Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2021-02-09 19:46:49 Demokratiyaga bozor iqtisodiyoti, bozor iqtisodiyotiga demokratiya kerak.
Ikkalasiga esa erkin raqobat va qonun ustuvorligi kerak.

@uzbekonomics
3.1K views16:46
Ochish/sharhlash
2021-02-08 19:52:29 Yuqoridagi yangilik parallel koinotga tegishli edi. Yerga tushib oddiyroq, lekin o’ta muhim narsalar haqida gapiradigan bo’lsak….

Hozirgi sharoitda men o'z kuzatuvim natijasida bir narsaga amin bo'ldim: Yashil zona, parklarni obodonlashtirishning eng yaxshi yo’li -  ularni umuman obodonlashtirmaslik. Tegmasak, chopib tashlab ustiga beton quymasak bo'ldi, shuning o'zi eng katta yordam.

Huddi shunday narsa iqtisodiyotga ham tegishli: iqtisodiyotni rivojlanshitirish, ma’lum ko’rsatkichni yaxshilash uchun qilinishi kerak bo’lgan birinchi narsa bu hech narsa qilmaslik.

Yaxshi niyat bilan o’ylangan bo’lishiga qaramay lekin natijada uni faqat ziyoni tegishi aniq bo'lsa, eng maqbul harakat bu hech narsa qilmaslik.

@uzbekonomics
3.4K views16:52
Ochish/sharhlash
2021-02-08 18:44:18 ​​Tesladan ikkita yangilik.

Oxirgi hisobotida, Tesla korxonasi o’z investitsion siyosatiga biroz o’zgartirish kiritib, operatsion faoliyatida ishlatilmaydigan naqd pulni muqobil aktivlarga tikishini bildirdi. Xususan, Tesla korxonasi, qiymati 1.5 milliard AQSh dollarga teng Bitcoin sotib olibdi. Bu taxminan Teslaning barcha naqd pullarining 10%ga teng.

Bundan tashqari, Tesla yaqin kelajakda o’z mashinalariga to’lov sifatida iste’molchilardan kripto valyutalarni ham qabul qilishi mumkinligini aytdi.

Menimcha, Tesla o’z balansiga kripto valyutani (ayniqsa bunday miqdorda) olgan yirik korxonalarning eng birinchisi bo’ldi. Bu albatta boshqa korxonalarning o’z investitsion siyosatlarida kriptovalyutalar o’rnini jiddiy o’ylab ko'rishlariga olib keladi.

Yana bir juda muhim narsani o’ylab qoldim o’zim. Tesla S&P500 indeksiga yaqinda qo’shilganini hisobga oladigan bo’lsak, endilikda har qanday S&P500 indeksiga bog’langan passiv fondlar (track qiladigan) nafaqat Tesla balki endi Bitcoin ga ozgina bo’lsa ham bog’landi.

Faqatgina kripto bozoridan qilingan sof foyda evaziga Tesla avtomobilini sotib olish mumkin bo’lgan payt uzoq emas shekil. Xullas, qiziq davrda yashayabmiz.
P.S. Doge to the moon.

@uzbekonomics
4.0K viewsedited  15:44
Ochish/sharhlash
2021-02-03 19:33:37 Men maktabda o’qigan paytda "Vatan tuyg’usi" degan dars bo’lar edi. Unda “buzg’unchi g’oyalar” degan tushuncha o’tilar edi. Keyingi avlod farzlandlari o’sha fanni o’qiganlarida, “buzg’unchi g’oyalar” ro’yxatida mana bu toifadigalarni ham albatta ko’rishlari kerak:
https://www.gazeta.uz/ru/2021/02/03/istoqlol

Ya’ni, daraxtlar, parklar, va yashil zonalarni yakson qilish degan toifani.

@uzbekonomics
3.8K viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2021-02-03 06:38:23 Tavsiya.

Kam va o'rta daromadli mamlakatlardagi talabalarda dunyodagi ba'zi (Cornell, NYU, Berkeley, Princeton, Uni of British Columbia) universitetlari professorlari tomonidan olib boriladigan ba'zi onlayn kurslarda bepul qatnashish imkoniyati bor ekan. Computer science va economics ruknidagi fanlarni tavsiya qilishim mumkin.

Kurslarga bu yerda yozilsa bo’lar ekan: https://remotestudentexchange.org 

@uzbekonomics
5.0K views03:38
Ochish/sharhlash
2021-02-02 18:39:51 Moliyalashtirish manbaalari bir xil emas deyishingiz mumkin, lekin baribir ko’p narsalar solishtiruvda oydinlashadi, ayniqsa raqamlarda:

2021 yilgi xarajatlar:

- oliy ta’limga xarajatlar - 2.2 trillion so’m
- sog’liqni saqlashdagi dori-darmon xarajatlari - 1.8 trillion so’m
- madaniyatga - 1.4 trillion so’m
- ilm-fan sohasiga - 1.1 trillion so’m

- mahalla komitetlari uchun quriladigan binolar xarajatlari (2021-2022) - 1.7 trillion so’m.

Izohga hojat yo’q. Xulosa qilishni ham, mantiqni qidirishni ham (topa olsangiz) sizga qoldiraman.

@uzbekonomics
4.7K viewsedited  15:39
Ochish/sharhlash
2021-01-31 20:03:30 Aslida, stock market ni tushunish uchun sizga faqat moliyani o’rganish yetarli bo’lmaydi. Chunki, bozorda faqatgina fundamental sabablar emas balki psixologik tarafkashlik (behavioral bias) natijasida narxlar o’zgaradi, investorlar o’z kutilmalarini shunday shakllantiradilar va savdo qiladilar. Xullas investorning psixologiyasini bilish juda muhim.

Shuning uchun, stock market haqida yaxshiroq tushuncha olish, u qanday ishlaydi, va boshqa savollarga javob olish uchun men moliya bo’yicha professor Aleks Edmansning quyidagi uchta video leksiyasini ko’rishni maslahat beraman, juda yaxshi tushuntirgan. Aleks Edmans London Biznes Maktabida professor, moliya sohasida dunyodagi eng yetakchi tadqiqotchi olimlardan biri, bir qancha nufuzli ilmiy ishlarni yozgan.

1. The Psychology of the Stock Market - video va pdf
2. Hidden Investment Opportunities - video va pdf
3. The Mistakes Investors Make - video va pdf

@uzbekonomics
4.1K views17:03
Ochish/sharhlash
2021-01-31 09:22:54 ​​Extractive institutions, extractive state haqida o’zbek tilida biroz tushuntirib, misol keltirib, fikr yuritmoqchi edim, unga umuman hojat yo’q ekan. Google qidiruvining birinchi natijasi. Izoh shart emas ekan.

Aksiga olib, shu postni yozayotga navbatdagi protektsionizm to’lqini haqida yangiliklarga ko’z tushdi…

@uzbekonomics
3.3K views06:22
Ochish/sharhlash
2021-01-29 20:46:13 Asosiy sababchi va “qahramon" haqida.

Hozir kapital bozorda, Wall Streetda, GME aktsiyasi, boshqa mem aktsiyalar, r/WSB bilan nimalar bo’layotgani haqida batafsilroq bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu maqolalarda tanishing: 1, 2, 3, 4. Yoki Bloombergda Matt Levine bor. Yoki John Cochrane bu yerda yozgan.

Lekin, mana shu barchasini kelib chiqishi, yuzaga chiqishida, kapital bozor, investitsiya olamida muvozanatni o’zgartirgan, bir necha o’n (agar yuzlab bo’lmasa) milliard kapitalni qayta taqsimlantirgan, “short” qiladigan (ya’ni aktsiyaning narxi tushishida foyda qiladigan) muvaffaqiyatli xedj-fondlarni deyarli bankrot qilib, ularning milliarder xususiy va institutsional investorlarini sarosimaga tushirtirib, bozordagi o’yin qoidalarini o’z foydalariga birdaniga o’zgartirishiga bosim qilib (kecha brokerlar ma’lum aktsiyalar erkin savdosini birdaniga to’xtatib, faqat sotishga majburladi, bu manipulyatsiya natijasida hali ba’zilar qamoqqa ketsalar kerak), bir biriga umuman teskari siyosatchilarni diqqatini birga tortib, dunyodagi eng boy shaxsning qo’llab-quvvatlashini olgan va umuman barchani diqqatini tortgan voqealar zanjirining eng tepasida bitta odam turadi:

U Warren Buffet yoki shunga o'xshagan nufuzli, kastim-shim kiygan investor emas.

Massachusettsda, uyining podvolida o’tirib, GameStopni bir necha oylab juda puxta analiz qilib kelgan, va $50,000 mablag'ini $48 millionga yetqazgan, Redditdagi DeepFu?kingValue nomli foydalanuvchi bo’ladi. Uning YouTubedagi kanalining nomi esa “Shovqinli mushukcha” (RoaringKitty).

Uning mana bu videosi YouTube tarixidagi eng nufuzli va ta’siri katta videolardan biri bo’lsa kerak. Uning oqibatida shu narsalar odamlar diqqatini sekin asta tortishni boshlab katta harakat bo’lib ketdi.

Ha, aynan DeepFu?kinValue va RoaringKitty taxallusi bilan uyining podvolidan turib “ijod qiladigan”, deyarli hech qanday nufuzi yo’q millenial chakana investor (retail investor) ushbu harakatlarni boshlab Wall Streetni larzaga keltirdi. Taymzda u haqidagi maqolani tavsiya etaman.

Ushbu hodisadan so’ng, ma’lum korxonaning aylanmadagi barcha aktsiyalaridan ko’proq (+100%) akstiyalarni boshqa hech qaysi xedj fond “short” qilmasa kerak, “naked short” qiladigan xedj fondlar ham intizomliroq bo’ladi endi. Masalan, eng nufuzli “short report”larni chop etib keladigan Citron Research bugun hisobotlarini chop etishni to’xtatibdi. Shuning uchun, GME ga o’xshagan holat boshqa qaytarilmasa kerak va GME narxi o’z fundamental narxiga yaqinroq joyga tushadi, bo’ron to’xtagandan so’ng.

@uzbekonomics
4.2K viewsedited  17:46
Ochish/sharhlash
2021-01-28 22:06:53 ​​Ted Cruzni AOC bilan biror bir masala bo’yicha bir fikrga kelishi 2021 yilda men kutgan hodisalar orasida umuman yo’q edi. Respublikachi va demokrat partiyalarning eng ekstrim vakillari bir masalada kelishdimi, demak masala jiddiy deb hisoblang.

Xullas, hozirda AQSh qimmatli qog’ozlar bozorida (equity market) sodda qilib aytganda revolyutsiya va urush bo’lyapti desa ham bo’ladi. Oxirgi haftalar ichida misli ko’rilmagan narsalar bo’lib ketdi.

Bu mavzu mening ilmiy ishim bo’lgani uchun hozir shu bilan bandman. O’zi nimalar bo’layotgani haqida kanalimda to’liqroq yozishga harakat qilaman, kelayotgan kunlarda.

@uzbekonomics
2.8K views19:06
Ochish/sharhlash