Get Mystery Box with random crypto!

Uzbekonomics

Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics U
Telegram kanalining logotibi uzbekonomics — Uzbekonomics
Kanal manzili: @uzbekonomics
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 7.41K
Kanalning ta’rifi

Kolonka: https://www.gazeta.uz/ru/authors/bkobilov/
Podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Aloqa: @econ_feedback_bot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 16

2021-05-21 17:43:38 ​​Havo tekin emasligini bilasizmi?

Yangi boj, yangi soliqlar taklif etilsa ba’zi odamlarga “havoni ham pullik qilib qo’ying” degan fikrlar keladi. Aslida, agar siz ayniqsa O’zbekistonda yashasangiz, havoga allaqachon pul to’lab kelyapsiz. Cho’ntagingizdan naqd pul to’lamasangiz ham, siz o’z salomatligingiz, kasallika chalinish, erta vafot etish ehtimolligi oshishi (xususan Coviddan) va boshqa bilvosita yo’llar orqali narx to’laysiz. Bu yerda to'liqroq.

Ayniqsa toza havo tanqisligi bo’lsa siz kattaroq narx to’laysiz. O’zbekistonda toza havoning narxi dunyoda eng balandlardan biri desa ham bo’ladi.

Yale Universiteti tomonidan chop etilgan hisobotga ko’ra, havo sifati bo’yicha O’zbekiston 180 mamlakat ichidan 177-chi o’rinda turar ekan. Bizdan keyin faqat Nepal, Hindiston, va Pokiston turadi. 

Solishtirish uchun: havo sifati Iordaniyada 4 barobar, Aljirda 3 barobar, Kongoda esa 2 barobar tozaroq ekan.

@uzbekonomics
1.7K views14:43
Ochish/sharhlash
2021-05-20 15:41:51 Navbatdagi tavsiya.

24 May - 4 Iyun oralig’ida Nobel mukofoti sovrindorlari, MIT professorlari Abhijit Banerjee va Esther Duflo tekinga 10 kunlik iqtisodga kirish darsini onlayn olib borar ekanlar. Darslar Parij Iqtisodiyot Maktabi orqali taqdim etiladi va Youtube orqali tomosha qilishingiz mumkin. Bepul va ingliz tilida.

Dars jadvali va kunlik havolalar bu yerda.

@uzbekonomics
2.2K views12:41
Ochish/sharhlash
2021-05-20 08:26:40 Tirbandlik haqidagi postimga qo’shimcha sifatida quyidagi videoga ko’zim tushdi. Tavsiya etaman. Induced demand haqida vizual tushuntirilgan ekan:




Siz uchun g’alati tuyulishi mumkin, lekin halqa va katta yo’llarda tirbandlik muammosini kamaytirishning bir yechimi yo’lni kengaytirish emas, aksincha uni toraytirish hisoblanadi.

@uzbekonomics
1.2K viewsedited  05:26
Ochish/sharhlash
2021-05-19 21:24:25 ​​Bu hafta shaharsozlik, havfsiz shahar haqida ko’proq gaplashamiz (ya’ni o’zim bilan o’zim).

Shaharlarda transport tezligini pasaytirish to‘g‘risida petitsiya e’lon qilingandi. O’sha maqolaning sarlovhasida shaharlarda transportning ruxsat etilgan tezligi 50 km/s aksariyat rivojlangan mamlakatlarda tadbiq etilgan degan mazmun bor edi. 70-80% o’quvchi faqatgina sarlovhani o’qish bilan cheklanishini inobatga oladigan bo’lsak o’sha sarlovhaga qo’shimcha qilishim mumkin.
Aslini olganda, shaharlarimizda hozirda mavjud bo’lgan harakatlanish tezligiga bo’lgan cheklov - 70km/s bu dunyodagi eng katta ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Nafaqat rivojlangan mamlakat balki deyarli hech qayerda bunday katta cheklov qolmagan. 2017 yil holatiga ko’ra faqat yigirmata mamlakatda shahardagi harakatlanish tezligi 70km/s va undan balandroq qilib qolib ketgan. Yangiroq ma’lumotlarga qarasangiz o’sha mamlakatlarda ham oxirgi yillarda bu cheklov kamaygan.

Ba’zi narsalar ertami-kechmi, hohlaysiz-hohlamaysizmi albatta bo’ladi. Ulardan biri mana shu, bir kuni albatta shaharlarimizda tartib bo’lishi kerak va yo’llar odamlar uchun havfsiz va qulay bo’ladi. Bu faqat haydovchi vs piyoda jangi emas. Har bir haydovchi o’zi piyoda hisoblanadi. 70km/s bilan 50km/s tezlik cheklovi orasidagi farqi inson qoni va murdalari bilan o’lchanadi. Va mana shu o’lchov har qanday kichik noqulayliklardan qimmatroqdir. Harakatlanish tezligiga bo’lgan cheklovni qisqartirish jamiyatimizda katta qarshilik bilan qabul qilinadi. Buning sabablaridan biri taklif qilinayotgan o’zgarishning foyda-zarari haqida hech qanday targ’ibot qilinmasligida. Jamoatchilik fikrini aynan ularning manfaatlaridan kelib chiqib qilinayotgan o’zgarishga ijobiy o’zgartirishning oddiy yo’li bu targ’ibot. Aynan ilm-fan orqali asoslangan ma’lumotlar orqali targ’ibot. Masalan, tezlik limiti kamaysa, ko’chada tirbandlik ko’payadi, mashinalar sekin yuradi, va manzilimizga sekin yetib boramizku axir deb qarshilik qilinadi. Aslida bu ham safsata (myth so’zi shunday tarjima qilinsa kerak), bu haqda ham ilmiy tadqiqotlarda ham praktikada bilan asoslab berilgan. Siz uchun muhim narsa A nuqtadan B nuqtaga havfsiz yetib olish bo’lishi kerak, A1 nuqtadan A2 nuqtaga bo’lgan oraliqdagi 100metr masofada qancha tez tezlanish emas. Yuqoridagi argumentlarim uchun o’rinli maqolalarni taxlil qilib yozishim kerak.

G’ildirakni ixtiro qilish shart emas. Shved konsepsiyasi bor, Vision Zero degan, butun dunyoda tadbiq qilinayotgan, hatto qo’shni Olmaota da ham. Bu faqat tezlikni qisqartirish haqida emas, shaharni qanday qilib aholiga havfsiz qilish va “bekorga" yo'lda vafot etib ketayotganlar sonini kamaytirish haqidagi kompleks yondashuv, ya'ni faqatgina shartli Amir Temur ko'chasidagi 100 metrlik masofani obodonlashtirish emas. Albatta infratuzilma, yo'l sifati va siz aytishingiz mumkin bo'lgan barcha omilllarni ham bir paytda qilish kerak. Faqatgina tezlikka bo'lgan cheklovni yoppasiga qisqartirish haqida gap ketmayapti. Ko’chada 21-asr, va shunga yarasha yechimlarni amalga oshirmaslik nafaqat uyat balki qotilikka sherikchilik bo’lish ham degani. Yo’llarda bekorga halok bo’lib ketayotgan odamlarimiz soni urush bo’layotgan mamlakatlardagi nobudlardan kam emas axir.

Shaharlarimiz havfsiz bo’lishining asosiy sharti bitta: mahalliy hokimiyat vakillari lavozimga faqat saylanish orqali kelishlari, va saylovda yutqazib ketishlari. Va o’sha oraliqdagi davrda faqat o’z ovoz beruvchilarining manfaatlari va talablarini qondirish uchun ishlashlari, ya’ni to’g’ridan-tog’ri o’z ishlarini qilishlari, rag’batlar va javobgarlik tizimini tuzatish muhim hisoblanadi. Qolgan barcha yumushlar o’ng beshinchi darajadagi ishlar, masalan investorni jalb qilish yoki shaharni chet elliklarga jozibali qilishga urinishlar.

Shahar ham, mamlakat ham chet elliklarga, va investorlarga bitta sharoitda jozibali bo’ladi - qachonki u birinchi navbatda o’z aholisiga jozibali bo’lsa, uning talabi va ehtiyojini qondira olsa, havfsiz va yashashga yaroq bo’lsa.

P.S. Rasm: shaharda harakatlanish tezligi 32km/s qilib belgilanishi haqida ogohlantirildik.
779 views18:24
Ochish/sharhlash
2021-05-19 10:32:52 ​​Tirbandlik bu iqtisodiy masala yoki harakatlanish yo’llari va qatnov qisminining kengayishi tirbandlikni kamaytirmasligi, aksincha, ko’paytirishi haqida.

Esingizda bo’lsa biroz avvalroq so’ragan edim:
https://t.me/uzbekonomics/410

So’ralganlarning uchdan biri “ha tirbandlik kamayadi” debdilar. Albatta bu noto’g’ri.

Asosiy sabab oddiy - qatnov qismiga mashina o'tkazuvchanligini oshirish uchun qo’shilgan yo’laklar odamlarga yanada ko’proq mashina haydashga va yanada ko’proq kilometr bosib o’tishga olib keladi. Eng nufuzli iqtisodiy akademik jurnalda chop etilgan izlanishda Toronto va Pensilvaniya universitetlari iqtisodchilari buni ko’rsatib berganlar. Ular nomlagan "yo’l tirbandiligining fundamental qoidasiga” ko'ra harakatlanish uchun qo’shilgan qo’shimcha polosa mashinalar bosib o'tadigan kilometrlarning umumiy sonini ko’paytiradi. Tadqiqotchilar AQShdagi har bir shahardagi qatnov yo’laklari va barcha avtomobilllar bosib o’tgan masofani o’rgangan holda xulosaga kelganlar: yo’llarda mashina sig’imi 10 foizga oshsa o’sha yo’llarda yurilgan umumiy kilometr masofa o'rtacha 10 foizga oshar ekan. Ya’ni birga-bir oshish. Shu kabi tadqiqotlar 1960 yillardan beri qilinadi, va shunqa yaqin natijalarni ko'rsatadi.

Iqtisodchilar ushbu hodisani induced demand yoki latent demand deb tushuntiradilar. Ya’ni siz biror bir arzon yoki tekin narsani ko’proq taqdim etsangiz, odamlar undan ko’proq foydalanadilar. Yashirin talab deb tarjima qilinsa kerak. Shaharning tez sur'atlarda o'sib borayotgan joylarida yangi qatnov yo'llariga bo'lgan yashirin talab katta bo'lishi mumkin. Shartli 2-polosali yo’lni siz 3-polosalik qilib qo’ysangiz, bu yangi haydovchilarni yo’lga jalb qiladi va o’sha uchinchi yo’lakcha tezda to’ladi. Masalan agar siz yarim soat uzoq masofada arzonroq mahsulotlar sotiladigan do’kon borligini bilsangiz ham sizga u yerga borish qimmat bo’lsa (tirbandlik+unda yoqotilgan vaqt), siz u yerga bormaysiz. Lekin, siz boradigan yo’lga ertaga yana bitta polosa qo’shilsa sizda u yerga borish tezroq bo’ladi degan tushuncha paydo bo’ladi va yo’lga chiqasiz. Yangi kengaygan ko’cha haqida eshitgan do’stingiz, qarindoshingiz esa avvallari uzoqlik qilgan, borish shart bo’lmagan joylarga endilikda borish tezlashadi degan tushuncha paydo bo’ladi va ular ham yo’lga chiqadilar. Yoki endi yo’llar kengaydi, uyga yaqin yashab piyoda borishim shart emas, uzoqroqdan uy olaman va haydayman degan qarorlar ham bo’ladi. Xullas, bunday hisob-kitobni va qarorni minglab odamlar qabul qiladilar va natijada umumiy bosib otilgan masofa oshadi, qo’shimcha polosa to’ladi va tirbandlik yechilmaydi.

Siz aytishingiz mumkin, tirbandlik bo’lsa ham ko’chada mashinalar qancha ko’paysa shuncha yaxshi. Va ularning ko’pligi iqtisodiy faollikni oshiradi, chunki har bir mashina qandaydir maqsad bilan yo’lga chiqqan va avval paydo bo’lmagan output endi paydo bo’lyapti deyishingiz mumkin. Lekin bu o’z tasdiqini topmagan. Yana so’rashingiz mumkin, nima uchun shuni bilib yoki bilmay turib shaharlar ma’muriyati yoki mas’ul idoralar yo’llarni kengaytiradilar? Javobi oddiy, birinchidan billmasliklari (avvalgi post) va onson yechim qidirishda, ikkinchidan kengaytirilgan yo’l yoki yangi katta yo’l bu soliq to’lovchiilar oldida jozibali hisobot berishninig bir yo’li.

Quyidagi grafikka izoh: yo'llarda tirbandlik, tiqilinch bo’lmasa qatnov hajmi o’sish tempi ko’k chiziqda. Ma’lum ekvilibriumda tirbandlik o’sish sur’ati qisqaradi (egri chiziq gorizontal holatga keladi), chunki maksimal darajada yo’llar to’ladi-da. Agar o’sha muvozanatda (o’rtadagi nuqta) yangi polosalar qo’shilsa va yo’l kengaysa qatnov hajmi yangi muvozanatga kelguniga qadar yana o'sib boradi. Yangi qatnov hajmi qizil chiziqda, ya’ni ular qo’shimcha mashinalar, qo’shimcha bosib o’tilgan kilometrlar.

Tirbandlikni qisqartirish uchun unda nima qilish kerak degan savolga javob boshqa, va u haqda ham yozarman. Yo’llarni kengaytirish esa tirbandlikni oshirsa oshiradi, lekin kamaytirmaydi.

@uzbekonomics
3.7K views07:32
Ochish/sharhlash
2021-05-19 07:45:57 Shaharsozlik bu LEGO o’yini emas.

Shaharsozlikka aql bilan, faqat va faqat mutaxassis fikriga, ilm-fan qoidalariga, zamonaviy yechimlarga tayanmagan holda yondashuv davom etaversa, poytaxt shahar yaqin kelajakda infratuzilma, transport, va albatta ekologiya nuqtai nazaridan inqirozga uchrashi muqarrar. O’sha inqirozdan, ya’ni, shaharning insonlar sog’lom istiqomat qilishiga havfli ahvolga kelib qolishidan bir-ikki hujjat yoki kech qilingan choralar bilan chiqilmaydi.

Shaharsozlik degan fan bor, uni kasb qilgan mutaxassislari bor, tarixda sinalgan darslari bor: har bir g’ishtning o’z joyidan siljishi, har bir daraxt, transport tizimi, infratuzilmani o’zgartirish, yoki yo’lning bir santimetrga bo’lsa ham kengaytirish kabi qarorlar faqat va faqat mustaqil mutaxassislar orqali qilinishi kerak. Ularning (aynan mustaqil mutaxassislar) fikri eng so’ngisi bo’lishi kerak.

Aslida, qilinishi kerak bo’lgan narsalardan ko’ra qilinmasligi kerak harakatlar ko’p. Eng oddiy misol, 115-yillik va 63-yillik tarixga ega bo’lgan tramvay va trolleybusni yo’q qilinishini umuman aql bovar qilmaydigan hodisa deb bilaman, va buni nafaqat jamoat transportini balki shaharning insonlar sog’lom va qulay ravishda yashashlari tugashinining boshlanishi bo'lgan desa ham bo’ladi.

Jakarta shahrining taqdiri bizga dars bo’lishi kerak.

@uzbekonomics
1.5K viewsedited  04:45
Ochish/sharhlash
2021-05-11 06:21:24 Oʻtgan hafta bir ekonometrik gʻoyani intuitsiyasini qaytarish uchun va umuman olganda sabab va oqibat haqida fikrlash uchun bir kitobni sotib oldim. Bundan oldin u kitobni hali yozilish chogʻida elektron tarzda oʻqigan edim. Kitobni nomi — “Causal Inference: The Mixtape”.

Muallif kitobni juda yaxshi yozgan, ham statistik jihatdan ham gʻoya va intuitsiya jihatidan ancha zoʻr kitob. Bu kitob men uchun, ancha yil oldin ekonometrikani oʻqigan odam uchun foyda boʻldi, lekin aminmanki, umuman statistikani maktabdan beri qaytarmagan odamlar uchun ham birdek foydali boʻladi. Yaxshi tomoni: kitobda ehtimollar nazariyasi va statistikani ham kerakli joylarini tushuntirib ketgan. Kitobni darslik sifatida ham, kerakli maʼlumotlarni olish uchun stol usti kitob sifatida ham va qiziqarli yozilgan hikoya kitobi sifatida ham foydalansa boʻladi. Qizig’i kitobni xarid qilishiz shart emas, bu yerda elektron kitobni tekinga o'qisangiz bo'ladi. (men qog'ozda o'qishni yaxshi ko'rganim uchun oldim holos)

Shu janrga yaqin Angris va Pischkenning ikki “shedevr” kitoblari, “Mastering ʼMetrics: The Path from Cause to Effect” va “Mostly Harmless Econometrics: An Empiricistʼs Companion” ga juda o’xshash tilda va formatda yozilgan ekan. Qattiq tavsiya qilaman. Ayniqsa sabab va oqibatni bog’lash haqida jiddiy mulohazalarni o’qish, ko’pchilik uchun foydali bo’ladi deb o’ylayman.


P.S. “Shedevr kitob” iborasini mening marhum matematika oʻqituvchim, Oʻzbekiston Milliy Universiteti Dotsenti va Matematik Analiz kafedrasida tadqiqotchi - Nazirjon aka Sultonov ishlatar edilar. Negadir shu kitobni oʻqib, domlamni esladim. Yaxshi masalalar toʻplami bor kitoblarni “shedevr” deb atar edilar. Masalan, Grigoriy Fixtengoltsning “Matematik Analiz” kitobini, Uolter Rudinning “Matematik Analiz” va albatta Azlarov va Mansurovning analiz kitoblari, rahmatli Nazirjon akaning “shedevr kitoblar” roʻyxatida edi. Roʻyxatda yana qanday kitoblar bor bilmadim-ku, lekin shu iborani endi tushungandekman.
1.0K views03:21
Ochish/sharhlash
2021-05-10 17:46:38 ​​Asli pokistonlik bo’lgan muhojir, oddiy avtobus haydovchisining farzandi ikkinchi marotaba London shahrining hokimi deb saylandi.

Yuqoridagi gapning eng muhimi uning kim ekanligida emas. Balki saylanganligida. Tayinlanmagan.

@uzbekonomics
1.5K views14:46
Ochish/sharhlash
2021-05-10 17:22:15 Qattiq tavsiya.

O’tgan yil boshida ulashgan resursda materiallar ko’payibdi. Yana ulashaman.

Fridman, Hayek, Smit, Hume, Buchanan, Locke, Schumpeter va boshqa iqtisodchi va faylasuf olimlarning ilmiy ishlari, fikrlari, jamiyat va progressga qo’shgan hissalari haqida ma'lumot "Essential Scholars" degan juda zo'r loyihada sodda qilib jamlangan. Har bir olimning ishini kitob va video shaklida yuklab olsangiz bo'ladi.

Qulaylik uchun har bir PDF kitobga lavhani keltiraman:

Friedrich Hayek
Adam Smith
Milton Friedman
John Locke
Joseph Schumpeter
Robert Nozick
David Hume
John Stuart Mill
James Buchanan
Avstriyalik iqtisodchilar

O’qing, o’rganing, ulashing.

@uzbekonomics
3.2K views14:22
Ochish/sharhlash
2021-05-04 06:54:09 ​​Maslahatchilar haqida.

Cass Sunstein degan amerikalik huquqshunoslik va behavioral economics bo’yicha professor bor. Obama administratsiyasida bir qancha lavozimlarda ishlagan edi. Richard Thaler bilan ko’pchilik biladigan Nudge degan kitobni yozgan. Tavsiya etaman.

Bizda dars berayotgan edi, har doimgidek, uning darsiga talab katta edi. Bir necha oy oldin, “bo’ldi, darsni bugundan boshlab mensiz o’tasizlar” deb xayrlashib ketdi. Sabab - Biden administatsiyasiga, ya’ni ichki ishlar vazirligiga (DHS) immigratsiya masalalari bo’yicha maslahatchi vazifasini taklif qilishibdi. Yaxshi tayinlov, chunki uning talabalarining aksariyatini aynan immigrantlar tashkil etadi, immigrant professorlar hamkasblari ham ko’p - "qozonga yaqin yurgan” xullas.

Uning rafiqasi ham (asli immigrant), davlatshunoslik fakultetida dars berar edi, avval eshitgan bo’lishingiz mumkin - Samantha Power. Asli huquqshunos, uni ham administratsiyaga, USAIDga (AQShning xalqaro rivojlanish agentligi) rahbar etib chaqirishgan edi, bugun tayinlanibdi. Xullas, oilaviy tayinlov bo’libdi.

Umuman olganda, maslahatchilar kimligi, ularning faoliyati haqida biz (jamiyat) ko’proq bilib turishimiz kerak. Ular ayniqsa ilm-fan egalari bo’lishlari ham muhim. Qarorlar qabul qilishda maslahatchilarning o’rni siz kutgandan, bilgandan ham ko’proq-da.

@uzbekonomics
1.3K views03:54
Ochish/sharhlash