Get Mystery Box with random crypto!

Brain drain - ya’ni mamlakatdan утечка мозгов haqida fikr, ayr | Uzbekonomics

Brain drain - ya’ni mamlakatdan утечка мозгов haqida fikr, ayrimlarga yoqmasligi mumkin bo’lsa ham:

ayrim rivojlanayotgan mamlakatlardan: ayniqsa korruptsiya kuchli, imkoniyatlar tengsizligi katta, qonun ustuvorligi muqarrar bo’lmagan, ta’lim va tibbiyot rivojlanishini ilg'or o’ringa qo’yilmagan, oddiy va kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun kerak bo’lgan infrastukturalarga ega bo'lmagan mamlakatlardan yosh iste’dodlarning o’sishda davom etishi uchun chiqib ketishi - ya’ni o’qishini davom ettirish, malaka oshirish, ishlash, va dunyo ilm-fan hamjamiyatiga qo’shilishi: (1) o’sha yosh iste’dodning shaxsan o’ziga birinchi navbatda; (2) agar masalan u tadqiqotchi olim bo’lsa - dunyo miqyosidagi ilm-fan rijovlanishiga ham; (3) va oxir-oqibatda chiqib ketgan mamlakatiga kelajakda bevosita yoki bilvosita faqat foydali bo’ladi. Mana shu uchinchisi qanday shaklda bo’ladi deysizmi? Qanchadir muddatdan so’ng nafaqat moddiy resurs, balki eng muhimi, bilim albatta orqaga transfer bo’ladi, hom ravishda, yoki biror bir innovatsiya ko’rinishida. Yoki biroz avvolroq men yozgan va vaktsina ixtiro qilib tarqatishda yetakchi bo'lgan venger, grek va turk olimlar misolini eslang.

Tabiiyki, nazariy yoki empirik tadqiqotlar shuni ko'rsatadi - brain drain aksariyat hollarda chiqib ketilgan mamlakatga nisbiy ravishda ta’sir qiladi. Ya’ni, oddiy qilib aytgganda, mamlakat raqobatdoshligi pasayadi, potentsial tadbirkorlarni yoqotadi, malakali ishchilar yetishmasligiga olib keladi va boshqalar.

Lekin, yuqorida men tasvirlagan, uzun xarakteristikaga to’g’ri keladigan har qanday nazariy mamlakatda (janubiy amerikadagi bir mamlakat deb ko'raylik) o’ta iste'dodli yoshlarni ixtiyoriy-majburiy ravishda ushlab qolish, “ozgina sabr qil, hammasi bo’ladi”, “maoshingni oshiramiz, lavozimda ko’taramiz” deb va’da qilish (ayrim direktor, korxona rahbarlariga o’xshab deylik) menimcha maqsadga muvofiq emas, va o’sha o’sayotgan iste’dod uchun adolatli ham emas. Chunki o’sha yosh iste’dod o’sishda sekinlashadi, to’xtaydi, деградация qilishi deyarli yaqqol. Hisobot uchun qandaydir yo’llar bilan “uni olib qoldik” deb turib lekin faoliyatini erkin olib borishga bermaslik hech qanday yaxshi natijaga olib kelmaydi.

Bir ajoyib metafora-misol esimga keldi, ma’nosi chuqur. Ko’ring.

Xullar, o’sha misoldan kelib chiqib: radiotexnika yig’aman degan o’spiringa domino o’ynaydiganlar stol atrofida joy bermasa, o’sha o’spirin boshqa stol atrofida joy topishga haqli. Va o’sha dominochilar bunga qarshi bo’lishlari yoki to’sqinlik qilishlari emas, balki yordam berib yuborishlari kerak. O’zlari domino o’ynab halaqit qilmasdan va uni domino o’ynashga majburlamasdan. Chunki oxir-oqibatda, o’sha qo’shni stolda o’spirin yasagan radiotexnika jamiyatga ham, dominochi amakilarga ham foydasi tegadi albatta.

Aslida, утечка мозгов bo’lishining o’zi yomon belgi emas. Demak утечка qiladigan мозг lar bor ekan, umid ham. Umuman yo’q bo’lgandan ko’ra.

@uzbekonomics