdan tashqari avval yangilarini yaratishni kamaytirsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. Ma'muriy islohotlarga ham vaqt keldi menimcha, anchadan beri.

@uzbekonomics
1.3K views05:16
Ochish/sharhlash
2021-04-02 09:46:39 Agar rost bo’lsa bu yomon yangilik. Bozor iqtisodiyotiga o’tishda ortga katta qadam bo'libdi.
2.1K views06:46
Ochish/sharhlash
2021-03-16 08:46:10 Yordamchilar kerak.

O’zimga va professor-hammualliflarim uchun ilmiy yordamchilar (research assistant) qidiryapman. 1-2 ta loyihalarimizga hozirda vaqtincha yordam kerak, ma’lumotlarni to’plash, ularni tekshirish va saralash uchun. Samarali ishlagan va qiziqqanlar bilan uzoq muddat ishlashni davom ettiramiz; machine learning, NLP, web scraping dan habaringiz bo’lsa, Python/R/Stata da ishlashni yaxshi bilsangiz foydali bo’ladi, lekin shart emas. Ingliz tilini bilishingiz zarur.

Agar yaqin kelajakda magistratura yoki doktorlik qilmoqchi bo’lsangiz, bu siz uchun juda yaxshi tajriba bo’ladi deb o'ylayman. Tadqiqotlarga ajratilgan byudjetimdan kelib chiqib hizmatingizga soatbay yoki vazifabay maosh to’layman. Upwork platformasi orqali.

Batafsil va anketa bu yerda:
https://hbs.qualtrics.com/jfe/form/SV_d6x6KJhWK8IZIJo

Qiziqishi mumkin bo'lgan do’stlaringiz bilan ulashing.

@uzbekonomics
6.1K views05:46
Ochish/sharhlash
2021-03-09 17:15:38 Bugun Adam Smitning “Wealth of Nations” kitobi chop etilgan kuni ekan, 245 yil oldin.
245 yilning ham, oxirgi 30 yilning ham xulosasi oydek ravshan:

Bozor signallarini e'tiborsiz qoldiradigan, hech qanday rag'batlantirmaydigan, ziyonga ishlaydiganlarga subsidiya beradigan, asossiz imtiyozlar beradigan tizim mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarishda hech qachon samarali bo’la olmaydi. Hech qachon va hech qayerda. Markaziy rejalashtiruvchilar noto'g'ri tovarlarni ishlab chiqaradilar, noto'g'ri manbalardan foydalanadi, noto'g'ri narxlarni o'rnatadi, noto'g'ri odamlarni vazifaga yollaydi va oxir-oqibat eskirgan yoki sifati past mahsulotlarni ishlab chiqaradi va baribir ular iste’molchilarga yetarli bo’lmaydi.

Gap shundaki, buyruqbozlik iqtisodiyotining negizida tabiat qonuniga qarshilik yotadi, niyatlar qanchalik holis va yaxshi bo'lishiga qaramay. Markaziy rejalashtiruvchilar tomonidan to'planishi, qayta ishlanishi va uninga asosida qaror qabul qilinishi mumkin bo'lgan ma'lumot va bilimlar miqdori bozorlarda foydalaniladigan ma'lumot va bilimlarning cheksiz kichik qismini tashkil qiladi.

Shuning uchun markaziy rejalashtirish natijasida oddiy iqtisodiy jarayonlarga aralashish g’oyasini qo’llab quvvatlash bu aqlni emas balki nodonlikni ustun qo’yish degani.

Bir donishmand ham aytgan ekan: "Aqlsizlikning ta'rifi bu bir narsani qayta-qayta takrorlash va har safar boshqacha natijalarni kutishdir.”

Xullas, quyidagi 7-daqiqalik, Stanforddagi Russ Roberts tomonidan sher qilib sur’atga olingan videoni ko’rishni va ulashishni tavsiya qilaman. Non haqidagi hikoya juda sodda va tushunarli message beradi.





@uzbekonomics
4.1K views14:15
Ochish/sharhlash
2021-03-07 20:02:47 Podkastning kechagi, korrupsiya haqidagi, soni yuklandi. 

To'liq epizodni quyidagi platformalarda toping:

Podbean, Spotify, Yandex Music, Stitcher

@uzbekonomics
1.3K views17:02
Ochish/sharhlash
2021-03-05 09:02:42 Iqtisodiyotda, ya'ni insonlar hayotida, davlatning ishtiroki va aralashuvi, imtiyozlar hamda buyruqbozlik iqtisodiyoti (плановая экономика) alomatlari aslida kamayishi kerak edi…

@uzbekonomics
1.2K viewsedited  06:02
Ochish/sharhlash
2021-03-05 08:31:35 Podkastimizning ushbu haftadagi epizodi shanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:00 da Clubhouseda jonli bo’lib o’tadi. Ushbu havola orqali qatnashing, fikr bildirib savol bering.

Mavzu: korrupsiya va iqtisodiy taraqqiyot.

Ushbu epizodga mehmon taklif qildik:
Nodir aka Zakirov - huquqshunos, Jahon Banki Korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasida tergovchi, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha mutaxassis.

P.S. Oxirgi yozilgan ikkita epizodlarimizni (immigratsiya va fiskal siyosat haqidagi) platformalarga yuklashga ulgurmadik, kichik texnik sabab tufayli. Yaqin kunlarda bu bartaraf etiladi va uchta epizodni yuklaymiz degan umiddaman.

@uzbekonomics
1.3K views05:31
Ochish/sharhlash