Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 14

2021-06-16 07:11:44 ​​Futbol va xalq puli haqida.
(podkast anons)

Mamlakatimizda futbolni iqtisodiy ahvolning ko’zgusi desa ham bo’ladi. Davlatning ulushi, ishtiroki deyarli barcha sohalarda kuzatilgani kabi futbolda uning ishtiroki o’ta katta, va oqibati ayanchli. Professional futbolni davlat o’z otalig’iga olganini va uni ijtimoiy soha sifatida ko’rib yillar davomida xalq puli evaziga “boqib” kelinganini katta xatolardan biri deb bilaman.

Quyidagi rasmda ko’rib turganingizdek 13ta professional futbol klubi mahalliy hokimiyat yoki davlat tassarufidagi korxonalarga berilgan. Barchasi mahalliy byudjet yoki davlat tassarufidagi korxonaning homiyligi, ya’ni xalqning puli evaziga moliyalashtiriladi. Mahalliy hokimiyatning boshqa asosiy muammoli talaygina bo’lgan bir paytda soliq to’lovchilarning pulini aynan ularga kerakli bo’lgan manzillarga emas, balki professional jamoani boqishga sarflanishi hech qanday mantiqqa ham to’g’ri kelmaydi va hech qanday asosga ham ega emas.

Har safar mana shu 13 jamoa, yoki ayniqsa milliy terma jamoa eng muhim pallada mag’lub bo’lganda biling - bunda tosh oynalar sinmaydi, balki xalqning puli olovda asossiz yonadi.

Behzod bilan podkastimizning navbatdagi epizodini shu mavzuga bag’ishlaymiz, va bugun Toshkent vaqti bilan 19:30-20:00 oralig’ida Telegramda ham jonli ravishda yozamiz. Ulaning, tinglang, qatnashing.

@uzbekonomics
2.5K views04:11
Ochish/sharhlash
2021-06-15 18:57:18 ​​Ta’lim sohasidagi oyliklar haqida gap ketganda…

2020-yilda mamlakatda o’rtacha hisoblangan oyliklar 15% ga oshgan.
Ta’lim sohasida faoliyat olib boradigan deyarli 1.2 million ishchining o’rtacha oyligi 7.4% ga oshgan. Ya’ni mamlakat bo’ylab o’rtacha oyliklardan ikki barobar kamroq o’sish.

2020-yilda inflyatsiya darajasi esa 11.1% bo’lgan.
Ya’ni o’qituvchilarning oyligi bir yilda inflyatsiyadan ko’ra kamroq oshgan. Ularning bir yilda iste’mol qilish, sotib olish qobiliyatlari qisqardi, va ular kambag’allashdimi degan savol sizda tug’ilishi mumkin.

@uzbekonomics
1.1K views15:57
Ochish/sharhlash
2021-06-11 06:37:03 ​​Pul ketsa-ketsin, lekin obro' ketmasin-mi?

Albatta yuqoridagi vaziyat faqat bir idoraga, va faqat bir holatga tegishli emas.
Bundan ancha kattaroq miqdordagi holatlarni eslashimiz mumkin. Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti ma’lumotiga ko’ra birinchi chorakda 211 milliard so‘m miqdorida byudjet kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlangan. Hisob palatasi esa 2020 yilda 671 milliard so‘mlik noqonuniy xarajatlar, kamomad, o‘zlashtirishlar va talon-torojlik holatlarini aniqlagan. Barchasi rasmiy raqamlar. Bu juda katta mablag’lar-ku. Nega bu haqda jamiyatda ko'proq keng muhokama qilinmaydi? Biz axir boy mamlakat emasmiz, byudjet pulini, ya’ni xalq pulini bu tarzda talon-toroj qilishga (talon-toroj jumlasi ham rasmiy ibora). Aslida boy mamlakat emasligimizning sabablaridan biri ham aynan shunda. Byudjetning har bir tiyini sarfiga, taqsimotiga befarq bo’lmaslik, uni asossiz manzillarga ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik va parlament orqali ijro hokimiyatini intizomga chorlab turish barcha soliq to’lovchini qiziqtirishi kerak.

⁠"Bu davlatniki, davlatning puliga kelgan, davlatning puliga qurilgan, davlatning hisobiga qilingan” degan gaplarni juda ko’p eshitamiz. Aslida "davlatning puli" degan narsa umuman yo’q. Faqat soliq to’lovchilarning puli mavjud. Mana shu narsani 2x2=4 ni bilgan barcha inson yoddan bilishi kerak. Ba’zi davlat tashkilotlari himoya vositasi sifatida “bu byudjet puliga emas balki byudjetdan tashqari fond hisobiga” deyishadi. Aslida o’sha fondning byudjetdan alohida parallel ravishda mavjudligi noto’g’ri, axir davlat tashkilotlari qo’shimcha tijorat bilan shug’ullanmaydilar-ku. Bu haqda Behzod bilan podkastimizda avval subhatlashganmiz (bu ketishda oxirgi marotaba emas shekil), va bu yerda to’liq tushuntirgan, o’qing.

Soliq to'lovchi savol berishi, talab qilishi normal holatga aylanishi kerak. Nima uchun ma'muriy bino ta'miriga 431 milliard so’m, nima uchun bir kilometri 7.5 milliard so'm bo'lgan ko'prik, nima uchun 700 million so'mga hizmat mashinasi degan savollarni soliq to’lovchilar berishlari normal qabul qilinishi va parlament orqali talab qila olinishi kerak.
Afsuski, rasmdagi izoh qoldirgan odam eng katta xavfli odamlardan hisoblanadi, va ularning soni ko’p. Ularning byudjet puliga, ya’ni o’zlarining pullariga bu qadar befarqliklari rivojlanish jarayoniga bolta uradi. Men avvallari ozgina bo’lsa ham progressiv deb bilgan ba’zi odamlar ham byudjet puliga shunday befarq ekanliklari qayg’uga soladi. Pul ketsa-ketsa ketsin lekin obro’ ketmasin degan maqolimizga rioya qilib yashashimiz bizni nega haliyam kambag’al mamlakatlar orasida ekanligimizni qisman tushuntiradi. Ayniqsa gap byudjet puli haqida ketganda.

@uzbekonomics
1.5K views03:37
Ochish/sharhlash
2021-06-10 18:11:58 Donasi bir yarim ming dollarlik ruchkalar.

Mayli, oddiy ruchka bo’lmaydi desangiz, Jo Bayden qo’l qo’yadigan ruchkasi $116 turar ekan. Reygan va Bush ishlatgan ruchkalarni esa Amazondan $40 olsangiz bo’ladi. Bularni yetqazib berish esa taxminan $20 tushadi.

Agar tejalgan $2824 (3000-116-40-20=2824) mablag’ni bir necha nafaqadagi keksalar, yolg’iz onalar va nogironlarga tarqatishni iloji bo’lsa, prezidentlar ishlatadigan ikkita ruchkani yuborishni tashkillashtirimiz mumkin.

P.S. Moliya vazirimizning gaplariga qo’shilgan holda qayta takrorlaymiz, byudjet mablag’lariga nisbatan qattiq intizom kerak.

UPD. Ba’zi obunachilarim agar tejalgan mablag’ni siz aytgandek ishlatilsa, $1 dan tashashib o’zimiz olib beramiz deyishyapti. Kelajakdagi shu kabi xarajatlar uchun Gofundme ochamiz.

@uzbekonomics
2.4K viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2021-06-10 17:35:09 Kutubxonalar albatta kerak.
Men bu haqda yozgan edim (rus/o'zb). Ayniqsa fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda jamoat kutubxonalarning o'rni katta ekanligini eslatgan edim.

Lekin, bunday kutubxonalar emas (milliy bog’ maydonida, va 1km masofada huddi shunday kutubxona bor edi aslida), balki mana bunday va ayniqsa bunday jamoat kutubxonalar kerak.

Har bir tumanda o‘zining jamoat kutubxonasi bo’lishi kerak, odamlar uchun. Mansabdor shaxslar oldida maqtanish, yoki mehmonlarni olib kelib aylantiradigan joy emas. Oddiy kutubxona kerak (maqolada yozilganidek). Eshiklari har doim ochiq, kirish orqadan emas, oldindan, asosiy eshiklardan bo'lgan, hech qanday byurokratiyasiz, hech qanday qog'ozbozliksiz kutubxonalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, O‘zbekistonda mehmonxonalar soni jamoat kutubxonalari soniga qaraganda to‘rt marotaba ko‘proq edi. Kutubxona uchun ko'z-ko'z qilinadigan qasr emas, oddiy bino bo'lsa bas. Masalan, qiziq faktni eslataman, AQShda jamoat kutubxonalari soni McDonald’s restoranlari va Starbucks qahvaxonalari sonidan ko‘proq.

Keyinchalik solishtirish uchun, Boston shahridagi John F. Kennedy kutubxonasi $12 millionga qurilgan va bu 100% shaxsiy xayriya mablag'lari evaziga moliyalashtirilgan.

@uzbekonomics
2.0K viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2021-06-10 16:31:22 O’zbekistonda gaz, suv, kanalizatsiya ta’minoti rasmiy raqamlarda:

Kvartira (uy)larning tabiiy gaz bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 83.5%
2019 yilda: 54.9%

Kvartira (uy)larning ichimlik suvi bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 82.5%
2019 yilda: 76.6%

Kvartira (uy)larning kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi, jami kvartira (uy)larga nisbatan %da :
2010 yilda: 36.9%
2019 yilda: 36.3%

Toshkent shahrini hisoblamasa ushbu raqamlar 4-5% ga kamroq bo’ladi. Agar raqamlarni to’g’ri talqin qiladigan bo’lsak, 10 yil mobaynida uylarning gaz bilan ta’minoti keskin qisqargan, ya’ni hozirda (2019 yil holatiga) barcha uylarning deyarli yarimida gaz va uchdan birida kanalizatsiya bor. Gaz ta’minoti qisqarganini yangi uylarda tabiiy gaz emas balki elektr plitalar qo'yilayotgani bilan qisman tushuntirish mumkin bo'lsa kerak. Yuqoridagilarning uzluksiz ishlashi esa boshqa masala.

Boshqa izoh yo’q.

Manba.

@uzbekonomics
2.0K views13:31
Ochish/sharhlash
2021-06-09 20:59:41 Ko’pchilik Turkmanistondan chiqadigan video lavhalarni ko’rsa kuladi, mazax qiladi. Menga negadir shu videolar umuman kulgili bo’lmagan, aksincha… Ayniqsa oxirgi paytlarda.

Masalan, Toshkent arxitekturasi borgan sari Turkmanistonnikiga o’xshab ketayotganini sezayotgan bo’lsangiz, sizga ham kulgili bo’lmaydi deb o’ylayman.

@uzbekonomics
909 views17:59
Ochish/sharhlash
2021-06-03 17:12:09 ​​“Shu daraxtlarni, shahar bog’larini saqlab qolish uchun “turib” beradigan biror bir mard odam yoki tashkilot yo’q ekan-da” degan gapni aytishingiz yoki eshitishingiz mumkin.

Albatta yo’q. Bo’lishi ham shart emas bundaylarni.

Chunki bunday mard aslida qonun ustuvorligi bo’lishi kerak. Ha, qayta-qayta barcha muammolarga yechim deb biz aytadigan qonun ustuvorligi daraxt va parklarni saqlab qoladigan yagona va eng ishonchli vosita hisoblanadi. Qonun ustuvorligi uch narsani ta’minlaydi (aslida bundan ko’p):

1) mahalliy hokimiyat (viloyat/shahar/tuman) vakillarining aholi tomonidan saylanishini, va natijada o’sha vakillar ijro hokimiyatining emas balki aynan aholi iroda va hohishiga qarab harakat qilishini. Aholiga daraxt va bog'larning kerakligini barcha biladi. Lekin daraxtlarni saqlab qolmaydigan, ya’ni aholi hayotini yomonlaydigan hokimiyat vakillarining qayta saylanmaslik qo’rquvi ularni tartibga soladi.
2) parlament va deputatlar ijro hokimiyatini qattiq nazorat va javobgarlikka tortib turishini. Chunki ijro hokimiyati o’z nomiga yarasha faqat va faqat ijro qilishi kerak.
3) sud tizimi qonunlarga rioya qilinishini va ularni buzganlarga qarshi adolatli va mustaqil jazo berishini. Shu jumladan, ijro hokimiyati vakillariga qarshi ham. Chunki deyarli barcha daraxtlar kesilishi, bog'larni betonlash aslida noqonuniy. Agar bunday bo'lmagan taqdirda ham ikkinchi punktdagilar qonunchilikka o’zgartirish kiritadilar.

Xullas, hokimiyatning uch bo'gini bir-biridan mustaqil va adolatli faoliyat olib borsa, bir-birini tartibga solib tursa nafaqat daraxtlar/bog'lar muammosi balki jamiyatdagi deyarli barcha muammolar yechimini topadi. Maishiy va kundalik muammolar yechimini odamlar ijro hokimiyatidan iltimos qilib so'rab emas, balki parlament orqali va qonunchilik doirasida talab qiladigan davrga ertami-kechmi yetib kelishimizga ishonaman.

Rasmda: dunyodagi eng katta va eng yoshi ulug’ daraxtlardan biri. 1800 yillar oxirida 23-raqamli Benjamin Harrison o’rmondagi daraxtlarning kesilishini qonun bilan taqiqlab AQShdagi ikkinchi milliy bog’ni - Sequoia National Parkni yaratgan edi. AQSh tarixida tabiiy yashil organizmlarni himoya qiladigan birinchi qonuniy qadam edi. Menga eng yoqadigan milliy bog’lardan biri.

Maktabda birinchi martta eshitgan Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan dog’ degan maqolning ma’nosini endi yaxshiroq tushunyapman.

@uzbekonomics
1.2K views14:12
Ochish/sharhlash
2021-06-02 21:55:54 ​​Bir kitob yozishni boshladim.

Agar tashlab qo’ymasam (vaqt, hafsala deb), bir necha yillarda bitishi mumkin bo’lgan, va o’z faoliyatimga aloqasi bo’lmagan kichik kitob ingliz tilida va urban economics mavzusida bo’ladi. Maqsad? O’zimiz qilgan yoki tarix guvoh bo’lgan boshqa joylardagi shaharsozlikdagi xatolardan o’rganishni o’jarlikcha rad etib kelsak ham bunda bitta ijobiy tarafi bor. Hech bo’lmasa boshqalar o’rganishi mumkin bo’lgan yana bir misol keys bo’ladi. Bu mavzulardagi post va kolonkalarim 2-3 yilda yig’ilib qolibdi.

Daraxtlar, shahar bog’larini qisqarishi, kengaygan ko’chalar, zaiflashgan jamoat transporti (115 va 63 yillik tramvay va trolleybus olib tashlanishi - butun dunyo aynan shularga qarab intilayotgan paytda), noo’rin qurilishlar va shu kabi noto’g’ri qilingan shaharsozlik nafaqat shaharlar ko’rkini, arxitekturasini buzadi, tirbandlik yoki shunga o’xshash muammolarni keltirib chiqaradi, balki u aholi salomatligini, ta’limini va sog’lom turmush tarzini zaiflashtiradi va eng muhimi uni kambag’allashtiradi. Imkoniyatlar tengsizligini kengaytiradi, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi, va qoloqlikda qolib ketishimizga sabab bo'ladi.

Masalan quyidagi rasm kitobda albatta joy topadi.

Kitobning nomi esa Tashkent: A Stolen City yoki Tashkent: A Failed City bo’lsa kerak.

@uzbekonomics
5.3K views18:55
Ochish/sharhlash
2021-06-02 21:14:46 ​​Mingta so’z o’rniga.

O’sha joy: 2016 yil iyun va 2021 yil may oylarida…

@uzbekonomics
1.7K views18:14
Ochish/sharhlash