Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 157.11K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 96

2022-08-24 07:12:55 Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi

Hozirgi kunda my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar real vaqt rejimida avtomatik tahlil qilib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning iyul oyida Yagona portal mutaxassislari va Call-markaz operatorlari tomonidan:

  “1242” qisqa raqami orqali jami 31 mingdan ziyod qo‘ng‘iroqlarga;

@myGovUzSupportBot orqali 4 500 dan ortiq savollarga;

epigu@egov.uz elektron pochtasiga yuborilgan 2 300 dan ziyod murojaatlarga tezkor javoblar berilgan.

Quyida tahlil jarayonida murojaatchilar tomonidan eng ko‘p berilgan savollarni alohida keltirib, ular bo‘yicha batafsil ma’lumot olish manzillarini qoldiramiz:

id.egov.uz dan ro‘yxatdan o‘tish (9 mingdan ortiq)

Avtomobil oynasi tusini qoraytirish (tonirovka) xizmati (5 mingdan ortiq)

Arizani holati (statusi)ni bilish.

Hurmatli foydalanuvchilar, unutmang, bizda “1242” qisqa raqami 7/24 tartibida ishlaydi.

@MyGovUz | @eGovUz
7.6K viewsedited  04:12
Ochish/sharhlash
2022-08-23 07:10:09
Mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi

“2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror bilan:

2022-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikaning barcha hududlarida AKTni qo‘llash orqali masofaviy xizmatlarni eksport qilish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etiladi;

2023-yildan boshlab har yili yoshlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi startap loyihalarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lgan Prezident sovrini uchun tanlov o‘tkaziladi;

2022-yil 1-oktyabrdan boshlab AKT sohasida IT-ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirish bo‘yicha startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ITSV huzuridagi Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan grantlar ajratish tartibi joriy qilinadi.

@MyGovUz | @eGovUz
9.1K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-08-23 07:01:47
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga mobil ilovalari orqali my.gov.uz xizmatlarini kursatishga ruxsat beriladi

Prezidentning “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat bilan:

2022-2023-yillarda sohani rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilandi. Misol uchun, 2022-yil yakuniga qadar aholi yashash maskanlarini keng polosali mobil aloqa tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 98 foizga, xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil internet qamrovini 60 foizga yetkaziladi;

2022-yil 1-noyabrdan mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda, o‘zlarining mobil ilovalari orqali Yagona portaldagi elektron davlat xizmatlarini kursatishga ruxsat beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
8.2K views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-22 15:55:56
Bilasizmi?

My.gov.uz orqali qaysi ma’lumotnomalarni bepul olish mumkin?

Bugungi kunda ish haqi, pensiya, mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnoma olish uchun vaqt ham, naqd ham sarflamaysiz.

Shunchaki, internetga ulangan qurilma (kompyuter, mobil telefon) orqali my.gov.uz dan ro‘yxatdan o‘tasiz. Xizmat uchun ariza yuborgan zahotingiz esa ma’lumotni ko‘rasiz.

Quyida mutlaqo bepul va bir zumda taqdim etiladigan xizmatlar bilan tanishing:

Ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
Unda fuqaroning ish haqidan olgan daromadi, to‘langan daromad solig‘i miqdori aks etgan bo‘ladi.

Jamg‘arilgan pensiya to‘g‘risidagi ma’lumotnoma
U orqali shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga majburiy va ixtiyoriy tartibda undirilgan pul mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.

Pensiya (nafaqa) haqidagi ma’lumotnoma
Fuqaroning pensiya fondi hisobida turish-turmasligi, to‘langan pensiyalar (nafaqalar) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinadi.

Doimiy (vaqtinchalik) yashash joyi bo‘yicha ma’lumot
Fuqaroning doimiy va vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ma’lumot olish.

Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish
Fuqaroning mehnat faoliyati va ish staji bilan bog‘liq ma’lumotlarni olish mumkin.

My.gov.uz bilan vaqtingiz va naqdingizni tejang!

Biz bilan har doim oson, tez va qulay ekanligini unutmang!

Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:

Facebook | Instagram | Telegram
8.7K views12:55
Ochish/sharhlash
2021-12-17 16:46:39 ​​ Bizda yoshlar uchun yangiliklar bor!

Bugungi sarmoya ertaga o‘z mevasini berishi shubhasiz.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlar uchun yangi xizmatlar joriy etildi.

Ya’ni my.gov.uz orqali «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlarini ajratish va ularning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborish mumkin.

Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi bo‘lsa bas. Ariza 3 kundan 5 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun ariza ham my.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.

Bunda uch tomonlama shartnoma va to‘lov qog‘ozi nusxasi bo‘lsa kifoya. Ariza 15 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Har ikkala xizmat ham mutlaqo bepul.

@MyGovUz
3.5K views13:46
Ochish/sharhlash
2021-12-17 14:24:19
#Hamkorlik

Latviya, Estoniya, Litva tajribalari o‘rganildi

3 kun davom etgan o‘quv mashg‘ulotlarida davlat xizmatlari sifatini baholash, tahlil va tadqiqotlar o‘tkazib, samaradorlikka erishayotgan ilg‘or davlatlardan – Latviya, Estoniya, Litva tajribalari o‘rganildi.

Batafsil: link.egov.uz/1b15

@eGovUz
3.5K views11:24
Ochish/sharhlash
2021-12-16 07:06:43
Raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdimot qilindi

Misrning Sharm-el-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining 9-Konferensiyasi doirasida BMT TD tomonidan tashkil etilgan «Raqamlashtirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda "kumush o‘q" hisoblanadimi? Yetakchi amaliyotchilardan saboqlar» mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda qisqa vaqt ichida O‘zbekiston amalga oshirgan ishlar ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 160 dan ortiq davlat xizmatlarining raqamli tizimga o‘tkazilgani, bir qator ochiq ma’lumotlar portali (xarid.uz, data.gov.uz, my.gov.uz, openbudget.uz) yaratilgani ushbu yo‘nalishlarda korrupsiyaning sezilarli ravishda kamayishiga hamda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga sabab bo‘lgani qayd etildi.

Batafsil: link.egov.uz/68e4

@eGovUz
4.4K views04:06
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:05:24 ​​ Bilasizmi?

Talabalarni ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yangilik

Hozirgi kunda ijaraga uy izlagan yoki yaxshi ijarachi kelishini kutayotganlar ko‘p. Bu, ayniqsa, talabalarning eng og‘riqli nuqtasi...

Yaqin-yaqingacha ijara shartnomasini tuzish uchun har ikkala tomon soliq organlariga borishga majbur edi. Mazkur xizmatning elektron tarzda yo‘lga qo‘yilishi esa odamlarning vaqti va naqdi tejalishiga olib keldi.

Bugun ushbu shartnomani Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazganlar uning aholi uchun katta yengillik bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Chunki xizmat bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi. Jarayonlar avtomatlashtirilgani hisobiga natija ham bir zumda.

Yana bir qulayligi – xizmatdan foydalanishda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

Bu bir nechta talabani ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yaxshi yangilik, nazarimizda. Axir, hammasi qonuniy bo‘lsa, hech kim sizni bezovta qilmaydi.

Shu masala ustida bosh qotirayotganlarga esa maxsus videoqo‘llanmamiz qo‘l keladi:
5.5K viewsedited  12:05
Ochish/sharhlash
2021-12-14 16:21:48
Notariat, advokatura va davlat xizmatlari sohasida yangi takliflar

«...Hozirgi kunda bizda ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi yagona baza yo‘q. Elektron hukumatga mustahkam poydevor qo‘ymay turib, uning ustiga boshqalarini quravergan bilan kelajakda kutilgan samaradorlikka erisholmaymiz. Shu sababdan muhtaram prezidentimiz 2022-yil birinchi yarmiga qadar Elektron hukumatning yagona ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurib bitkazish hamda unga barcha vazirlik va idoralardagi ma’lum bir tizimlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish topshirig‘ini berdilar...», – deydi xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Bahrom Ziyayev.

Batafsil: link.egov.uz/a7f9

@eGovUz
5.0K views13:21
Ochish/sharhlash
2021-12-14 10:36:14
Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

Koreya Respublikasining Korea Water Resources Corporation (“K-water”), Shin Dong-A Electronics Co., LTD va «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan O‘zbekistonda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha asosida O‘zbekistonda “aqlli” texnologiyalar yordamida suv iste’molini aniq hisoblash ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun pilot hudud sifatida Toshkent shahrining Mirobod tumani tanlangan.

@MyGovUz
5.4K views07:36
Ochish/sharhlash