Get Mystery Box with random crypto!

Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi Hozirgi kunda | my.gov.uz

Hech bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi

Hozirgi kunda my.gov.uz orqali elektron davlat xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar real vaqt rejimida avtomatik tahlil qilib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning iyul oyida Yagona portal mutaxassislari va Call-markaz operatorlari tomonidan:

  “1242” qisqa raqami orqali jami 31 mingdan ziyod qo‘ng‘iroqlarga;

@myGovUzSupportBot orqali 4 500 dan ortiq savollarga;

epigu@egov.uz elektron pochtasiga yuborilgan 2 300 dan ziyod murojaatlarga tezkor javoblar berilgan.

Quyida tahlil jarayonida murojaatchilar tomonidan eng ko‘p berilgan savollarni alohida keltirib, ular bo‘yicha batafsil ma’lumot olish manzillarini qoldiramiz:

id.egov.uz dan ro‘yxatdan o‘tish (9 mingdan ortiq)

Avtomobil oynasi tusini qoraytirish (tonirovka) xizmati (5 mingdan ortiq)

Arizani holati (statusi)ni bilish.

Hurmatli foydalanuvchilar, unutmang, bizda “1242” qisqa raqami 7/24 tartibida ishlaydi.

@MyGovUz | @eGovUz