Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 19

2021-02-24 18:37:13 Yaxshi niyat bilan qilingan harakatlar, qarorlar har doim ham yaxshi natijaga olib kelmaydi.

Ko’zda tutilgan natija bo’lishi uchun istak-hohishdan kelib chiqib emas, balki mutaxassisning o’lchab-o’ylab, ilm-fan asoslab bergan dalillar asosida harakatlar, qarorlar qabul qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi. Xatto u bizning istak-hohishimizga teskari bo’lsa ham.

Shuning uchun men hohlar edimki, kattayu-kichik masalalardagi qarorlar faqatgina dalil, ilm-fan va o’sha soha mutaxassisining mustaqil fikri bilan qabul qilinsa. Istak-hohish emas.

@uzbekonomics
889 views15:37
Ochish/sharhlash
2021-02-24 07:21:51 Podkastimizning navbatdagi soni juma kuni, Toshkent vaqti bilan 20:00 da jonli ravishda Clubhouse da bo’lib o’tadi. Imkoniyat va vaqtingiz bo’lsa qo’shiling, interaktiv ravishda savol berishingiz mumkin. Podkastni yozib olib albatta barcha platformalarga yuklaymiz.

Avvalgi safar jonli ravishda olib borib, tinglovchilarni ishtirok etishiga imkoniyat berish yaxshi tajriba bo’ldi. Behzod bilan podkastimizni har juma, shu vaqtda, jonli olib borishga harakat qilamiz. Bu safar mavzuni oldindan siz tanlaysiz, quyidagi izohlarda takliflaringizni qoldiring (kengroq mavzu bo’lsin, ko’pchilik tinglay oladigan).

Shu bilan birga, podkastimizni muntazam ravishda chiqib turishi uchun (avvalgi epizod masalan) ko’ngilli yordamchi qidiryapmiz, audioni tahrirlash, va sifatga yordam bera oladigan. Ya’ni, comparative advantage tamoyiliga o’zimiz amal qilaylik deyapmiz… Sizda shunday qiyosiy ustunlik bo’lsa, iltimos shaxsiyga yozing. Rahmat.

@uzbekonomics
3.4K views04:21
Ochish/sharhlash
2021-02-21 09:31:31 Kecha quyidagi yangilik haqida aytib qolishdi.

Roppa-rosa bir yil oldin jamoat kutubxonalari, ularning muhimligi, ular faqat kitob o’qiydigan joy emasligi, balki ular ta’lim, fuqarolik jamiyati rivojlanishida katta ro’l oynaydigan institut ekanligi, va ularni ko’paytirishimiz kerakligi haqida maqola yozgan edim: https://www.gazeta.uz/ru/2020/02/18/public-libraries/

Xullas, shu yangilikni ko’rib quvondim. Bundaylar soni butun mamlakat bo’ylab ko’paysin.

Agar shunchalik ortiqcha mablag’lar paydo bo’lgan bo’lsa, ularni kutubxonalarga, ta’limga sarflaganimiz ma’qul. Ya’ni samarali va barakali maqsadlarga.

@uzbekonomics
9.4K views06:31
Ochish/sharhlash
2021-02-20 08:47:35 ​​Farrosh, duradgor va axlat tashlovchi haqida.

Biz muvaffaqiyatga erishgan turli odamlar haqida ko’p eshitamiz, ko'ramiz, o’qiymiz. Orasida har xil turdagilar bor: ba’zilari haqiqatdan ham o’z kuchi bilan, ba’zilari omad bilan, ba’zilari katta yordam bilan, yoki ota-onasining merosi evaziga...

Menga aynan tubdan, hayotning eng pastki pog’onasidan ko’tarilib qandaydir muvaffaqiyatga erishganlarning hikoyalari boshqacha yoqadi. Hayotga kattaroq umid bilan qarashga undaydi menimcha. Bu kabi hikoyalar kamdan-kam bo’lishi mumkin, bo’lsa ham biz ularni bilmasligimiz mumkin, yoki ularning konkteksti sizga begona bo’lib tuyilishi mumkin, lekin ulardan umidlanishimiz va xulosa qilishimiz mumkin. Lekin farzandlarimiz, barcha yosh avlod aynan shulardan o’rnak olishini hohlagan bo’lar edim.

Agar Good Will Hunting degan kinoni ko’rmagan bo’lsangiz, 100% maslahat beraman. Menga eng yoqadigan, chuqur ma’noli va hayotiy kinolardan biri. U kinoda MIT da bir farrosh inson bor...
Xullas, huddi shunga o’xshash hayotiy voqea bo’libdi, Humans of New Yorkda ham chiqqan edi. Harvard kampusida va atrofidagi joylardda duradgor bo’lib ishlaydigan 30 yoshlik Nick o’qishga kiribdi, davlatshunoslik fakultetida magistraturaga. O’zi bo’yagan, ta’mirlagan sinf honalarida endi talaba bo’lib o'tiradi. Bu hikoyaning eng muhim qismlaridan biri bu rafiqasining ishonchi va daldasi.

Ikkinchi hikoya esa axlat tashlash sohasida ishlab yurgan, yoshligida ota-onasi ajrashishi, moliyaviy va boshqa qiyinchiliklarga duchor bo’lgan va unga hech kim ishonmagan bolaning Harvard Law School ga kirgani haqida. U haqida bu yerda o’qing.

O’z ko’zimiz tushgan bir holatni aytib beraman:
Universitetda farroshlar ishlaydi, aksariyati lotin amerikadan kelgan immigrantlar. O’sha farrosh ayollar ishga farzandlarini olib keladilar ba’zida, o’zlari binoni tozalayotgan paytlarida farzandlari umumiy honalarda, kampusda vaqt o’tkazadilar. Vaqti kelib aynan o’sha yosh bolakaylar muvaffaqiyatga erishishi uchun duo qilging keladi, o’z-o’zidan…

@uzbekonomics
1.9K views05:47
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:57:18 Internet, korruptsiya va oshkoralik haqida.

Iqtisod fanidagi eng nufuzli uchta akademik jurnallarning birida (Quarterly Journal of Economics) bir tadqiqotni ko’rib qoldim. Tadqiqot mualliflari 2008-17 yillar davomida 116 mamlakatda uchinchi avlod (3G) uyali aloqa tarmoqlarining qamrovini kengayishi o'rganib chiqibdilar. Va internetning o’sha hududlarda yashaydigan insonlarning siyosiy qarashlariga qanday ta’sir qilishini tahlil qilibdilar.

Natija:
3G tarmoqlarining kengayishi internetdan foydalanishni ko'paytiradi. Hududiy 3G qamrovni umuman noldan to’liq qamrovga o’tkazish davlatga bo'lgan ishonchni o'rtacha 6%ga kamaytirar ekan va korruptsiya borligini fahmlash (perception) 4%ga oshirar ekan.

Oqibat?
Mobil internet (3G) qamrovi haqiqiy korruptsiyani fosh etishga yordam beradi, amaldorlarni oshkoralik bilan faoliyat olib borishiga undaydi va ularning javobgarligini oshiradi.

Oshkoralikni, shaffoflikni oshirishning eng samarali vositasi bu ma’lumotga erkin ega bo’lish imkoniyati.

@uzbekonomics
1.9K views03:57
Ochish/sharhlash
2021-02-18 19:52:36 Afsuski, O’zbekistonda chap-o’ngga imtiyoz berishni yaxshi ko’ramiz.

Lekin, men ilm-fanni bundan uzoq bo’lishini hohlar edim. Ilmiy unvonlar, shu jumladan magistr/doktorlik darajasini uni himoya qilmasdan, va ayniqsa umuman o’qimasdan, faxriy ravishda berish bu yomon pretsedent tug’diradi.

Katta ishni qoil qilib qo’ygan bo’lsa ham.

@uzbekonomics
2.1K views16:52
Ochish/sharhlash
2021-02-18 19:49:06 Podkastimizning navbatdagi sonini eksperiment ravishda jonli yozamiz va sizda uni jonli tinglash, oxirida savol berish imkoniyati bo’ladi.
Ertaga Toshkent vaqti bilan 20:00da. Clubhouseda:
https://www.joinclubhouse.com/event/MwrpVLLW

Mavzu: immigratsiya iqtisodiyoti, sabab-oqibatlari, u qanday qilib qabul qiluvchi/yuboruvchi mamlakatlarning rivojlanishi, innovatsiyasi va iqtisodiyotiga ta'sir qiladi.

Ushbu platformaga kirish imkoniyati yoki vaqtingiz bo’lmasa, havotir olmang, podkastni albatta har doimgi joylarga yuklaymiz.

@uzbekonomics
2.0K views16:49
Ochish/sharhlash
2021-02-14 18:20:48 Sevgi va iqtisod haqida

Men aynan shu kabi so’rovnomalar asosida xulosa qilish tarafdori bo’lmasam ham quyidagi narsaga ko’zim tushib qoldi. Gallup tashkiloti 136 mamlakatda o'tkazgan so'rovnomasida quyidagicha savol so'rabdi:

“Siz kecha sevgini boshingizdan kechirdingizmi, his qildingizmi? 

https://www.bloomberg.com/opinion/articles/2013-02-14/where-do-you-stand-in-the-global-love-ranking-

Natijada so’rovnomada qatnashganlarning qancha qismi “ha” deb javobiga qarab mamlakatlar reytingini tuzishibdi. Spoyler qilaman, O’zbekiston eng oxirgi o’rinda. Qaytaraman, bu so’rovnomani jiddiy qabul qilmagan bo’lar edim, lekin uni inkor etish mumkin emas va aslida u haqiqatdan yiroq emas.

Xullas, agar iqtisodiyot tilida gapiradigan bo’lsam, sevgi bu sug’urtaning bir turi. Bu o'zaro munosabatlarni o'z ichiga oladi, ko'ngil siqilganida, kasal bo'lganimizda va qiyin paytlarda bu sug’urta yordam beradi. Kengroq gapiradigan bo'lsam, sevgi moral hazard va free-rider kabi muammolarini yechadi. Masalan, moliyaviy krizis paytida bankni davlat qutqarishi bank rahbarlariga kelajakda kattaroq riskga ega bo’lgan operatsiyalarga qo’l urishga rag'batlantiradi, chunki keyingi safar ularni yana davlat qutqarishini biladilar, soliq to’lovchilar evaziga. Lekin, sevgan yaqinlarimizga muammoga duchor bo'lganlarida yordam berish shu kabi rag’batlantiriish (incentive) muammosini kamroq tug’diradi. Bunday o'zaro manfaatli munosabatlar inqiroz davrida barchamizni yanada chidamli qiladi. 

Shu sababli oila va uy xo'jaligi nafaqat bir honadondagi jarayonlarni tartibga soladi, balki u butun iqtisodiy tizimni tartibga soluvchi, undagi munosabatlarni aniqlaydigan eng kuchli institutlardan biri hisoblanadi. Lekin bu jumlani notog’ri tushunish kerak emas, ya’ni davlat oila va uy xo’jaliglariga aralashib uni tartibga solish emas, balki teskarisi bo’lishi kerak.

Afsuski, hozirda O’zbekistonda jamiyatning o'zida odamlarning bir-biriga o’zaro ishonchi, jamiyatning davlatga va davlatning jamiyatga ishonchi juda past. Ishonch bo’lmasa sevgi bo’lmaydi, balki nafrat bo’lishi mumkin. Agar biz o’z vatandoshlarimizga ko'proq mehribon bo’lsak, jamiyat va davlat o’rtasida ijtimoiy ishonch oshsa, jamiyatimiz yanada yaxshi ishlaydi. Ishonch va o'zaro munosabat chegaralarini kengaytirsak, qilinishi mumkin bo'lgan narsalarning chegaralarini kengaytirgan bo’lamiz. Shu jumladan iqtisodiy rivojlanishni ham.

@uzbekonomics
3.4K views15:20
Ochish/sharhlash
2021-02-10 07:48:17 Podkastning uchinchi epizodi. Ikkinchi epizodini avvalroq chiqargan edik va uni bu havola orqali Behzodning kanalida tinglang. Yaqinda podkastning audio fayllarini telegramda yuklashni to’xtatamiz va uni Yandex, Podbean (browser), Spotify, Apple va boshqa podkast tinglash mumkin bo’lgan platformalarda topasiz.

Ulashing, izoh qoldiring, taklif bering.

@uzbekonomics
5.3K views04:48
Ochish/sharhlash
2021-02-09 19:57:47 Tavsiya.

Bu haftada Princeton universiteti tomonidan muntazam tashkil qilinadigan navbatdagi seminarda Larry Sammers va Pol Krugman suhbat qilishar ekan. Unda Biden administratsiyasining AQSh iqtisodiyotini rag’batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlari va ular inflatsiyaga qanday ta’sir qilishi mumkinligi haqida gap ketar ekan.

Vaqtingiz bo’lsa tinglang:
https://bcf.princeton.edu/events/a-conversation-with-paul-krugman-and-lawrence-h-summers/

@uzbekonomics
10.4K views16:57
Ochish/sharhlash