Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 15

2021-06-01 19:37:33 Bir-ikki obunachi so’ragani uchun, Moskva va Yuriy Lujkov haqida:





Ijozatingiz bilan, faqat rus tilida, oxirgi daqiqalaridan iqtibos (agar ko’rishga vaqtingiz bo’lmasa):

“Лужков воспринимал Москву как свою личную волость и делал всё, что считает нужным. Лужков – это градостроительные ошибки. Лужков – это его бездарные друзья, которые получили возможность гадить в Москве. Лужков – это вечный праздник-карнавал на улицах великого города. Это уничтожение Москвы, презрение к истории и культуре. Это самодурство и варварство. Он уничтожил площади, испортил городские панорамы, воткнув повсюду нелепых истуканов, он выжал из города все соки ради интересов своих друзей.

Когда был Лужков, казалось, что он контролирует абсолютно всё в Москве! У него были куплены все суды, бабушки не могли представить свою жизнь без лужковских надбавок. Казалось, что после его отставки всё развалится: перестанут платить пенсии, убирать мусор, город погрузится в хаос. Но Лужков ушёл, и его очень быстро все забыли. И ничего не развалилось. Наверное, это главное достижение Лужкова. Он показал, что каким бы крепким ни был хозяйственник, как бы прочно ни сидела у людей в голове формула "кто, если не он?", в итоге его забудут за несколько дней, а жизнь пойдёт своим чередом. Он показал, что любому самодурству приходит конец, любая эпоха заканчивается.

Спасибо, Юрий Михалыч, за то, что своим примером доказали: незаменимых крепких хозяйственников не бывает.”


@uzbekonomics
1.1K viewsedited  16:37
Ochish/sharhlash
2021-05-30 16:30:14
Qarang, qanday bo’lgan edi Toshkent. Shaharning qoq markazida avval Komsomol ko’li va yaqin 2-3 yilgacha Milliy Bog’ degan merosga teng joy bor edi.
Hozirchi?! (link bermoqchi edim, qarang shahardan olib qo’yilgan, betonlashgan joyni deb, lekin reklama qilmayman)

Nyu Yorkdagi Central Parkdan qolishmaydigan go’shani saqlab qolish kerak edi! Haqqimiz yo'q edi tegishga.

Essiz Toshkent…

Video manbasi.
@uzbekonomics
1.9K viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2021-05-28 16:26:44 ​​Dunyodagi ekologik fojia markaziga aylanayotgan mamlakat.

Shunday deb tan olaylik, o’zimiz uchun hech bo’lmasa. Bu keskin gaplar orqali diqqatni jalb qilib, to’g’ri yo’nalishda harakatlanishni boshlamasak bo’lmaydi. Bunday deyishimizga dalillar borligini bilamiz.

Rasm chap tarafida Orol dengizining qurishi, dunyoda tan olingan eng katta ekologik fojialardan biri. O’ng tarafda esa Toshkent shahrining “qurishi” (ilmiy tadqiqot).

Yaqindagi kolonkada (rus va o’zbek tilida) tilga olib o’tilganidek, dunyoda havosi eng iflos bo’lgan mamlakatlardan biri ekanligimizni, Orol dengizini quritganimiz, bir vaqtlar ko’kalamzor Toshkent shahrini nomiga qarab tosh shahriga (boshqa shaharlarimizni ham) aylantirayotganimizni, shaharsozlikdagi ba’zi xatolar, xususan jamoat transportini zaiflashtirganimiz, kengayib borayotgan yo’llar, genplan yo’qligi, ba’zi tartibsiz qurilishlar, suvga va havoga sanoat chiqindilarining ko’pligi va boshqalarni inobatga olsak keng ekologik falokat muqarrar ekanligini anglab yetamiz.

Bularni albatta inkor etib ketaverishimiz mumkin. Lekin bu deyarli qotillikka sherik bo’lib qolish degani. Oqibatlari albatta fojiali va kechirimsiz.

@uzbekonomics
2.6K views13:26
Ochish/sharhlash
2021-05-28 14:51:22 Vaktsina olishga rag’bat

Iqtisodiyot va hayotni tezroq normal holatga keltirishning yagona yo’li vaktsinalash ekanligini bilamiz. Kalifornia shtati aholisi vaktsina olishi uchun navbatdagi rag’batni e’lon qildi. Shtat hududida yashaydigan (fuqaroligi farqi yo’q) va kamida bitta doza vaktsina olgan har qanday inson katta yutuqli lotareyada qatnashishi va $1.5 million yutib olish mumkin ekan.

Yaqinda Ogayo shtatida huddi shunday rag’bat orqali 22-yoshlik inson bir million dollar yutib olgandi. Faqatgina vaktsina olgani uchun.

Vaktsina olishga bu rag’batlar va lotareyalar iqtisodiyotning eng oddiy tushunchalaridan biriga tayanadi: insonlar rag’batlarga javob beradilar, unga qarab harakatlanadilar.

Vaktsinalash, uning muhimligi haqidagi ma’lumotlar, uning sur’atlari qanday ketyapti, necha foiz aholi oldi kabi yangiliklar yoki diqqatimizdan chetda qolib ketdi yoki ular to’xtadi. Umuman, COVID hali ham oramizda ekanligini unutib qo’ymaylik deyman-da, ayniqsa vaktsinalanmagan odamlar ishtirokidagi ommaviy tadbirlarni o’tkazayotganda.

@uzbekonomics
1.7K views11:51
Ochish/sharhlash
2021-05-28 13:05:50 Biroz avvalroq shaharsozlik, xususan yo’llar, haqida yozgan postlarimga vizual va tarixiy tasdiq bo’ladigan maqola chiqibdi Taymzda:
https://www.nytimes.com/interactive/2021/05/27/climate/us-cities-highway-removal.html

Shaharlarimizni, ko’chalarimizni odamlarga qaytarish kerak.

@uzbekonomics
1.7K views10:05
Ochish/sharhlash
2021-05-26 16:43:01
Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti, “Xalqaro oziq-ovqat siyosati ilmiy tadqiqot instituti (IFPRI, AQSH)” va Vestminster universiteti (London, Buyuk Britaniya) bilan hamkorlikda joriy yilning 27 may sanasidan 14 iyulgacha har chorshanba soat 17:00 da “Rivojlanayotgan mamlakatlarda iqtisodiy tahlil” mavzusi doirasida virtual seminarlar o`tkazilishini ma`lum qiladi.

Virtual seminarlarda Kateryna Shreder (Jahon Banki, AQSH), Patrik Gaule (Bath universiteti, Buyuk Britaniya) kabi dunyoga mashhur iqtisodchi olimlar ishtirok etadi.

Seminarlar ingliz tilida Zoom dasturi orqali olib boriladi. Tadbir haqida qo`shimcha ma`lumotlarni http://conference.wiut.uz/ manzilidan olish mumkin
961 views13:43
Ochish/sharhlash
2021-05-26 16:29:40 Ha aytgancha, 2020 yilda ta’lim sohasidagilar, ya’ni o'qituvchilarning maoshlari 7.4%ga oshgan. Xulosani o’zingiz qilavering. Bu raqamda aks etmagan qo’shimcha daromadlari ham borku demang faqat.

@uzbekonomics
1.4K views13:29
Ochish/sharhlash
2021-05-26 07:46:01 ​​Darhaqiqat, ikki narsaning bir-biriga bog’liqligi mavjudligi, biri ikkinchisini keltirib chiqarishini anglatmaydi (correlation does not imply causation). Masalan, Meyn shtatida juftlik ajrashishi va kishi boshiga margarin iste’molining korrelyatsiyasi 99.3% ga teng bo’lsa ham biri ikkinchisiga sabab bo’ladi deyish umuman noto’g’ri. Bu yerda boshqa misollar bor.

Ushbu eng muhim tushunchalardan birini menimcha quyidagi rasm eng sodda qilib ko’rsatadi desa ham bo’ladi (agar chuqurroq o’ylasangiz qo’shilmasligingiz mumkin).

Bu yerda sabab - oqibat bor, lekin bog’liqligi yo’q jarayonga misol keltirishingiz mumkin bo’lsa, menga izohlarda aytingchi, bog’liqligi bor lekin biri ikkinchisiga sabab bo’lmagan misollar kundalik hayotingizda yoki O’zbekistonda ba’zi qarorlar qabul qilishda bormi? Masalan, menda avvallari avtomobilni yuvish bilan yomg’ir yog’ish bog’liqligi 100% ga teng edi.

@uzbekonomics
1.7K views04:46
Ochish/sharhlash
2021-05-24 20:10:25 ​​Toshkent 2005 vs Toshkent 2020.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/ru/2021/05/24/trees/

@uzbekonomics
4.0K views17:10
Ochish/sharhlash