Get Mystery Box with random crypto!

Tadqiqotga ko’ra, pandemiyadan so’ng masofadan, uydan ishlash | Uzbekonomics

Tadqiqotga ko’ra, pandemiyadan so’ng masofadan, uydan ishlash odat bo’lib qolaveradi:

- ish kunlarining 22 foizi uy sharoitida davom etadi (pandemiyadan oldin u 5 foizda edi), va undan natijasida mehnat unumdorligi 2,4 foizga oshadi;
- erkin sharoitda va o’zi istagan joydan ishlash imkoniyati uchun ishchilar o'z daromadlarining 7,6 foizidan voz kechishga ham tayyorlar;
- natijada katta shaharlarda iste’molchilar harajatlari 5-10 foizga qisqaradi.

Agar o’zimizga keladigan bo’lsak: pandemiyadan o’rganiladigan narsa bu majlislarni yoppasiga qisqartirish edi. Soatlab o’tadigan majlislarda yiliga yuz minglab ish soati bekorga ketadi, mehnat unumdorligi qisqaradi, va bilamizki, mehnat unumdorligi bu barqaror iqtisodiy o’sishning tamoyillaridan biri. Masalan, bitta boshliq majlis qilsa uning 15ta muovini majlisdan chiqib o’zlarining 20ta bo’lim boshliqlariga yana majlis qiladi, ular keyin ishchilarga majlis qiladi… Keyin majlisdan so’ng barchasi hisobot qilishlarini inobatga olsak, kun majlis va hisobot bilan o’tib ketadi, ish qolib ketib.

O’sha barcha majlislarni bir dona email orqali qilsa ham bo’ladi, majlislarga moratoriy e’lon qilib...

@uzbekonomics