Get Mystery Box with random crypto!

my.gov.uz

Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz M
Telegram kanalining logotibi mygovuz — my.gov.uz
Kanal manzili: @mygovuz
Toifalar: Texnologiyalar , Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 160.31K
Kanalning ta’rifi

Расмий телеграм канали
Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242
✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz
Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 93

2022-09-21 16:24:04
Diqqat

Davlat bojxona qo‘mitasining axborot tizimlari yangilanayotganligi munosabati bilan my.gov.uz dagi bojxona faoliyati bilan bog‘liq elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni vaqtda Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
8.2K viewsedited  13:24
Ochish/sharhlash
2022-09-21 07:11:13 Maktab shahodatnomasini yo‘qotganlar osongina dublikatini olishi mumkin

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab shahodatnoma dublikatini onlayn olish imkoni yaratilgan.

Yangi xizmat doirasida:

shahodatnoma dublikati endi 5 kunda beriladi (avval oylab kutilgan);

shahodatnoma dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali ariza yuboriladi va dublikat elektron shaklda portal orqali beriladi (avval ariza berish uchun ham, hujjatni olib ketish uchun ham maktabga kelingan);

ariza onlayn shaklda, inson omilisiz qabul qilinadi, shaxsiy ma’lumotlar avtomatik tarzda boshqa tizimlar bilan integratsiya qilinadi va boshqa hech qanday hujjat so‘ralmaydi (avval maktabga 5 tagacha hujjat taqdim etilgan: ariza, hujjat yo‘qolgani haqida gazeta e’loni, topilmalar idorasidan ma’lumotnoma, pasport nusxasi, familiya o‘zgargani haqida FHDYO bo‘limlaridan ma’lumotnoma).

Bugungi kunga qadar 8 mingdan ortiq fuqarolar shahodatnoma dublikatini masofadan olishga ulgurdi.

Quyidagi videoni koʼring va xizmatdan oson foydalaning



10.4K viewsedited  04:11
Ochish/sharhlash
2022-09-20 07:23:46 YPX yoki notariuslarda uzoq navbatlar kutish ham o'tmishga aylanishi aniq...

Chunki my.gov.uz yanada yangi va foydali xizmatlar bilan boyib bormoqda.

Masalan, shu vaqtgacha ortiqcha ovoragarchilik talab qilgan avtotransport boshqaruvi uchun ishonchnomani endi jismoniy shaxslarning o'zlari my.gov.uz orqali osongina rasmiylashtirib olishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz



10.5K views04:23
Ochish/sharhlash
2022-09-19 08:22:45 Millionlab insonlar — biz bilan

Bugungi kunda my.gov.uz portali orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanib kelayotgan yurtdoshlarimiz soni milliondan oshib ketgan. Bu portal faoliyati yo‘lida muntazam izlanishda bo‘lgan katta jamoaning mehnati samarasidir.

Yildan yilga portalda aholi uchun ijtimoiy ahamiyatga ega, tadbirkorlik faoliyati, turli to‘lovlar va boshqa foydali xizmatlar soni ham ortib bormoqda. Bularning barchasi kelgusida davom ettiriladigan keng ko‘lamli ishlarning bir qismidir.

Portalda joriy etilgan va endi tatbiq qilinishi kutilayotgan xizmatlarning barchasi, avvalo, yurtdoshlarimiz hayoti qulayligi, ularning vaqtini va naqdini tejash uchundir.

Bizni tanlaganingizdan va faoliyatimiz rivoji yo‘lida berayotgan takliflaringizdan minnatdormiz.

@MyGovUz | @eGovUz



9.1K views05:22
Ochish/sharhlash
2022-09-17 08:07:07 Хorijga chiqish taqiqi bor-yoʼqligini bilishdan tortib, ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotgacha…

Mobil qurilma ekranidagi bitta tugmani bosish orqali foydalanish mumkin bo‘lgan davlat xizmatlari bilan tarnishing:





@MyGovUz | @eGovUz
11.5K views05:07
Ochish/sharhlash
2022-09-16 18:06:58 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Imtiyozli transport kartalarini olish uchun my.gov.uz orqali murojaat qilinadi

Hukumat qarori (16.09.2022-y. 507-son) bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.

Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentyabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

@MyGovUz | @eGovUz
11.2K views15:06
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:29:46
Объявление!

Центр управления проектами электронного правительства объявляет о вакансии в «Отдел повышения квалификации населения по использованию электронных государственных услуг»

Должность: начальник отдела

Требования:
Степень бакалавра, магистра
Работа с официальными документами
Наличие навыков и опыта по внедрению и развитию электронных услуг
Хорошие навыки межличностного общения
Узбекский и русский языки обязательны на уровне общения
Опыт работы не менее 3-х лет

Пожалуйста, присылайте свое резюме на info@egov.uz
Для получения дополнительной информации свяжитесь с @mygov22

@MyGovUz | @eGovUz
10.5K viewsedited  06:29
Ochish/sharhlash
2022-09-15 09:24:25
E’lon!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi «Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi»ga ishga taklif etadi.

Lavozim: bo‘lim boshlig‘i

Talablar:
Bakalavr, magistr darajasi
Rasmiy hujjatlar bilan ishlash
Elektron xizmatlarni rivojlantirish va joriy qilish bo‘yicha tajriba va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi
Shaxslararo ijobiy munosabatlar ko‘nikmasi
O‘zbek va rus tillarini muloqot darajasida bilish
3 yillik ish tajribasi

Rezyumelaringizni info@egov.uz manziliga yuborishingizni so‘raymiz.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun @mygov22 bilan bog‘laning.

@MyGovUz | @eGovUz
9.2K viewsedited  06:24
Ochish/sharhlash
2022-09-15 08:18:10
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi (ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi);
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

“Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

@MyGovUz | @eGovUz
8.7K views05:18
Ochish/sharhlash
2022-09-14 14:37:17 YANGILIK! My.gov.uz orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi! Endi ishonchnoma rasmiylashtirish uchun notarial idora izlab yurish, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda turish shart…
10.9K views11:37
Ochish/sharhlash